O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


Ketma-ket yaqinlashuvchi yoki iteratsion algoritmlar



Yüklə 208,5 Kb.
səhifə6/6
tarix13.12.2023
ölçüsü208,5 Kb.
#174314
1   2   3   4   5   6
algoritmlar ularning xossalari berilish usullari va strukturalari

Ketma-ket yaqinlashuvchi yoki iteratsion algoritmlar.Yuqori tartibli algebrayik va transsendent tenglamalarni yechish ususllari yoki algoritmlari ketma-ket yaqinlashuvchi – interatsion algoritmlarga misollar bo‘la oladi. Ma’lumki, transsendent tenglamalarni yechishning quyidagi asosiy usullari mavjud:
- Urinmalar usuli (Nyuton usuli),
- Ketma-ket yaqinlashishi usuli,
- Vatarlar usuli,
- Teng ikkiga bo‘lish usuli.
Bizga
f(x)0 (1)
transsendent tenglama berilgan bo‘lsin. Faraz qilaylik bu tenglama [a,b] oraliqda uzluksiz va f(a)*f(b)<0 shartni qanoatlantirsin. Ma’lumki, bu holda berilgan tenglama [a,b] orilaqda kamida bitta ildizga ega bo‘ladi va u quyidagi formula orqali topiladi.

Boshlang‘ich X0 qiymat shart asosida tanlab olinsa, (2) iteratsion albatta yaqinlashadi. Ketma-ketlik

shart bajarilgunga davom ettiriladi.
Berilgan musbat a xaqiqiy sondan kvadrat ildiz chiqarish algoritmi tuzilsin.
Bu masalani yechish uchun kvadrat ildizni x deb belgilab olib,

ifodalash yozib olamiz. U holda (1) tenglamaga asosan

ekanligini topish mumkin (4) ifodani (2) ga qo‘yib, quyidagi rekurrent formulani topish mumkin:

Bu formulaga mos blok-sxema 2.18-rasmda keltirilgan.  - kvadrat ildizni topishning berilgan aniqligi. Eslatib o‘tamiz, algoritmda indeksli o‘zgaruvchilarga zarurat yo‘q.

13-rasm. Berilgan musbat a haqiqiy sondan kvadrat ildiz chiqarish algoritmi (iteratsion algoritmga doir blok-sxema).


Algoritm ijrosini tekshirish. Kompyuter uchun tuzilgan algoritm ijrochisi-bu kompyuterdir. Biror programmalash tilida yozilgan algoritm kodlashtirilgan oddiy ko‘rsatmalar ketma-ketliliga o‘tadi va mashina tomonidan avtomatik ravishda bajariladi. Metodik nuqtayi–nazardan qaraganda algoritmning birinchi ijrochisi sifatida o‘quvchining o‘zini olish muhim ahamiyatga ega. O‘quvchi tomonidan biror masalani yechish algoritmi tuzilganda bu algoritmni to‘g‘ri natija berishini tekshirish juda muhimdir. Buning yagona usuli o‘quvchi tomonidan algoritmni turli boshlang‘ich ma’lumotlarda qadamba - qadam bajarib (ijro etib) ko‘rishdir. Algoritmni bajarish natijasida xatolar aniqlanadi va to‘g‘rilanadi. Ikkinchi tomonidan, masalani yechishga qiynalayotgan o‘quvchi uchun tayyor algoritmni bajarish – masalani yechish yo‘llarini tushunishga xizmat qiladi.
Algoritm ijrosini quyidagi misolda ko‘raylik.
Berilgan sonlarning eng kattasini topish algoritmini tuzaylik. Buning uchun, berilgan sonlardan birinchisi ni eng katta qiymat deb faraz qilaylik va uni max nomli yangi o‘zgaruvchiga uzataylik: maxa1. Parametr i ning qiymatini bittaga oshirib, ya’ni ii1 a1 ni a2 bilan taqqoslaymiz va qaysi biri katta bo‘lsa uni max o‘zgaruvchisiga uzatamiz va jarayonni shu tarzda to in bo‘lguncha davom ettiramiz. Bu fikrlar quyidagi blok-sxemada o‘z aksini topgan.

14-rasm. Vektor elementlarining eng kattasini topish algoritmi.

Endi bu blok-sxema yoki algoritmning ijrosini , , aniq sonlarda ko‘rib o‘taylik:


i1 da max3 bo‘ladi.
ii12 ni topamiz,
a2>max, ya’ni 5>3 ni tekshiramiz, shart bajarilsa, max5 bo‘ladi.
i, ya’ni 2<3 ni tekshiramiz. Shart bajarilsa, i ni yana bittaga oshiramiz, va i3 bo‘ladi, va
a3>max, ya’ni 1>5, ni tekshiramiz. Shart bajarilmadi, demak, keyingi
i shartni, ya’ni 3<3 ni tekshiramiz. Shart bajarilmadi. Demak max5 chop etiladi. Biz blok-sxemani tahlil qilish davomida uning to‘g‘riligiga ishonch hosil qildik. Endi ixtiyoriy n lar uchun bu blok-sxema bo‘yicha eng katta elementni topish mumkin.


Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Informatika va programmalsh.O’quv qo’llanma. Mualliflar: A.A.Xaldjigitov, Sh.F.Madraximov, U.E.Adambayev, O’zMU, 2005 yil, 33-52 b.

  2. Pascal tilida programmalash bo’yicha masalalar to’plami. O’quv qo’llanma. Mualliflar: A.A.Xaldjigitov, Sh.F.Madraximov, A.M.Ikromov, S.I.Rasulov, O’zMU, 2005 yil, 23-45 b.

  3. Amaliy matematikadan kirish lelsiyalari. А.НТихонов, Д.П.Костомаров.Toshkent.O’qituvchi,1987.27-36 b.

  4. Вычислительнаya техника и программирование.А.В.Петров. М.:Просвещение,1991.34-58 с.

Yüklə 208,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin