Katalogga qo„yiladigan asosiy talablar:
axborot uchun belgilanganlik darajasi;
foydalanish qulayligi;
ma‘lumotlarning ishonchliligi;
turoperatorning turagentlar bilan hamkorligi ko‗rinishi bo‗yicha aniq shartlar.
Axborot uchun belgilanganlik darajasi. Axborot uchun belgilanganlik
darajasining yuqoriligi deganda:
ko‗rsatilgan narx tarkibiga kiritilgan barcha xizmatlarni keltirib o‗tish;
yashash va ovqatlanishning turli variantlarini to‗liq tasavur etish;
bolalarga chegirmalar miqdori haqida to‗liq ma‘lumotlar tushuniladi.
Mamlakatlar bo‗yicha kataloglarning boshlang‗ich boblarida quyidagilar
ko‗rsatiladi:
mamlakat nomi va uning joylashuvi;
davlat qurilishi, poytaxti, aholisi, mamlakatda qo‗llaniladigan tillar;
urf-odatlari va an‘analar;
geografik ma‘lumotlar va diqqatga sazovor joylar;
dini va turizmni tashkil qilishning alohida talablari;
muomala odoblari (masalan, xizmat ko‗rsatuvchi personal uchun
choychaqalar);
elektr tarmog‗i kuchlanishi va elektropriborlarni ishlatish uchun rozetkalar
tiplari;
xalqaro aloqa kommunikatsiyalari;
transport;
turistlar uchun pasport va viza rejimi;
pul tizimi, soliqqa tortish va Tax Gree rejimi;
bojxona rejimi;
umum milliy bayramlari, dam olish kunlari;
banklar va magazinlarning umumiy ish rejimi;
turistlar sog‗liqlariga alohida talablar (vaksinatsiyalar zarurligi);
tavsiya qilinadigan kiyimlari va boshqalar.
140
Turagentlikning shu yo‗nalish bo‗yicha safarga chiqayotgan turist bilan ishlashi
uchun ma‘lumotlar to‗plami yetarli darajada bo‗lishi lozim.