13
qo‗riqxonalar, bog‗-xiyobonlar, ov va baliqchilik xo‗jaliklari direksiyasi bilan
u joylarda turistlar dam olishini va ularga xizmat ko‗rsatilishini ta‘minlashda.
4.Tur, transtur qiymatini hisoblash va bozor holatini hisobga olgan holda narxlarni
aniqlash. Turli tarkib klassi bo‗yicha, turlar komplektatsiyasi bo‗yicha o‗z xizmatlariga
narx va tariflarni belgilash.
5.Tur yo‗nalishi bo‗yicha sayohat qilayotgan turistlarni
barcha zarur reklama-
suvenir harakteridagi materiallar, maxsus anjom va inventarlar bilan ta‘minlash.
6.Yo‗nalishda turistlar bilan aloqada bo‗ladigan vazifalarni bajaradigan kadrlarni
tanlash,
tayyorlash va belgilash, xizmat ko‗rsatish dasturlarining bajarilishini nazorat
qilish va muvofiqlashtirish (gid-ekskursovodlar, instruktorlar, animatorlar, metodistlar va
boshqalarni).
7.Iste‘molchilarga o‗z turistik mahsulotini yetkazish uchun reklama-informatsion
faoliyat.
8.Turagentlik tizimi orqali iste‘molchilarga turlarni yetkazish va sotish.
9.Xizmat ko‗rsatishning sifati va ishonchliligini nazorat qilish.
10.Xizmat ko‗rsatish jarayonida turistlar
bilan doimiy tezkor aloqa, paydo
bo‗ladigan muammolarni hal qilish.
Turoperator turizm bozorida xizmatlar ishlab chiqaruvchilar va ulaming
iste‘molchilari (turistlar) orasidagi pozitsiyani egallaydi. Uning
vazifasi alohida ishlab
chiqaruvchilar xizmatlarini, ham asosiy xizmatlar, ham qo‗shimcha
xizmatlar sifatidagi
turmahsulotni kompleks ko‗rinishida iste‘molchilarga yetkazib berishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: