turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari
Sayohatning xavfsizligi deganda turistlarning shaxsiy xavfsizligini, ularga tegishli mol-mulkning butligini ta’minlash hamda sayohat qilish paytida atrof muhitga zarar yetkazmaslik tushuniladi. Turistning xavfsizligini ta‘minlash – turistik xizmat
ko‗rsatishning muhim tarkibiy qismidir.
Turistning xavfsizligi davlat siyosatiga, firmalar – turagentlar va turoperatorlar
tomonidan ko‗rilayotgan chora-tadbirlarga, shuningdek turistning xatti-harakatlariga
bevosita bog‗liq. Jumladan, O‗zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq, turist shaxsiy
xavfsizlik, o‗z huquqlarining himoya qilinishi, shuningdek o‗z mol-mulkining asralishi,
shoshilinch tibbiy yordam olish, sayohatga taalluqli to‗liq va ishonchli axborot olish
huquqiga ega. Tabiiyki, sayohat paytida turist o‗zi bo‗lib turgan mamlakatning qonun
hujjatlariga rioya etib, uning urf-odatlari, an‘analari va diniy rasm-rusumlarini hurmat
qilibgina qolmasdan, shaxsiy xavfsizlik qoidalariga ham amal qilishi shart. Statistika
ma‘lumotlariga qaraganda, islom davlatlarida turist bilan aholi o‗rtasida sodir bo‗luvchi
barcha mojarolarning 31 foizi mamlakatning milliy urf-odatlaridan turistning bexabarligi
hamda xulq-atvor qoidalari turist tomonidan buzilishi natijasida kelib chiqadi.
Turistlar bo‗lib turgan mamlakatda ularning xavfsizligiga tahdid to‗g‗risida axborot
milliy turistik ma‘muriyat, turagentlar va turoperatorlar tomonidan berilishi lozim.
Bundan tashqari, xalqaro amaliyot shuni ko‗rsatadiki, bir qancha hukumatlar jahonning
muayyan mamlakatlari yoki mintaqalariga tashrif buyurish yuzasidan, shu jumladan o‗z
davlatlariga tashrif buyuruvchi chet elliklar uchun ham tegishli tavsiyalar chiqaradi.
Turistik faoliyatning xavfsizligiga qo‗yiladigan talablar universal bo‗lib, dunyoning
barcha mamlakatlarida amal qiladi. Bu talablar bajarilmagan taqdirda, turistik firma
turistik mahsulotni xalqaro va ichki bozorlarda taklif etish va muayyan haridorlarga
sotishdan bosh tortishi mumkin. Turistik xizmatlar ko‗rsatish paytida odatdagi
sharoitlarda ham, favqulodda vaziyatlar (tabiiy ofatlar va sh.k.) sharoitida ham
turistlarning hayoti va sog‗lig‗i uchun xavf-xatarlarning oqilona darajasi ta‘minlanishi
lozim. Lekin bunda shuni yodda tutish kerakki, turistik-ekskuriya xizmatlari ko‗rsatish
chog‗ida insonning hayoti va sog‗lig‗iga xavf-xatarlar:
- xavf-xatar manbalari mavjud bo‗lgan;
- mazkur manba inson uchun xavfli darajada namoyon bo‗lgan;
- inson xavf-xatar manbaiga ta‘sirchan bo‗lgan hollarda yuzaga keladi.
Turizmdagi
zararli omillar (xavf-xatar omillari)ni quyidagicha tasniflash mumkin:
jarohatlanish xavfi;
atrof muhitning nojo‗ya ta‘siri;
yong‗in xavfi;
nojo‗ya biologik ta‘sirlar;
psixofiziologik yuklanishlar;
nurlanish xavfi;
kimyoviy ta‘sirlar;
kuchli changlanish va gazlanish;
89
boshqa omillar;
o‗ziga xos xavf-xatar omillari.