12.3.Turizmda Internet texnologiyalar.
Turistik biznesda Internet qo‗llanilishini harakterlab, bir necha yo‗nalishlarni
ajratish mumkin. Birinchi – o‗z xizmatlarini bozorda o‗tkazish uchun makondan
mohirona foydalanish. Internetda reklama tobora ommaviylashib borayapti, yirik
turoperatorlar va kichik turagentliklar Web-sahifalari va shaxsiy serverlar bilan faol kirib
borishayapti. Olis mamlakatlar, ekzotik sayohatlar va turistik xizmatlarga narxlar haqida
axborotlarni istalgan qidiruv tizimi orqali topish mumkin. Misol uchun, (http: WWW.
rambler.ru) – juda ommaviy qidiruv tizimi. «Turizm» so‗roviga 4,5 mingdan ziyod noyob
ma‘lumot bera oladi.
Ammo boy ko‗rinish tanlovi aldamchi, ko‗pchilik sahifalar foydalanuvi uchun
unchalik qiziqarli bo‗lib chiqmaydi va juda nari borsa taklif qilinayotgan mamlakatlar
ruyxatini va idoralar telefonlarinigina beradi, xolos. Saytni to‗laqonli ma‘lumotlar bilan
98
to‗ldirish va axborotlarni muntazam yangilanishini ta‘minlash o‗z shaxsiy serverlarni va
qimmatbaho xizmat ko‗rsatish imkoniyatiga ega yirik firmalarninggina qo‗lidan keladi.
Ishonchli aloqani ta‘minlashga qodir, ma‘lumotlarni yuqori tezlikda uzatish, odatdagi
aloqa vositalariga nisbatan harajatlarni kamaytirishda yangi telekommunikatsion tizim
imkoniyati nihoyatda katta, Internet turfirmalarini nafaqat reklama vositasi sifatida jalb
etadi, balki filiallar va agentliklar bilan o‗zaro harakatini tashkil qilishda ham noyob
usuldir. Yirik turoperatorlarga har kuni yuzlab turagentliklar bilan aloqada bo‗lib turishga
to‗g‗ri keladi, ba‘zan ular turli mamlakatlardan bo‗lishadi. Shu nuqtai nazardan ham
Internetning bahosi yo‗qdir. Butun Internetda deyarli barcha yetakchilik qilayotgan
turoperatorlarning mahoratli vakillarini aniqlash mumkin.
Internetning rivojlanishi dunyoda turistik biznesni shunchalik tez sur‘atda
o‗zgartirayaptiki, ko‗pchilik turfirmalar yangi texnologiyalar bilan tanishishga zo‗rg‗a
ulgurishmoqda. Elektron tijoratdan olinadigan foyda hali oxirigacha tahlil qilib
ko‗rilmagan bo‗lsada, ayrim mutaxassislar turfirmalarni elektron texnologiyaga jalb etish
ayniqsa AQSH va G‗arbiy Yevropada yuqori sur‘atlarda boryotganiga shubha bilan
qarashmoqda. Bir Internet uning biznesini qanday qilib samarali qilishi mumkinligini
uylab boshi qotgan, boshqasi esa plyus Butunjahon turidan allaqachon foydalanmoqda.
Shubha yo‗q, Internetda o‗z saytini ochgan va Internet – tizimidan bronlashtirishda
foydalanayotgan kompaniyalar o‗z mijozlari va turagentliklar bilan oldingina nisbatan
samaraliroq o‗zaro hamkorlik qilishmoqda.
Amalda har bir to‗laqonli funksional sayt o‗zini avtomatlashtirilgan axborot
texnologiyalari tizimi (SAIT) sifatida namoyon qiladi, ular tarmoqqa tashrif buyuruvchi
foydalanuvchilar uchun ham, mazkur saytni ushlab turgan turistik korxonalar xodimlari
uchun ham mo‗ljallangan.
SAIT yaratish uchun olib borilayotgan ishlar ko‗p vaqt va amalga oshirish
murakkabligi shundaki, bunday tizimi tegishli turkorxonalar (turfirmalar) kompleks
boshqaruv avtomatlashtirilgan tizimiga qo‗shilgan bo‗lishi kerak va o‗zining ma‘lumotlar
bazasi yordamida uning ko‗psonli sohalari faoliyatini ta‘minlashi lozim.
SAIT asosiy tizim osti bo‗limlari quyidagilar hisoblanadi:
kompyuter texnik infrastrukturasi va tizimli, dasturli, ta‘minotli tarmoq
uskunalari;
ma‘lumotlar bazalari boshqaruv tizimi (SUBD);
SAIT funksional xosligini qo‗llab-quvvatlash uchun dastur ta‘minoti.;
axborot-lingvistik
ta‘minot. Sanalgan elementlar o‗zaro mustahkam
bog‗langan va SAIT realizatsiyasi jarayonida parallel ravishda yaratilishi shart.
Bunday tizimlar loyihalash, ishlab chiqish va amalga oshirishda birinchi
navbatdagi vazifa sifatida quyidagi 10 bosqichni taklif qilish mumkin:
1. Tizimlarning strategik vazifalari loyihasi va konseptual modelini tayyorlash –
faoliyat bosh yo‗nalishini belgilovchi (ayniqsa marketing strategiyasi va turistik yo‗nalish
taraqqiyoti) va firma aniq ehtiyoji, shuningdek resurs ta‘minoti sostavi, qisqacha
hujjatlar.
2. Asosiy sheriklar bilan konsultatsiya o‗tkazish (masalan, tashuvchilar,
turoperatorlar, sayr-tomosha va tadbir uyushtiruvchilar vakillari, telekompaniyalar, kredit
kartalari bo‗yicha xizmat ko‗rsatuvchi kompaniyalar bilan), aksiyadorlar va shaxslar
bilan loyihani amalga oshirish yuzasidan ishonchli qo‗llab-quvvatlashga erishish firmalar
butun faoliyatiga ta‘sir etuvchi katta pul harajatlari va vaqt yo‗qotishlarga barham berish.
3. Foydalanuvchilar talablarini qondirish uchun zarur xizmatlar loyihasini
tayyorlash. Shu maqsadga kelgusi faoliyat rejalari va SAYT ta‘minlashi lozim bo‗lgan
99
vazifalarni o‗ylab topishi lozim. Sistemalar funksional darajasini va har bir funksiyaning
yo‗nalishlarini aniqlash zarur.
4. Bozorda mavjud tizimlar tadqiqotlarini o‗tkazish, so‗rovlarni ularga
foydalanuvchilarga zarur namunaviy xizmatlar xususiyatlarini qo‗shib ishlab
chiqaruvchiga jo‗natish.
5. Strategik ishlar ustidagi ishlarni yakunlash, tadqiqotlar natijalarini
umumlashtirish, agar zarur bo‗lsa, mutaxassislar maslahatlari, funksioanl spesifik variant
uzil-kesil ishlanmalari va texnik-iqtisodiy asoslangan biznes-rejani, qo‗shilgan moliyaviy
va moddiy harajatlarni, daromadlarni, boshqa zarur ko‗rsatkichlarni hisob-kitob qilish.
6. Konkurs o‗tkazish va takliflarni baholash.
7. Axborotlarni ichiga olgan arxitektura va topalogiya tarmog‗i texnik spesifik
so‗rovi va yetkazib berish kelishuvi.
8. Loyihani amalga oshirish haqida uzil-kesil qaror qabul qilinishidan oldin
harajatlar va ishlarni hisobga olgan holda texnik-iqtisodiy asoslangan tahlil.
9. Muhim ahamiyatga ega pozitsiyalarni ichiga olgan, asosiy yetkazib beruvchi
bilan birgalikda tayyorlangan loyihani amalga oshirish grafigini ishlab chiqish. U nafaqat
elektron uskunalarni montaj qilinishini, balki turistik korxona (turfirma)lar faoliyatining
barcha hajmini qamrab olishi kerak.
10. Loyihani amalga oshirishni nazorat qilish bo‗yicha guruhlar tuzish va loyiha
menejerini tayinlash. Shuni unutmaslik kerakki, elektron tijorat elektron segmentlardan
ko‗proq ko‗zga tashlanadigan qismlardan biri, haqiqatdan ko‗p aspektlarga ega. Bu
agentliklar va mijozlarni yanada keng qamrab oladi, menejment tarmoqlaridan keng
foydalanadi. Sotish bo‗limlarini yangi, unumdorroq ish darajasiga o‗tkazadi. Olis
boshqaruv tizimi ishlarini yo‗lga qo‗yadi. Turli darajadagi menejmentlarni bog‗laydi,
hisob-kitoblar tizimiga o‗zgartirishlar kiritadi. Eng yaxshi takliflar bilan provayderlar
topadi. Mijozlar servis sohalarini kengaytiradi. Mijozlar ma‘lumotlari bazasi bilan faol
ish olib boradi. Agentlar tarmog‗ini samarali boshqaruvini ta‘minlaydi va boshqa ko‗plab
ishlarni amalga oshiradi.
Turistik industriya korxonalari o‗z mahsulotlarini Internet orqali sotish va
marketingning potensial imkoniyatlarini tez baholadilar. Bu ayniqsa aviakompaniyalar va
mehmonxonalarga taaluqli. Ular global mahsulotlarni iste‘molchilarga ko‗proq o‗z
mamlakatlaridan tashqarida ko‗plab regionlarga sotayotganliklarini fahmladilar.
Internet bu maqsadlar uchun ideal vositalar taqdim etadi, negaki uning xizmatlari
bahosi global va mahalliy bozorlarda bir xil. An‘anaviy marketing operatsiyalari
byudjetlari bevosita geografik qamrovga proporsional (bosish va tarqatish qiymati
ko‗payishi evaziga), Internet uchun esa geografik omillarning ahamiyati yo‗q: uning
xizmatlari bahosi Web – saytlarga qancha odam tashrif buyurganiga bog‗liq emas. Shuni
ta‘kidlash kerakki, odam tashrif buyurganiga bog‗liq emas. Shuni ta‘kidlash kerakki,
Internetning multmediya vositalari turizm va sayohatni olg‗a harakatlanishiga beqiyos
imkoniyatlar eshigini ochadi.
Har qanday kompaniya Web – saytga ega bo‗la turib, uning resurslariga murojaat
qiluvchi shaxs turagent yoki potensial sayyoh bo‗lishini istaydi. Ammo ularni Internetda
qiziquvchilardan farqlash oson emas.
Indivudial va ish yuzasidan safarga jo‗nayotganlar uchun muhimi narx emas, tez
ko‗rsatiladigan sifatli xizmatdir. Shuning uchun ham tegishli turagentlar Internet-
texnologiyalarni egallash uchun raqobatni avj oldiradilar. Bunday agentliklar mijozlari va
menejerlari tursaytlar bo‗yicha tinimsiz «Sayohat» qiladilar. Ko‗pchilik rossiyaliklar hali
100
Internetda o‗z kredit kartochkalaridan foydalanishga qo‗rqadilar, oshirish uchun
turagentliklarga murojaat qiladilar.
Internetda turistik industriyaning minglab kompaniyalari xususiy sektorlari
ishtirok etadi. Ular bu tejamli taqsimlash kanali dunyodagi barcha iste‘molchilarga
ishonch hosil qiladilar.
Eng mashhur qidiruv direktoriyasi – Vohoo! shuni nazarda tutish kerakki, bu
direktoriya redaktorlari uning sahifalariga tushadigan saytlarga nisbatan saylov siyosatini
o‗tkazadilar. Tarmoqda Vohoo! ruyxatidagiga qaraganda turisttik saytlar ancha ko‗p.
Turistik industriyaga taaluqli bo‗lgan Web – saytlar umumiy sonining sanog‗iga yetish
qiyin. Lekin, ular 250 mingga yaqinligini tusmollash mumkin.
Internet – texnologiya turizmni rivojlantirishda ulkan qiziqish uyg‗otadi. U
quyidagi imkoniyatlarga ega:
axborotlar va mahsulotlar taklifini dunyo bo‗yicha nisbatan arzon narxda
ko‗proq odamlarga yetkazadi;
an‘anaviy matbuot nashrlariga nisbatan ancha yuqori sifatli axborotlarni
taqdim etadi;
iste‘molchilarga mahsulotlarni yengilroq va oddiy usullarga bronlashtirishni
ta‘minlaydi;
ishlab chiqarish va axborot tarqatishda katta tejamkorlik beradi.
Turistik bozor ishtirokchisi portal hisoblanadi (ixtisoslashgan SAYT, tematikani
belgilash bo‗yicha katta ma‘lumotlar bazasiga ega). Uni Internetda ishlovchi tashkilot
qo‗llab-quvvatlaydi va yuz minglab yoki hatto millionlab foydalanuvchilar uchun onlayn
texnologiyasi darvozasi bo‗lib hisoblanadi. Portalni qidiruv deriktoriyasi, dastur
mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yoki TV kanali taqdim etishi mumkin. Kompaniya nima
bilan shug‗ullanmasin muhimi iste‘molchi uning xizmatidan foydalansin, unga ishonsin.
Kompaniyaning ishonchli nufuzi uning mahsulotlariga, jumladan, turistik mahsulotlariga
ishonch tug‗diradi.
Internet portali – bu birinchi sayt unga foydalanuvchi tarmoqqa kirishda tashrif
buyuradi. Brauzer tarmog‗ining dastur ta‘minoti uy –sahifasi deb atalgan sahifani
yaratish imkonini beradi. Bu Web –sayt bo‗yicha avtomatik jimlik foydalanuvchi onlayn
rejimiga chiqishda displey ekranida paydo bo‗ladi. Har bir portalning vazifasi o‗z uy
sahifasini shakllantirish. Internet xizmati provayderi bilan shartnoma imzolab,
iste‘molchi dastur ta‘minot oladi, tugmacha bosilishi bilan avtomatik tarzda uy sahifasi
paydo bo‗ladi, mohiyatan bu pravayder Web –saytidir. Ayrim ko‗proq mashhur portallar
provayderlar hisoblanadi, masalan, AOL yoki ―Compu Serve‖, lekin Excite Hotbot kabi
qidiruv direktoriyalari yoki yangiliklar sayti CNN ham portal bo‗lishlari mumkin.
Foydalanuvchilar ishonchini qozonish uchun ko‗pchilik portallar o‗z xohishiga ko‗ra
bo‗limlar tanlab uy sahifalari mazmunini almashtirish imkonini taklif qiladilar.
Dostları ilə paylaş: |