18
2- chizma.Turistik bozordagi talab va takliflar
Turistik bozor o‗zining qabul qila olish chegarasi (sig‗imdorligi)
bilan
tavsiflanadi, ya‘ni aniq bir belgilangan davrda (mavsum) bir yilda) belgilangan turistik
mahsulotni amaldagi narxlar va takliflarga muvofiq sota olishidir. Bozorning
sig‗imdorligi axolining talab doirasida to‗lov qobiliyatiga egaligi,
narx darajasi va
turistik takliflarning tavsifiga bog‗liq bo‗ladi. Turistik mahsulotga bo‗lgan talab va narx
darajasiga qarab qisqarishi yoki bo‗lmasa aksincha oshib borishi mumkin. Bozorning
sig‗imi va uning o‗zgarishi tendensiyasini biladigan korxona ushbu bozordan ravnaqi
darajasi uchun foydalanish imkoniyatiga ega bo‗ladi keladi.
Turistik bozorda bir-biriga qarama-qarshi harakatlanadigan hamda turistik
aylanma harakat yaratuvchi pul oqimi yo‗nalishi va turistik
mahsulotning muntazam
harakatlanishini yaratib beruvchi omil vujudga keltiradi.
Turistik aylanma harakat
-
iqtisodiy aloqalar tarkibiga kiruvchi xizmatni pulga
yoki bo‗lmasa pulni xizmatga almashtiruvchi jarayon kiradi.Ushbu jarayon turistik
mahsulot oqimining harakatlanish yo‗nalishi, investitsiyalarning
turizm soxasini
rivojlantirish va turistik faoliyatdan keladigan daromadning byudjetga kelib tushishini
ko‗rsatib beradi.
Turistik aylanma harakat quyidagi sxema bo‗yicha amalga oshiriladi:
1.Turist yo‗llanmani sotib oladi va turistik kompaniyaga pul to‗laydi.
2.Oqibatda turist o‗zining istak-talabini qondiradi.
3.Turistik korxona sotilgan turistik mahsulot uchun pulni oladi, turistik
industriyaning rivoji uchun investitsiya o‗tkazadi yoki bo‗lmasa
yangi turdagi turistik
mahsulotni sotib oladi.
4
.Turistik korxona sotilgan turistik mahsulot uchun boj to‗laydi, turli shakldagi
to‗lovlarni bajaradi, o‗z ishchi xodimlariga oylik to‗laydi.
Turistik korxona doimiy o‗zgarib turuvchi raqobatchilik muxitida barqaror tarzda
qattiq tartib vaziyatida ish olib borishi lozim. Ushbu muxit elementlari bo‗lib bir nechta
bozorlar hisoblanadi. Ular turistik mahsulot konyukturasini aniqlab beruvchi va turistik
korxonaning iqtisodiyotiga tasir o‗tkazuvchi hisoblanadi:
Mexnat bozori;
Moliyaviy bozor;
Investitsiyalar bozori;
Dostları ilə paylaş: