O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


Turoperator turizm bozorining sub‟ekti sifatida



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/123
tarix14.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#177539
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

1.2.Turoperator turizm bozorining sub‟ekti sifatida. 
 
 
Turizm operatori – tijorat maqsadi uchun turizm mahsulotini realizatsiyasini, uni 
taklif etuvchi, tayyorlash va rejalashtirishda bevosita ishtirok etuvchi turizm bozorini faol 



sub‘ektidir. Bu turoperator faoliyati yordamida vakolat imtiyoziga ega haridor agentlari 
nomidan turistik xizmatlarni bir necha muddat ilgari harid etish, bronlash, o‗zlashtirish, 
turpaketlar hozirlash demakdir. Operator shunday qilib, sayohatni murakkab tizimini 
inobatga olgan holda uni iste‘molchi bilan bog‗lovchi, turizm industriyasidagi 
suptuzilmani va korxona infratuzilmasi bilan bevosita aloqador, to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
xizmatlar ijrochisi (mehmonxonalar, tashuvchilar, ekskursiya firmalari, sug‗urta 
kompaniyalari, banklar va b.) maqsadida turistlarga samarali xizmatlarni uyushtiruvchidir 
(transferlar, ekskursiya dasturlari va b.). 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda har bir turoperatorning vazifasi kelajakdagi 
sayohat tadbirini rejalashtirish, vaqtga uyg‗unlashtirish, xizmat arzlariga munosib 
ravishda jadval asosida sayyohlarga sifatli xizmat turini tashkil etishdir. Aniq 
rejalashtirilgan sayyohlik tadbiri hech qachon kamchiliklar yo‗l qo‗yilmaydigan xizmat 
turiga ehtiyoj sezadi. Sayyohlik xizmatlarini obdon rejalashtirish malakali va tajribali 
turoperatorlarni samarali mehnati tufayli erishiladi. 
Turizm xizmat bozorida turoperator bir qancha funksiyalarni bajaradi. Jumladan, 
narxni shakllantirish
funksiyasi turoperatorlar uchun muhim ahamiyatga egadir. Har bir 
turoperatorning imkoniyati narxni shakllanishiga ko‗ra bir xil emas. U o‗z ob‘ektiv va 
sub‘ektiv omillariga ega. Eng avvalo bu turoperator ishining hajmiga bog‗liq. Doimiy 
ravishda turistlarni kutib olish, kuzatish xizmatlari, o‗z navbatida xususiy charter 
reyslarini tashkil etishni taqozo etadi, bunday holat esa pirovardida dam olish 
markazlarida xususiy vakilliklarini ochish, mehmonxona korxonalariga o‗z ta‘sirini 
o‗tkazishga olib keladi. Ta‘kid etilgan omillar turistik xizmatlarni narxiga bevosita ta‘sir 
etadi. O‗z-o‗zidan ma‘lumki, yirik turistik operatorlar har qanday sharoitda ham turizm 
bozorida baholarni belgilanishida korcholonlik rolini o‗ynaydilar. Bu bozor 
segmentlarida, VIP – turlarda, ommaviy va yangi raqobatda, narx sharoitlarida yaqqol 
namoyon bo‗ladi. 
Siljitish funksiyasi,
ya‘ni turizm mahsuloti turoperatorning marketing faoliyatini 
belgilovchi muhim shakllaridan biri hisoblanadi. Turloyihani maksimal rentabilligini 
ta‘minlash uchun xususan, yangi yoki modifikatsiyalangan turoperator barcha 
ma‘lumotlarni har qanday turini yoyilishida manfaat yuzasidan kirishadi (marshrut, 
transfer mablag‗larini taklif etilish, joylashtirish, bo‗sh vaqtlarni o‗tkazish, narx 
diapozoni taklifi, reklamalar).
Axborotlashtirish funksiyasi
zamonaviy turizm operatorlaridan ehtimol tutilgan 
dalillarni qayta ishlash, siljitish, turoperator realizatsiyasida (masalan, sayohatlarni farqli 
xususiyatlari, turistik markazlar va taklif etilgan xordiq chiqarish, turistik imkoniyatlari 
xususiyati, madaniyat va mahalliy aholining vakillari, yodgorlik va muqaddas joylar, 
kirim-chiqim hujjatlarining rasmiylashtirish jarayoni va boshqalar) kamnoma yoki 
umuman noma‘lum xabarlar jarayonida namoyon bo‗ladi. Bir butun ko‗rinishda turistik 
ma‘lumotlarni ommaboplashtirish yoki alohida olingan turlari bo‗yicha turbiznes 
mutaxasislari o‗rtasida keng targ‗ibot qilish mumkin, shuningdek, turizmga bevosita 
ishtirok etuvchilar ya‘ni katalog, buklet, reklama vositalari va iste‘mol omillarini 
rasmiylashtiruvchi muhitda info sayohatlarni turizm industriyasi ishchilari uchun 
tashkillashtirishda moslashtirish maqsadga muofiqdir. 
Turoperatorning 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin