39
qiladilar. Kunduzi turistlar bilan ekskursiyaga va do‗konlarga boradilar. Kechqurun shou
va bardagilar zerikib qolmasligini ham ta‘minlashlari kerak. Kimnidir raqsga taklif qilish,
kim bilandir shunchaki suhbatlashish lozim. Shuning uchun ham, odatda, yoshlar
animator bo‗lib ishga kiradilar.
Til to‗sig‗i mavjudligi bemalol suhbatlashishga yordam bermaydi va
animatorlarga qo‗yiladigan birinchi talablardan biri kamida ikki xorijiy tilni bilishdir.
Agar undan ko‗p bo‗lsa yanayam yaxshi. Shunda animator turli davlatlardan kelgan
turistlar bilan ishlay oladi va juda kerakli mutaxassisga aylanadi.
Animatorlar ishining yaxshi misoli sifatida "Klub Med" kurortlari tizimi klublarini
keltirsa bo‗ladi. "Klub Med"ga animator bo‗lib ishga kirgan odamlar haqiqatda ham
bilimi va universalligi bilan ajralib turadi. Ular nafaqat yosh, chaqqon bo‗lishi, balki
kamida ikkita tilni bilishi, hamma bilan til topishib keta olishi lozim. Bu yerda alohida
lavozim - GO -. fransuz tilidan olingan Gentils Organisateurs so‗zining qisqartmasi -
"yoqimli tashkilotchilar" bo‗lishi mumkin. GOning asosiy vazifasi - "Klub Med"ning
barcha shaharchalari ajralib turadigan erkinlik va tabiiylik muhitini yaratishdan iborat.
Agar barda biror kishi zerikayotgan bo‗lsa, albatta, GOning yoniga o‗tkazishadi va
suhbatga tortishadi. Ular doimo biror hazil yoki qiziqarii narsani bilishlari mumkin.
Mijozlarni ham bu yerda hurmat bilan - GM - Gentils Members so‗zining qisqartmasi -
"klubning yoqimli a‘zolari" deb atashadi. Animatorlar sababli "Klub Med"ning istalgan
shaharchasida dam olish haqiqiy bayramga aylanadi.
Turlarni animatsiyalashtirish va tashkil etish uchun bayramlar nishonlanadigan
sanalar kalendaridan foydalanish katta ahamiyatga egadir Turistning u yoki bu sanaga
qiziqishi, bu qiziqishlarning "jonlantirilgan", turistning o‗zi qatnashadigan ko‗rinishda
tashkil etilishi xizmat ko‗rsatish dasturini yanada jonlantiradi. Har safar yangi
bayramlarni tashkil qilish qimmatga tushishi bois, doimiy harakatdagi animatsion
dasturlarni sotish maqsadga muvofiqdir
Shunday qilib, yuqorida aytilganlarni umumlashtirib, turizmda animatsiya
formulasini quyidagi kompleks ko‗rinishida qabul qilish mumkin: qiziqishlardan
foydalanish, ekspozitsiyalarni jonlantirish, harakatlarga turistlarni jalb qilish,
tomoshalarning turli-tumanligi.
Shundan kelib chiqib, turizm animatsiyasi uslubiy asoslarini quyidagicha
shakllantirish mumkin:
operatorning hordiq chiqarish va tomoshalar markazlari, festival va karnavallar
tashkilotchilari bilan o‗zaro yaqin munosabatda bo‗lish, shuningdek, xizmat
ko‗rsatish dasturiga tadbirlar ma‘lumotlarini faol qo‗shib borish;
sodir bo‗layotgan tadbirning psixologik qabul qilinishi va tematikasini hisobga
oladigan dam olish (tadbir) ssenariysini tuzish;
yo‗nalishda turistlarning har xil bo‗lish ehtimoli bor xizmatlar
bog‗liqligini ko‗zda tutgan holda ishlab chiqilgan ssenariy asosida to‗liq
xizmat ko‗rsatish kompleksini amalga oshirish;
ob-havo va boshqa sabablarga ko‗ra dasturga o‗zgartirish kiritilganda
animatorlaning turistlar bilan ishlashi. Umuman animatsion turizm faoliyati
deganda xordiq chiqarish-tomosha va servis komplekslarining har bir turist
dam olishiga va xizmat ko‗rsatishga shaxsiy yondashuvning o‗zaro yaqin
hamkoriigini tushunishimiz mumkin.
Asosiy vazifa turistga qiziqarli bo‗lishi, o‗zini dastur qatnashchisi sifatida his
qilishi, yaxshi dam olish uchun qulaylik mavjudligidir.
Dostları ilə paylaş: