O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


-jadval Turistlar xavfsizligini ta‟minlash va ularni himoya qilishning ayrim funksional



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/123
tarix14.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#177539
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

5-jadval
Turistlar xavfsizligini ta‟minlash va ularni himoya qilishning ayrim funksional 
normativ-huquqiy jihatlari 
Turistlarga qanday 
huquqlar berilishi lozim 
Qanday chora-tadbirlar 
ko„rilishi kerak 
Davlat sektori hamda 
xususiy sektor nima 
qilishi kerak 
Turistning shaxsiga yoki 
mol-mulkiga jiddiy tajovuz 
qilinishi munosabati bilan 
eng tez aloqa vositalari 
yordamida o‗z oilasiga 
xabar berish 
Turist kelgan mamlakatda 
uning shaxsiga yoki mol-
mulkiga 
jinoiy 
tajovuz 
qilinishi munosabati bilan 
uning hayotini va mol-
mulkini 
saqlab 
qolish 
maqsadida 
uni 
o‗z 
mamlakatiga 
tez 
repatriatsiya qilish 
Turistlarning xavfsizligini 
ta‘minlash 
va 
ularni 
himoya qilish masalalari 
bo‗yicha 
xabardorlik 
darajasini oshirish uchun 
turizm 
xodimlari 
va 
jamoatchilik 
orasida 
axborot tarqatish 
Milliy ijtimoiy sug‗urta 
tizimi doirasida tez va 
muvofiq tibbiy 
yordam 
olish 
O‗g‗irlangan 
va 
keyinchalik topilgan mol-
mulkni 
turist 
kelgan 
mamlakatga qaytarish 
Turistlarning xavfsizligini 
ta‘minlash 
va 
ularni 
himoya 
qilish 
uchun 
bevosita 
yoki 
bilvosita 
javobgar bo‗lgan turli kasb 
egalarini 
tayyorlashni 
barcha zarur vositalar bilan 
rag‗batlantirish 
Chet ellikdan garov puli 
kiritishni talab qilmasdan, 
turistga 
tajovuz 
qilgan 
shaxslarga qarshi milliy 
sudda 
sud 
ishi, 
shu 
jumladan 
jinoyat 
ishi 
ochish 
hamda 
yuridik 
yordam olish 
Turistlarga yoki mahalliy 
aholiga 
qarshi 
bunday 
harakatlarga boshqa yo‗l 
qo‗ymaslik uchun ishni 
sudda ko‗rish 
Turistlar hayoti va mol-
mulkini qo‗riqlash chora-
tadbirlari 
va 
mexanizmlarini 
ishlab 
chiqish, salbiy oqibatlarga 
yo‗l qo‗ymaslik maqsadida 
sayohat 
paytida 
sodir 
bo‗luvchi 
barcha 
jarayonlarni tartibga solish 


