20
xizmatlarni kengaytirish uchun harajatga olib keladi, shuningdek turli xoldagi turistik
mahsulot ishlab chiqaruvchilar o‗rtasida daromadning taqsimlanshiga olib keladi.
Turistik bozorning holatiga qarab uning turli shakllari yuzaga keladi. Bir qator
xolatlarda turistik bozor shakllanib bo‗lgan bo‗ladi, ya‘ni ishlab chiqaruvchilar va
iste‘molchilar chegarasi belgilangan bo‗ladi. Bunday bozor egallab olingan yoki tayyor
bo‗lgan deb ataladi. Shunga qaramay bunday holatlarda kishilarda ta‘tillarini maroqli
o‗tkazish usullarini tanlash imkoniyati bo‗ladi, uning uchun turoperator iste‘molchilarni
jalb qilish yoki raqobatda yengish uchun harakat qilishi kerak.
Boshqa bir hollarda bozorni tuzishga (yaratishga) to‗g‗ri keladi, ya‘ni turistik
mahsulot uchun talab doirasini shakllantirish lozim bo‗ladi. Talabgor haridorlar yangi
joylarning borligidan, ularning yaxshi tomonlari, afzalliklari va servis holatidan xabardor
bo‗lishlari kerak. Ular ushbu turne yoki kruizdan ma‘naviy ozuqa olishlari, o‗z talab-
istaklarini qoniqtira olishlariga ishonch hosil qilishlari lozim. Turizm bozori turli
xillardan iboratdir. Ushbu tarmoqda bozor masshtabiga ko‗ra bir muncha kichiklari ham
mavjuddir. Shu sababli turistik bozorning turli klassifikatsiya usullari bor.
BTT (butunjahon turizm tashkiloti) tavsiyalariga muvofiq sayohat qilish
maqsadiga bog‗liq bo‗lgan bir qancha turistik yo‗nalishlar belgilanadi: rekreatsion, ishchi
(xizmat turi) ilmiy, madaniy o‗rganuvchi, davolanuvchi, diniy-etnik turizmlar.
Turistik mahsulot iste‘molchilarining sanoqbay tavsifiga ko‗ra uch xil turdagi
turizm
bozorlari
ajratiladi:
ommaviy,
mashxur
va
individual.
Dostları ilə paylaş: