131
ularni tuzishning alohida va umumiy qoidalarini, komissionlar darajasi va to‗lovlar
tartibini, shuningdek, shartnomalarni bekor qilish shartlarini aniqlaydi. 1979 yil
Mehmonxona konvensiyasiga qator o‗zgarishlar kiritildi va u "Xalqaro mehmonxona
konvensiyasi" nomini oladi, 1993 yildan boshlab mehmonxonalar va turagentliklar
munosabatlari
kodeksiga
aylandi
va
mehmonxona
shartnomalarini
tuzishda
foydalanilmoqda.
Kodeks mehmonxona korxonalariga kategoriyasi va mehmonxona joylashuvi,
shuningdek, ko‗rsatiladigan xizmatlar sifati bo‗yicha aniq ma‘lumotlar
berish
majburiyatini yuklaydi. Unda turagent o‗z mijozlariga komissiya shartnomalari bo‗yicha
belgilangan narxlardan baland hamda belgilash huquqiga ega emasligi qayd etiladi. Bu
mehmonxonalar bilan xuddi shu shartlar asosida ishlaydigan turoperatorlarga ham
tegishlidir. Bunda na turagent, na turoperator va na mehmonxona shartnomada
kelishilgan narxlarni oshkor qilishga haqli emas.
Turistik biznes va mehmonxona korxonalarining o‗zaro
munosabatlarini tartibga
soladigan hujjatlar Xalqaro mehmonxonalar uyushmasi Kengashi (02.11.81 y.)
tomonidan ma‘qullangan Xalqaro mehmonxona qoidalari va 1989 y. BTTning regional
komissiyalari tomonidan ma‘qullangan klassifikatsion standartlar asosidagi Mehmonxona
klassifikatsiyalari kriteriylarining hududlararo uyg‗unlashuvi hujjati hisoblanadi.
Bu hujjatlar tavsiya harakteriga ega bo‗lsada va majburiy hisoblanmasada, ular
tarkibida turizmda mehmonxona biznesi va agentlik-operatorlik biznesi orasidagi o‗zaro
munosabatlarining xalqaro amaliyotiga mustahkam kirib olgan ko‗plab nizomlar
mavjudir.
O‗zbekiston hududida turlar tashkil qilishda va mahalliy mehmonxona korxonalari
bilan o‗zaro munosabatlarda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.11.97
y. 389-sonli Qarori bilan tasdiqlangan O‗zbekiston
Respublikasida mehmonxona
xizmatlarini ko‗rsatish Qoidalaridan ham foydalanish lozim.
Mehmonxona xizmatlarini ko‗rsatuvchi korxonalar bilan o‗zaro munosabatlar
asosan quyidagi bitimlar bilan aniqlanadi:
-
Dostları ilə paylaş: