O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/123
tarix14.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#177539
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

 
Tayanch so‘z va iboralar

xavfsizlik, turizm xavfsizligi, turistlar xavfsizligi, 
ekskursiya, turistik tushunchalarni standartlashtirish, zararli omillar. 
 
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar: 
 
1.Turistlar xavfsizligini ta‘minlash deganda nimani tushunasiz?
2.Turistlar xavfsizligini himoya qilishni qonun yo‗li bilan ta‘minlash borasida JTT 
ekspertlari qanday takliflar beradilar? 
3.Turizmda xavfsizlikning xalqaro-huquqiy jihatlarini izohlang. 
4.Turizmda zararli omillar qanday tavsiflanadi? 
5.Turizmda o‗ziga xos xavf – xatar omillari qaysilar? 
6.O‗zbekiston Respublikasining turizm xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlariga misol 
keltiring. 


92 
XII.Mavzu.Turoperatorlik xizmatlarini tashkil etishda axborot texnologiyalari 
Reja: 
12.1.Turizmda axborot texnologiyalari turlari va ularning mohiyati. 
12.2.Kompyuter tizimida o‗rinlarni bronlashtirish. 
12.3.Turizmda Internet texnologiyalar. 
 
11.2.Turizmda axborot texnologiyalari turlari va axborotlar mohiyati. 
 
Axborot taraqqiyotining uzoq o‗tmish yo‗li avvaliga nozik materiya darajasida, 
keyinchalik esa jonli tabiat sharoitida sifat jihatidan yangi ko‗rinishdagi ijtimoiy 
axborotga olib keldi, belgi sistemasida aks etdi. 
Axborot sohasida sub‘ekt ko‗p rollarda namoyon bo‗ladi: iste‘molchi, tashuvchi, 
saqlovchi va axborot tarqatuvchi, shuningdek uni ishlab chiqaruvchi (generator) sifatida 
ko‗rinadi. Shuning uchun axborot sohasi bir tomondan, individning ongiga bog‗liq 
bo‗lmagan holda shakllanadi, ikkinchi tomondan esa, uning ta‘sirida o‗zgaradi. 
Bugungi kunda to‗planib borayotgan barcha axborot oqimlarini qayta ishlash 
uchun mo‗ljallangan maxsus dastur – apparatlar majmuasini yaratish «axborot 
portlashini» talab qilishini isbotlashga hojat bo‗lmasa kerak. Bu majmua o‗z ichiga 
yig‗ish, saqlash, qayta ishlash va katta ko‗lamli ma‘lumotlar berishni qamrab oladi. 
Ma‘lumotlar va hujjatlarni boshqarish uchun zarur avtomatlashtirish ishlarini bajaradi. 
Biroq ijtimoiy faoliyatning turli sohalarida joriy etilayotgan amaliy axborotlar maslahat 
tizimi har xil vazifani hal etayapti: biri ishlab chiqarishda, boshqasi tibbiyotda, uninchisi 
ijtimoiy, madaniy servisda, turizm va h.k.larda. 
Axborotlar tushunchasida eng muhim narsa – tegishli manba va iste‘molchiga 
ma‘lumot yetkazish, maqsadga yo‗naltirilgan tizimida aloqa o‗rnatish hisoblanadi. 
Axborotlar – qat‘iy taqsimlangan, shov-shuvdan xoli, o‗z egasigacha yetkazilgan 
ma‘lumotlardir. Bu ma‘lumotni olganlar uni tahlil qilishi, o‗z maqsadlariga muvofiq 
tegishli qarorlar qabul qilishda foydalanishlari mumkin. 
Axborot nazariyasiga kelsak, u aloqa kanallari bo‗yicha axborot uzatish 
qonuniyatlarini o‗rganadi. Lekin yana o‗sha turli tabiatdagi tizimlarda o‗rganadi. Axborot 
nazariyasida axborotlarning o‗lchov birligi va usuli belgilangan, uning miqdoriy tahliliga 
asos berilgan. Informatikada bularning biri ijtimoiy boshqaruv va ilmiy asoslangan ong 
texnologik tizimlarda qurilishi uchun foydalaniladi. Axborotlarning nazariyasi tarkibiy 
jihatdan axborot jarayonlariga bo‗linadi: qabul qilish, uzatish, kodlash, kodni ochish, 
xotirlash, saqlash, chiqarib olish, yetkazib berish, axborotlarni akslantirish va h.k. 
Informatika boshqaruvining texnologik yumushlari sifatida bu elementlarni yuzaga 
chiqaradi. Misol uchun, kodlashtirishning prinsiplaridan biri – axborotlarni shovqindan 
tozalash va ortiqcha ma‘lumotlardan xoli qilish. Bu tamoilni boshqaruvda qo‗llab, uning 
yangi ratsional rezervlarini yuzaga chiqarish mumkin. 
Masalan, mehmonxonada turganda, qaysi kunda, qaysi geografik manzilda mijoz 
o‗zining dunyoga kelganligidan baxtiyor bo‗lganini yozish shartmi? familiyasi va ismi, 
bobosining nomi yozilgandan keyin jinsini ko‗rsatish nimaga kerak? Bularga o‗xshash 
minglab misollar keltirish mumkin, ularning har biri arzimas narsadek tuyuladi. Ammo 
bu yerda ko‗p sonli qonuni amal qiladi. Arzimasgina bo‗lib tuyulgan bitta ma‘lumotnoma 
yoki hujjatdagi ortiqcha grafa jamiyatdan katta miqdorda vaqtni olishi, boshqaruv 
bo‗g‗inida to‗xtab qolishlarni keltirib chiqarishi mumkin. 


93 
Axborot texnologiyalarini tashkil etgan usullar va shakllanish vositalari mohiyati 
shundaki, u har qanday ob‘ektlarni boshqarish tizimida, jumladan, mehmonnovozlik 
industriyasi korxonalarida axborotlar oqimini saqlaydi. 
Turizm industriyasiga keyingi ikki-uch o‗n yilliklarda ilmiy-texnika taraqqiyoti 
ulkan ta‘sir o‗tkazdi. Bugungi kunda hatto «mayda» turagentlar yoki turoperatorlarning 
asosiy va yordamchi funksiyalarni avtomatlashtirish uchun hisoblash texniklaridan 
foydalanish imkoniyatiga ega ekanliklarini aytish kifoya. 
Turistik soha zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish uchun ideal ravishda 
moslashgan. Uning uchun qisqa muddatda transport vositalari va nomer fondi 
imkoniyatlari haqida ma‘lumot beruvchi tizim talab qilinadi. Bu tez rezervlar yaratish, 
tuzatishlar kiritish, turistik xizmatlar chog‗ida yordamchi vazifalarni hal etishini 
ta‘minlaydi. Bunday avtomatlashtirish vositalari vaqtni, ortiqcha harajatlarni tejaydi. 
Masalan, chipta, biletlar olish, hisob va yo‗l ko‗rsatkichlar tayyorlash, axborot 
ma‘lumotnomasi va hisob-kitobni ta‘minlash shular jumlasidandir. 
Hozirgi vaqtda kompyuter tizimidagi u yoki bu ma‘lumotlarni olish turagentlar 
uchun hamisha ochiq. Ular bundan alohida ish rejimida foydalanishlari, yoki axborotlarni 
ishlashning telekommunikatsiya vositalari tarmoqlarini qo‗llab kontagentlar bilan 
hamkorlik qilishlari mumkin. 
Turoperatorlik tizimi turfirma faoliyatida turmahsulotlarni shakllantirish, 
iste‘molchilarga sotishni avtomatlashtirish uchun mo‗ljalangan. Hozirgi vaqtda bir necha 
tipda amaldagi dastur-texnik tizim ma‘lum, ularni texnologik – topoligik asosda shartli 
ravishda uch klassga bo‗lish mumkin: 
1. Bir-biriga ulangan hisoblash tarmoqlarida yaratilgan tizimlar, ular turistik firma 
bo‗linmalari faoliyatini ta‘minlaydi. Bir binoda joylashgan, axborot kanallaridan 
foydalangan holda ularning avtomatlashtirishsiz tashqi o‗zaro harakatini ta‘minlaydi. 
Qurilmaning tarmoqli varianti bir paytning o‗zida turli avtomatlashtirilgan ishchi joyidan 
bir nechta foydalanuvchilarni markaziy bazaga murojaat qilish (yoki bazalarga, jumladan, 
turmahsulotlarni yozish bilan) iga mo‗ljallangan. 
Ma‘lumotlar bazasi markaziy yetarli darajada quvvatni tarmoq mashinasi–serverda 
joylashgan. Foydalanuvchilarning avtomatlashtirilgan ish o‗rinlaridan uni bilan bemalol 
ulana olishi tarmoq standart ta‘minoti to‗plamiga kirgan tarmoq uskunalari va tarmoq 
matematikasi yordamida ta‘minlanadi. Qobiq sifatida universal SUBD dan foydalaniladi
2) 1-punktda yozilgan, programma komplekslarini o‗z ichiga olgan tizimlar, 
ammo unda qo‗shimcha ravishda turoperatorning paket rejimida kommutirlashgan yoki 
alohida ajratilgan kanallari yoki turagentlar tomonidan turistik mahsulotni realizatsiya 
qilish uchun modem aloqasi amalga oshirilgan, alohida hollarda xizmatlarni yetkazib 
beruvchi boshqa rayonlar (regionlar) bilan ulanish mumkin; 
3) amaldagi foydalanishda bo‗lgan yoki yangi tashkil qilingan global 
telekommunikatsiya tarmoqlaridagi turoperatorlik tizimlari. Bu holda u yoki bu firma 
turmahsuloti haqidagi asosiy fayllar (ma‘lumotlar bazasi) global tarmoq (tugun) axborot 
markazlarida joylashtiriladi va tarmoqdan barcha foydalanuvchilar uchun onlayn rejimida 
ularni olisga uzatish imkonini beradi. 
Turfirmalarda kompyuter tizimlari bajaradigan ishlariga qarab, uch klassga 
bo‗linadi: 
1.Mijozlar buyurtmalari bajarilishini amalga oshiradigan asosiy texnologik 
tizimlar. Bu tizimda operator rezervlashtirilgan bosh kompyuter tizimiga kirish 
evaziga harakat qiladi; 
2.Yordamchi tizimlar – turfirma funksiyalarining avtomatlashgan xizmati: 


94 
3.Hujjatlar – hisoblar, vaucherlar, biletlar va yo‗l ko‗rsatkichlar, shuningdek bosh 
kompyuter va transport tizimlari bilan o‗zaro hisob-kitoblarni shakllantiradi; 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin