40
Zamonaviy turizm faoliyatini tashkil etuvchilaridan biri turistik xizmat ko‗rsatish
sifatini tartibga solishdir.
Mahsulot sifati - iste‘molchilarning ma‘lum istaklarini qondirishni ta‘minlaydigan
xususiyatlar majmuidir.
Xizmatlar sifati - iste‘molchilarning taxmin
etiladigan yoki belgilangan
ehtiyojlarini qondirish qobiliyatini aniqlaydigan xizmatlar tasniflarining majmuidir.
Turistik xizmat ko‗rsatish sifati - dam olish va sayohat qilish chog‗ida turistlarning
istak va ehtiyojlarini qondirish xususiyatiga ega bo‗lgan xizmatlar va tadbirlar majmuidir.
Turistik xizmat ko‗rsatishning kompleks harakteri turoperator ishining yagona
sifat ko‗rsatkichini ishlab chiqishda qiyinchilik tug‗diradi. Turistlarga xizmat ko‗rsatish
sifatini tushunishda turoperator ishi sifatini aniqlashning ikki xil yondashuvi: agentlik va
iste‘molchi yondashuvi mavjud.
Bu muammoni agentlik yondashuvi natijasi «Turizm: praktika, problemi,
perspektivi» (1998 g.№4) jurnalida chop etilgan, BANKO axborot xizmati tomonidan
o‗tkazilgan tadqiqot misolida ko‗rib chiqamiz.
Turoperator ishi sifati ko„rsatikichlari:
1. Turagentlar bilan ishlashda tezkorlik va aniqlik;
2. O‗zoq muddat mobaynida
faoliyatning barqarorligi;
3.Turistik xizmatlar sifati va narxlarining optimal munosabati;
4. Personal professionalizmi, hamkorlarga individual yondashuv;
5.Foydali narx siyosati (past narxlar, yuqori komissionlar, bonuslar tizimi, ovozlar
miqdori);
6. Taklif etilayotgan turistik xizmatlarning yuqori sifati;
7.Axborot ochiqliligi, reklama tadbirlarining o‗ylanganligi, kataloglarning yuqori
sifati;
8. Ish va shaxsiy darajalarda xayrixohlik;
9. Takliflar va qo‗shimcha turistik xizmatlarning keng ko‗lami;
10. Xizmatlar ko‗lamini kengaytirish bo‗yicha doimiy ishlash;
11.Ofisning qulay joyda
joylashganligi va shinamligi;
12. Firma rahbariyati bilan ishonchli va do‗stona munosabat.
Sifatni aniqlashning iste‘molchi yondashuvi turistlarga xizmat ko‗rsatish sifati
tushunchasini chuqurlashtirishga yo‗naltirilgan.
Turistik xizmat ko‗rsatish nafaqat kompleksliligi, nomoddiyligi, his qilib
bo‗lmaslik, tashish va saqlashga noqobilligi, shuningdek, ma‘lum ijrochiga bog‗liqligi
kabi maxsus omillar bilan ham harakterlanadi. Texnik nazorat mavjud va iste‘molga
yaroqsiz mahsulotni aniqlash va qayta ishlashga yuborish mumkin bo‗lgan sanoatdan
farqli ravishda turistik xizmatlar qanday sifatda ishlab chiqarilsa, shunday qabul qilinadi
va
bu sifatga moddiy baza, resurslar, texnologiyalar, infrastruktura va boshqalar kabi
ko‗pgina bevosita va bilvosita omillar ta‘sir ko‗rsatadi. Turmahsulot sifatini iste‘molchi
baholaganda ishonchlilik, xavfsizlik, axborot ishonarliligi,
ruhiy qulaylik kabi
xususiyatlar ham muhim ahamiyatga ega.
Turistik xizmat ko‗rsatish sayohatda, ovqatlantirishda, sport va ko‗ngil ochish
tadbirlarida turli ehtiyojlarning butun kompleksini qondirishi lozim. Dasturiy turlar
davomida davolanish, ish uchrashuvlari, safarlar kabi maxsus ehtiyojlar ham ko‗zda
tutiladi.Xizmat ko‗rsatish sifatiga yuqorida sanalgan omillardan tashqari taklif etiladigan
xizmatlar ko‗lami ham ta‘sar qiladi. O‗z-o‗zidan xizmatlar ko‗lami sifatni ta‘minlamaydi.
Bunda xizmatlar
va mahsulotlar kompleksliligi, ularning ma‘lum iste‘molchiga
41
yo‗naltirilganligi, shuningdek, xizmat ko‗rsatish sifatiga katta ta‘sir ko‗rsatuvchi vositalar
o‗z vaqtida yetkazilishi zarur.
Turizm resurs sifatida tabiiy-iqlimiy, madaniy-tarixiy va qabul qilinishi jarayonida
odamlarga estetik, hissiy, ruhiy tomondan ta‘sir qila bilishi lozim.
Psixologik omillarning ta‘sir qilishi sifatni baholashga subektiv yondashuv
elementlarini kiritishi bilan «xizmat ko‗rsatish sifati» tushunchasi mohiyatini
kengaytiradi va qiyinlashtiradi.
Sifat kriteriylari turistlarga xizmat ko‗rsatish bo‗yicha turli faoliyatlarni
tasvirlaydigan ko‗rsatkichlar tizimi orqali izohlanadi va bu ko‗rsatkichlar yordamida
turizm industriyasining turli korxonalari faoliyatini solishtirishimiz mumkin.
Mehmonxona uchun bunday ko‗rsatkichlar - turistlarni joylashtirish tezligi,
nomerlarning xizmat ko‗rsatish klassiga mos kelishi, barcha mehmonxona xizmatlarining
aniq ishlashi, jamoat joylari hamda nomerlar tozaligi, qo‗shimcha xizmatlar eng asosiysi,
turistlar tomonidan noroziliklarning yo‗qligi kabilar bo‗lishi mumkin.
Ekskursion xizmat ko‗rsatishda sifatning asosiy ko‗rsatkichlari -bilish,
ma‘lumotlarning to‗liq va ishonchliligi,
estetika, yo‗nalish optimalligi, nutq madaniyati
va ekskursovod malakasi bo‗lishi mumkin.Turizmda tur sifatini xizmatlar tarkibi,
darajasi, dasturi va animatsion yondashuv, gid malakasi belgilaydi.
Turoperator faoliyatining ahamiyatli jihati shundaki, iste‘molchiga tur
sotilganidan keyin turist bilan munosabat tugamaydi. Yo‗nalishda turistlar oldindan puli
to‗langan xizmatlarni oladilar. Turoperatorlar ko‗zlanayotgan xizmat ko‗rsatish
darajasiga mos ravishda tur narxini aniqlar ekanlar, aynan o‗sha xizmatlar (boshqalarini
emas) ko‗rsatilishini kafolatlash shart.
Xalqaro turizm bozori allaqachon talabning darajalanganini tan oladi. Boylar
uchun qimmat xizmatlar ko‗rsatadigan turlar; boy bo‗lmaganlar uchun - iqtisodiy turlar;
buvilar, bobolar va ularning
nabiralari uchun sayohatlar; o‗smirlar uchun avtobus
sayohatlari; faqat ayollar uchun yaxta va sollarda sayohatlar; chekmaydiganlar uchun
toza havoga safarlar; erkaklar uchun ov, baliq ovi va boshqalar. Maxsuslashtirilgan
turlarni tashkil etish yo‗nalish va xizmatlarining tematik mosligi va xizmat ko‗rsatish
dasturining optimalligini chuqur
ishlab chiqishi lozim
Turistlarga xizmat ko‗rsatishda turistlar bilan ishlaydigan gid malakasi katta
ahamiyatga ega, chunki aynan shu odam o‗zining shaxsiy ishtiroki bilan xizmat
ko‗rsatish sifatiga javob beradi. Gid yuqori malakadan tashqari, xizmat ko‗rsatish dasturi
va u yoki bu xizmatlar turi o‗zgarishi ehtimollari bo‗yicha to‗la ma‘lumotlarga ega
bo‗lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: