O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/123
tarix14.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#177539
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Ekspozitsiyalarni 
rejalashtirishda
o‗z 
mahsulotingizning 
bo‗ladigan 
namoyishini tahlil qilib olish maqsadga muvofiqdir. 
Birinchidan
, siz nimani namoyish qilmoqchi ekanligingizni aniqlab olish zarur: 
firmanimi, texnologiyalarnimi, mahsulot yoki xizmatlarnimi.
Ikkinchidan
, eksponatlar tanlash bo‗yicha quyidagi savollarga javob topish lozim: 

Firma ishlab chiqqan barcha mahsulotlarini namoyish qiladimi yoki alohida 
tanlangan mahsulotlarnimi? 

Ko‗rgazmada aynan nimani ko‗rsatish kerak va qaysi mahsulotlar yangi hamda 
raqobatchilarnikiga qaraganda ustunlikka ega? 

Qaysi jihatlarga alohida urg‗u berish lozim? 

Siz eksponat qilmoqchi bo‗lgan mahsulot hayotiylik davrining qaysi bosqichida 
turibdi? 

Qaysi mahsulot potensial mijozlaringizning maqsadli guruhi talablariga mos 
keladi? 

Stendda dizayn to‗g‗ri qilinganmi? Ekspozitsiyalar va reklama materiallarining 
rang gammalari ko‗rgazmaga tashrif buyuruvchilari didlariga mos keladimi? 

Joylashtirish 
vositalari 
va 
boshqalarning 
maketlarini, 
namoyish 
videoversiyalarini tayyorlash kerakmi? Videomateriallar va grafik tabloda nima 
ko‗rsatilishi lozim? 

Sizga qanday o‗lchamdagi stend zarur? 
Uchinchidan,
stendda qanday harakat va tadbirlar o‗tkazishni rejalashtirish: 

mahsulot namoyish qilish; 

to‗g‗ridan-to‗g‗ri sotish; 

muzokaralar; 


147 

stendda o‗tkaziladigan tadbirlar (seminarlar, lotereyalar, o‗yinlar, namoyishlar, 
artistlar chiqishi, konkurslar); 

firma taqdimoti; 

mahsulot va xizmatlarning harakatli ko‗rsatilishi; 

so‗rovlar, anketalar o‗tkazish; 

mahsulot izlanishini o‗tkazish; 

personalni tayyoriash uchun oldindan tayyorgarlik ko‗rish zarur.
Bularning hammasi stend o‗lchami, konfiguratsiyasi va jihozlanishiga sezilarli 
ta‘sir ko‗rsatadi. 
To‘rtinchidan,
avvaldan yordamchi zonalar - ofis, muzokara xonasi, oshxona, 
garderob, personal dam olish xonasi, reklama materiallarini saqlash uchun joy kabilarni 
tayyorlab qo‗yish kerak. 
Stendni bezashga ijodiy yondashish kerak. Stend qanchalik o‗zgacha va qiziqarli 
bo‗lsa, o‗ziga shuncha ko‗p odamlarni jalb qiladi. Stend bezatilishi korxona uslubiga, 
faoliyat turiga va tashrif buyuruvchilar kutishlariga mos kelishi lozim. Bu tashrif 
buyuruvchilarning firma stendiga ishonchini ta‘minlaydi. 
Stendlarni bezash vositalari va ekspozitsiyalarni ko‗rsatish usullari juda ham 
ko‗pdir. Ularni tanlash firma yo‗nalishiga, maqsadlariga, imkoniyatlariga, mahsulot 
turlariga, shuningdek, firma qatnashadigan ma‘lum ko‗rgazma kabi parametrlarga 
bog‗liqdir.

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin