O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


Yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash transport xizmatlari ko‘rsatishning



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/123
tarix14.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#177539
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash transport xizmatlari ko‘rsatishning 
eng muhim masalasi bo‘lib, 
u harakatlanadigan tarkibdan foydalanish qoidalariga rioya 
qilishni, transport vositalarining harakatini ta‘minlovchi turli xizmatlar professional 
tarzda va uyushqoqlik bilan ishlashini, yo‗lovchilar ham xulq-atvor qoidalariga rioya 
qilishini, ekologik toza transport turlaridan foydalanishni nazarda tutadi.
Turistlarning uyushgan guruhlarini tashish marshrutlar ishlab chiqish, chiptalarni 
buyurtma qilish, transportda joylashtirish, tur dasturlarini amalga oshirish bilan bog‗liq 
ayrim o‗ziga xos xususiyatlarga ega bo‗lganligi uchun turistik firmalar transport 
kompaniyalari bilan yaqin aloqalar o‗rnatishiga to‗g‗ri keladi.
7.2.Turistik mahsulotlar tarkibida transportning ulushi. 
 
 
Turistik mahsulotlar tarkibida turistlarni tashish xizmati yetakchi o‗rinlardan 
birini egallaydi. Bu shu bilan ifodalanadiki, barcha turistik yo‗nalishlarda (piyodalardan 
tashqari) sayohatchilarni dam olish yoki ekskursiyaga eltish va uyga qaytishi uchun 
transport bo‗lishi tabbiy xol bulib qolmoqda. 
Turizm faoliyat turi sifatida turistlarni doimiy yashash joyidan tashqariga chiqishi 
bilan uzviy bog‗langan va uni transport ta‘minotisiz tasavvur qilib bo‗lmaydi. Transport 
ta‘minoti turistik infrastrukturaning muhim elementi hisoblanadi va turistik mahsulotlar 
tarkibiga kiritilgan asosiy kompleks xizmatlarni tashkil qiladi. Transport korxonalari 
turizm tizimini shakllantiruvchi turistik korxonalarning alohida ko‗rinishlari sifatida 
qarab chiqiladi. 
Turizm soxasida transport ta‘minoti tizimi qo‗yidagicha farqalanadi: 

turga qo‗shilgan va asosiy 
turistik xizmatlarga kiruvchi turistik tashish 
vositasi sifatida, turistlarni doimiy yashash joyidan belgilangan manzilga eltib 
qo‗yish (yoki yo‗nalish boshlanadigan joyga) va qayta olib kelish; 

transfer – turistlarni kutib olish va kuzatib qo‗yish uchun transport vositasi 
taqdim etish; 

tur-safar bo‗yicha dasturlashtirilgan tadbirlarga xizmat ko‗rsatish: ekskursion 
xizmat, dasturdagi tadbirlarga borish, atrofga tashrif byurish, yo‗nalish bo‗yicha 
ko‗chish; 

turga kiritilgan sayohat davomida ijaraga beriladigan yengil avtomashina. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin