turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari
XVII.Mavzu.Turoperator katologi va turli ko„rgazmalarga qatnashish Reja: 17.1. Katolog turlari va vazifalari.
17.2. Rasmli ma‘lumotlarni tanlash.
17.3. Turagentlar bilan hamkorlik shartlari va shakllari.
17.4. Turistik yarmarkalarda qatnashish va tayyorgarlik ko‗rish.
17.1.Katolog turlari va vazifalari .
Turoperatorlik biznesi bilan shug‗ullanadigan istalgan turistik firma varaqalar,
bukletlar, broshyuralar, kataloglar kabi reklama-ma‘lumot nashrlarini tayyorlashi zarur.
Bu nashr turlarining barchasi reklama hisoblanadi va turni sotish (harakatlantirish)
imkoniyatlari haqida tasavvur hosil qiladi.
Broshyuralar va bukletlar ma‘lumot berishning nisbatan ishonchli vositalari
hisoblanadi. Bukletlar va kataloglar hozircha agentlar va mijozlar bilan ishlash uchun
qulay hisoblanadi. Bukletlar va kataloglar turoperatorlar bilan hamkorlik qilayotgan
agentliklarga yuboriladi. Bunda ular o‗z vaqtida va yetarli miqdorda yetkazilishini
kuzatib borish lozim. Nashr mahsulotlari shuningdek, turizm bo‗yicha hududiy yoki
milliy byurolar orqali ham tarqatiladi.
Yirik turoperatorlar har yili turlar yoki xizmatlarni tanlashda ham turagentlar, ham
mijozlar foydalanadigan reklama-ma‘lumot kataloglarini ishlab chiqadilar va nashr
qiladilar. Turlarni tanlashda ulgurji turoperatorlarga murojaat qilganda ulgurji
chegirmalar olish mumkin deb hisoblaydigan turistlarning adashmasliklari uchun,
agentliklarga mo‗ljallangan kataloglar turistlar bilan ishlashga mo‗ljallangan rangli
asosiy kataloglarga qo‗shimcha sifatida chiqariladi. Shuning uchun, mazmuniga ko‗ra
kataloglar
umumiy (turistlar va agentliklar uchun) va
maxsus (faqat turagentliklarga)
bo‗ladi. Ularni bosh va xizmat kataloglari deb atash qabul qilingan.
Bosh kataloglar, asosan turistlarga mo‗ljallangan bo‗lib, odatda, katta miqdorda
foto suratlari va reklama ma‘lumotlari bilan ta‘minlangan katta hajmli va rangli nashr
hisoblanadi.