86 
Bundan tashqari, turistik ahamiyatga molik infratuzilma ob‘ektlari mavsum paytida 
o‗qtin-o‗qtin yuzaga keladigan turistlarning katta-katta oqimlarini atrof muhitga va 
umumiy ovqatlanish sohasidagi sanitariya holatiga salbiy ta‘sirlarsiz qabul qilish 
layoqatiga ega bo‗lishini ta‘minlashni qonun yo‗li bilan tartibga solish chora-tadbirlari 
ham ko‗rilishi lozim. Sog‗liqni saqlash chora-tadbirlarini ko‗rish lozim deb topilgan 
hollarda turistlarga ularning salbiy ta‘sirini mumkin qadar cheklash ham muhim 
ahamiyatga ega.
Ba‘zan turistlar ekspluatatsiya, zo‗rlik ishlatish ob‘ektlariga aylanadilar. Bu 
munosabat bilan mazkur jinoiy xatti-harakatlarning tashkilotchilariga nisbatan qattiq 
choralar ko‗rish zarur, aks holda mamlakat turistik safarga chiqish tavsiya etilmaydigan 
mamlakatlar ro‗yxatiga kiritilishi mumkin. Boshqa tomondan, shunday salbiy hodisalar 
ham uchrab turadiki, ba‘zan turistik firmalar ma‘lum shaxslarni fohishaxonalarda ishlash, 
norasmiy mehnat faoliyati bilan shug‗ullanish uchun chet elga turist sifatida maxsus 
yuboradilar. Vaholanki, mazkur sohalar ko‗pincha uyushgan jinoyatchilik ta‘siri ostida 
bo‗ladi.
Turistlar bilan jismoniy (yoki yuridik) shaxslar o‗rtasida yuzaga keluvchi bahslarni 
suddan tashqarida tez hal qilish uchun JTT ekspertlari tegishli organ, masalan, umumiy 
yoki maxsus vakolatlarga ega bo‗lgan Iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish 
jamiyati yoki shikoyatlar bo‗yicha vositachi organ tuzishni tavsiya etadilar. Turistlar 
ularga murojaat etib, yuzaga kelgan muammolarni hal qilishlari mumkin, chunki bu 
ularning huquqiy manfaatlari, shu jumladan xavfsizlik sohasidagi manfaatlari bilan 
bog‗liq.
Turistlar xavfsizligini ta‘minlash sohasidagi davlatlararo hamkorlik ham, ayniqsa, 
tabiiy ofatlar va texnogen halokatlar, yirik avariyalar va epidemiyalar sodir bo‗lgan 
hollarda, shubhasiz, muhim ahamiyatga ega. Boz ustiga, turistlar hayoti yoki mol-
mulkiga jiddiy tajovuz qilingan, ayniqsa, ular terroristik aktlar natijasida jabr ko‗rgan 
hollarda qabul qiluvchi mamlakat zudlik bilan turistlar kelgan mamlakatga (agar 
imkoniyat bo‗lsa, diplomatik yoki konsullik vakolatxonalari orqali) jabr ko‗rgan 
shaxslarning sog‗lig‗i hamda yuqorida zikr etilgan hodisaning tafsilotlari to‗g‗risida 
barcha zarur axborotni taqdim etishi shart.
Turizm bo‗yicha 1989 yil Gaaga Deklaratsiyasining 8-tamoyilida shunday deyiladi: 
«Turistlarning xavfsizligini ta‘minlash va ularni himoya qilish, shuningdek ularning 
qadr-qimmatini hurmat qilish turizmni rivojlantirishning zarur shartidir». Bu munosabat 
bilan ekspertlar quyidagilarni taklif qiladilar:

turistik safarlar, sayohatlar va tashriflarni soddalashtirish chora-tadbirlarini 
turistlarning hamda turistik ob‘ektlarning xavfsizligini ta‘minlash va ularni 
himoya qilish chora-tadbirlari bilan birga amalga oshirish; 

bu maqsadda turistlarning hamda turistik ob‘ektlarning xavfsizligini ta‘minlash 
va ularni himoya qilishga yo‗naltirilgan samarali siyosatni ishlab chiqish; 

turistlar foydalanganligi uchun alohida e‘tibor berishni taqozo etuvchi turistik 
tovarlar, ob‘ektlar va asbob-uskunalarni aniq belgilash; 

tegishli hujjatlar va axborotni tayyorlash hamda turistik ob‘ektlarga xavf-xatar 
tahdid solgan hollarda mazkur hujjatlar va axborotdan foydalanilishini 
ta‘minlash; 

har bir mamlakatning qonunchilik tizimiga xos tartib-taomillarga muvofiq, 
turistlarni himoya qilish sohasidagi yuridik qoidalarni bajarish; 


87 

turistlarning xavfsizligini ta‘minlash va ularni himoya qilish masalalarini 
tartibga soluvchi chora-tadbirlar dasturlarini tuzishda davlatlar JTT doirasida 
hamkorlik qilishlariga erishish.

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin