O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/123
tarix14.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#177539
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
 
Mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishida aholiga xizmat ko‗rsatuvchi 
sohalarning o‗rni va roli g‗oyat sezilarli bo‗lib, bunda turizmning ahamiyati boshqa 
xizmat ko‗rsatish sohalariga qaraganda yuqori sur‘atlar darajasida rivojlanishi bilan 
belgilanadi. Shuning uchun ham keyingi yillarda O‗zbekistonda turizmni rivojlantirish 
bilan bog‗liq bo‗lgan masalalarga katta e‘tibor berilib, uning turistik salohiyatidan 
samarali foydalanish yo‗llari shakllanmokda. 
Buni shundan ham anglash mumkinki, keyingi yillarda uni rivojlantirish va 
takomillashtirishga qaratilgan O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining bir 
qancha farmon va qarorlari, viloyatlarda esa uning ijrosini ta‘minlashga bag‗ishlangan 
qarorlari qabul qilindi. Bular jumlasiga «O‗zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda 
xizmat ko‗rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari 
to‗g‗risida»gi qarorini kiritish mumkin. Ushbu qaror bilan xizmat ko‗rsatish, servis va 
turizm sohasini rivojlantirishning mamlakatimiz va hududlar bo‗yicha aniq dasturlari 
ham tasdiqlangan. Bulardan ham ko‗rinib turibdiki, ushbu sohada faoliyat yuritadigan 
sub‘ektlar soni keskin o‗sadi, ular ko‗rsatadigan xizmatlarning sifati esa zamon talabiga 
mos ravishda oshadi. 
Ma‘lumki, turistik xizmat ko‗rsatish va tashkil etishda turoperatorlik xizmatlari 
asosiy o‗rinda turadi. "Turizm to‗g‗risida"gi qonun bo‗yicha o‗z turistik mahsulotini 
shakllantiradigan va unga o‗z yo‗llanmasini chiqaradigan turistik tashkilotgina 
turoperator hisoblanadi. 
Ta‘lim 
yo‗nalishining o‗quv rejasiga «Turizm operatorlik xizmatini 
tashkillashtirishning asoslari» fani kiritilgan bo‗lib, mazkur fanda turoperatorlik 
faoliyatining asosiy mazmuni o‗rgatiladi. Mazkur yaratilgan o‘quv qo‘llanma birinchi 
galda turizm yo‗nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga mo‗ljallangan bo‗lib, bu fan 
bo‗yicha o‗zbek tilida yaratilgan birinchi adabiyotlardan hisoblanadi.

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin