141
asosiy matnga nisbatan kichik shriftda yozilishi iste‘molchining unga e‘tiborsizligiga olib
keladi, natijada, talablar mohiyati yaxshi anglanmaydi. Agar shunday holat yuz bersa,
shartlarni buzgan iste‘molchi javobgarligi choralari sezilarli darajada yengillashtiriladi
yoki uning foydasiga qaror qabul qilinadi.
Ba‘zi nashrlarning jiddiy kamchiliklaridan biri turni tashkil etuvchi xizmatlarning
sanab o‗tilmasligi (masalan, pansion turi ko‗rsatilmaydi, tur qiymatiga viza va sug‗urta
kirish-kirmasligining aniq emasligi), shuningdek, tur qiymati tarkibida u yoki bu
xizmatlarning yo‗qligi hisoblanadi. Keyingi masala - aynan nima to‗r qiymatiga
qo‗shilmaganligi haqida eslatma bo‗lishi lozim. Masalan, ba‘zida aviabiletlar narxi
hisobga olinmaydi, bu esa turning oxirgi narxiga ahamiyatli ta‘sir ko‗rsatadi. Agar asos
narxga imkoni boricha ko‗p qo‗shimcha xizmatlar qo‗shilgan bo‗lsa, bu keyingi hisob-
kitoblarni osonlashtiradi, ammo har bir ko‗rsatilgan narxlar alohida belgilangan bo‗lishi
lozim.
Boshqa tipik xatolar joylashtirish variantlarida va bolalarga beriladigan
chegirmalarning batafsil bo‗lmagan bayoni, tushunish qiyin bo‗lgan ko‗p raqamli
murakkab jadvallar bilan bog‗liqdir.
Turizm industriya xodimlari ko‗pincha: «Turfirma katalogi reklama
hisoblanadimi?» - degan savolni berishadi
"Reklama to‗g‗risidagi" Qonunga muvofiq katalog - reklama nashri bo‗lib, turli
maqsadlar va ma‘lumotlar bilan huquqlar va jismoniy shaxsarga qilingan murojaatdir.
Katalogda «Iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish haqidagi» Qonunga zid
kelmaydigan to‗liq va ishonchli ma‘lumot bo‗lishi kerak. Ba‘zi kataloglarda turistlar
to‗ldiradigan "bron qilish listi" bo‗ladi va bu yerda muhim huquqiy oqibatlar yuzaga
keladi. Agar turist turlarni yetkazishning aniq va umumiy qoidalariga tayaniladigan tur
talabnomasiga imzo cheksa, bu ushbu qoidalar bilan tanishganini, ularni bajarish
majburiyatini oladi va O‗zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq
bu qoidalarga so‗zsiz qo‗shilishini bildiradi. Turoperator turist oldida, xizmatlarni kim
ko‗rsatishidan qat‘iy nazar to‗liq ma‘suliyatni o‗z zimmasiga oladi.
Kataloglarni tarqatish yoki hamkorning so‗rovi bo‗yicha yoki kartotekaga asosan,
yoxud yarmarkalar, ko‗rgazmalar va boshqa ommaviy tadbirlarda amalga oshiriladi.
Agar hujjat to‗liq hajmda jo‗natilmasa oldindan agentlikka namuna sifatida
pozitsiyalarni kelishib olish va keyingi partiyalar buyurtmalarini rag‗batlantirish uchun
taklif qilingani ma‘quldir.
Kataloglarni tarqatish, ko‗p hollarda, bepul amalga oshiriladi, ammo talab va
harajatlarning oshishi ba‘zi turoperatorlar pochta harajatlarining bir qismini turagent-
oluvchilar zimmasiga yuklashiga olib keladi. Ko‗pgina mamlakatlarda bojxonadan o‗tgan
turistik nashrlar ko‗pgina mamlakatlarda ratifikatsiya qilingan ikki xalqaro konvensiya
asosida beriluvchi imtiyozlarga ega bo‗ladilar. Ular turistik hujjatlarni, ma‘lum
qoidalarga rioya qilgan holda, bojlardan ozod qiladi. Bu tranzit rasmiyatchiliklar bilan
bog‗liq bojxona harajatlarini kamaytiradi, ammo to‗laligicha bartaraf etmaydi.
Konteynerlarda jo‗natish ham harajatlarni sezilarii darajada qisqartirish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: