139
pochta orqali jo‗natish uchun to‗g‗ri keladi. Maxsus o‗lchamli broshyuralar uchun
konvertlarni tayyorlash qimmat hisoblanadi. Ko‗pincha, mohirona tayyorlangan
bukletlarning ko‗pchiligi agentlik papkalarida qolib ketadi. Nisbatan ko‗p qo‗llaniladigan
o‗lchamlar: 21x10,5 sm, 21x21 sm va A4 (21x27,9 sm).
Kataloglarning asosiy tarkibi - bu narxlar keltirilgan jadvallardir. Bu jadvallarni
tayyorlash uchun yagona talablar va standartlar mavjud emas. Biroq ikki nisbatan tipik
variantlarga ajratish mumkin.
Birinchisi - an‘anaviy variant turpaketning oxirgi narxi ko‗rsatilgan jadvallarni o‗z
ichiga oladi (bir yoki bir necha kishiga).
Bunday jadvallar bilan ishlashda o‗ziga xos kamchiliklar mavjud. Masalan,
mijozlar bilan ishlay boshlashdan oldin menejer hisob-kitob usulini egallashi, har doim
qo‗li ostida kalkulyator bo‗lishi va kim davomida ko‗pgina hisob-kitoblarni qilishga
tayyor bo‗lishi zarur. Har safar tur qiymatini hisoblash zaruriyati ko‗p vaqt talab qiladi.
Narxni tushirishning har ikkala usuli teng darajada amal qilish huquqiga egadir, Asosiysi,
ma‘lumot to‗liq, tushunarli va ishonchli bo‗lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: