146
Bir necha ko‗rgazmada har yili qatnashish istagingiz bo‗lsa foydalaniladigan
ekspozitsiya materiallari ko‗p marotaba transportirovka qilishga yaraydigan bo‗lishi
kerak. Turli ko‗rgazmalarda foydalanish uchun ko‗p martalik modullarni sotib olish
maqsadga muvofiqdir. Bu harajatlarni sezilarli darajada qisqartiradi.
Ko‗rgazmada firma qatnashishini tashkil qilishda quyidagilarni amalga oshirish
lozim:
1. Ko‗rgazma ma‘muriyatidan stendlar demontaji va ko‗rilishi uchun kim
javobgarligini aniqlab olish kerak. Bu stend turini tanlashda va harajatlarni aniqlashda
muhim omil bo‗lishi mumkin.
2. Ekspozitsiyada qaysi mahsulot qanday joylashtirilishini aniqlab olish.
3. Taklif etilayotgan xizmatlarni qay holatda yaxshiroq namoyish etish
mumkinligini bilish (videoko‗rsatuv, maketlar va boshqalar).
4. Stendda qanday maishiy xizmatlar (elektr, suvoqimi, saqlash, olib kelish)
bo‗lishi va tashkil qilinishi kerakligini bilish.
5. Qanday transport turi zarurligini aniqlash. Eksponatlarning shakli, o‗lchami va
og‗irligi transport tanlashni aniqlaydi.
6. Ko‗rgazma ichki qoidalarini, tartiblarini va cheklashlarni bilish. Har bir
ko‗rgazmaning o‗z qoidalari va cheklashlari mavjud. Ko‗rgazma qatnashchilari uchun
barcha zarur ma‘lumotlar qo‗llanmada mavjud bo‗ladi. Bunday qo‗llanmalar tarkibi
ko‗rgazma o‗zgarishiga qarab o‗zgarishi mumkin, ammo umumiy g‗oya eksponent uchun
tashkiliy masalalarni hal qilishni maksimal osonlashtirishga qaratilgan.
Qatnashchi qo‗llanmasida quyidagi ma‘lumotlar bo‗lishi lozim: ko‗rgazma ishi
jadvali va qoidalari, umumiy reja, turli maishiy xizmatlar uchun talabnomalar blanklari,
ro‗yxatga olish, shuningdek, transportirovka, olib kelish va reklama ma‘lumotlari.
Dostları ilə paylaş: