O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch ranch texnologiya universiteti



Yüklə 91,31 Kb.
səhifə4/11
tarix12.10.2023
ölçüsü91,31 Kb.
#154776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
IQTISODIYOT VA BIZNES

Mas’uliyati cheklangan jamiyat:
MChJ — biznesning eng keng tarqalgan tashkiliy-huquqiy shakli.
Ustunligi: ishtirokchi tavakkalchiligi uning ulushi miqdori bilan cheklangan, daromad solig‘i jismoniy shaxslar daromadlariga solinadigan soliqlarga nisbatan birmuncha past stavka bo‘yicha solinadi.
Kamchiligi: o‘z hissasini sota olmaslik yoki taqdim eta olmaslik. MChJ tarkibidan ulushning bir qismini yo‘qotmasdan chiqish amri mahol.
Qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat: QMJning MChJdan yagona farqi ishtirokchilar javobgarliklarining taqsimlanishidir. Bunda barcha a'zolar bir xil miqdorda hissa qo‘shishlari talab etiladi. Javobgarlik chegarasi nizom bilan chegaralanishi mumkin. Biznesni tashkil etishning bu shakli unchalik ham mashhur emasligiga, jamiyat a'zolarining korxona majburiyatlari bo‘yicha mol-mulki bilan javobgar bo‘lishidadir. MChJ va QMJ egalarining boshqaruvda ishtirok etishdagi asosiy mexanizmi umumiy yig‘ilish hisoblanadi. Uning mutlaq vakolatlariga, xususan: Nizom jamg‘armasi hajmini o‘zgartirish, tashkiliy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, yangi a'zolarni qabul qilish yoki tarkibdan chiqarish, jamiyatning ijro organlari, reviziya komissiyasi va boshqa organlarini saylash yoki muddatidan avval vakolatlarini tugatish, foydani taqsimlash bo‘yicha qarorlar qabul qilish. Bu masalalarni hal etish direktorga, boshqaruv yoxud boshqa organga taqdim etilmaydi. Direktor yoki 20 foizdan ko‘proq ovozga ega bo‘lgan a'zoning manfaatlari bo‘lgan bitimlar, shuningdek, jamiyat mulki bilan amalga oshiriladigan yirik kelishuvlar umumiy majlis a'zolari tomonidan ma'qullanishi talab etiladi. Jamiyatning umumiy a'zolarining kamida 10 foiz ovoziga ega a'zosi talabi bilan ijro rahbariyati navbatdan tashqari yig‘ilish chaqirishga majbur. MChJ va QMJ egalarining boshqaruvdagi ishtirokida «Mas'uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi Qonunning 8-moddasi amaliy instrument hisoblanadi. Unga muvofiq, jamiyat nizom jamg‘armasida kamida 10 foizo‘ ulushga ega a'zosi sudga murojaat qilib, jamiyatdan o‘z majburiyatlarini buzayotgan, yoki o‘zining harakatlari bilan jamiyat faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan yoxud qiyinlashtirayotgan a'zolarni chiqarib yuborishni talab qilishi mumkin. Jamiyatning joriy faoliyatini boshqarish uchun uning egalari direktorni saylashadi yoki tayinlashadi. U o‘zi bilan imzolangan mehnat shartnomasi asosida jamiyat ishini boshqaradi. Bundan tashqari, nizomda ko‘rsatilgan bo‘lsa, jamiyat a'zolari ijro organi kollegiyasi - boshqaruvni shakllantirishlari mumkin. Unga nafaqat jamiyat egalari kirishi mumkin. Shu bilan, MChJ va QMJ ishtirokchilari hissador hamda jamiyat faoliyatining muhim jihatlarini aniqlab beruvchi, ammo bevosita biznesni yuritmaydigan shaxslarga taqsimlanishi mumkin. MChJ va QMJ a'zosi o‘z ulushini sotishi yoki nizom jamg‘armasidagi hissasini boshqa biror usulda jamiyatning bir yoki bir necha a'zosiga taqdim etishi mumkin. Bunda, mazkur bitimga aloqasi yo‘q ishtirokchilarning roziligi talab qilinmaydi. Shu bilan birga, o‘z ulushini jamiyat nizomida taqiqlanmagan bo‘lsa, uchinchi shaxsga berish mumkin. Bu holatda jamiyat ishtirokchilari va jamiyatning o‘zi sotilayotgan ulushni uchinchi shaxsga taklif etilgan narxda xarid qilish borasida imtiyozli huquqqa ega.Shu boisdan ham hissasini sotuvchi ishtirokchi boshqa ishtirokchilarni va jamiyatning o‘zini hissasini sotishga qilgan qarori va narxidan yozma ravishda ogoh etadi. Jamiyatning boshqa a'zolari yoki jamiyatning o‘zi birinchi bo‘lib xarid qilish huquqidan foydalanishdan bosh tortsa, hissa uchinchi shaxsga sotilishi mumkin. Nizomda, shuningdek, (odatda, bu qayd etiladi) ulushni biror bir boshqa usul bilan taqdim etish, masalan, hadya qilish holati nazarda tutilgan bo‘ladi. Agar nizomda hissani sotish taqiqlangan bo‘lsa, yoxud jamiyatning boshqa egalari rozilik berishmasa, ulushini sotmoqchi bo‘layotgan a'zo ulardan ulushi qiymatini berish bilan hissasini sotib olishlarini talab qilishi mumkin. O‘z hissasini sotishni xohlamasa-da, jamiyat tarkibidan chiqmoqchi bo‘lgan ishtirokchi ham shunday talabni ilgari sura oladi.

Yüklə 91,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin