O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


Turizmda o‘ziga xos xavf-xatar omillari



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/123
tarix14.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#177539
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Turizmda o‘ziga xos xavf-xatar omillari: 

turistik korxona yoki marshrut joylashgan hududda tabiiy va texnogen ofatlar 
ro‗y berishi, shuningdek favqulodda holatlar (shu jumladan turistlarga xizmat 
ko‗rsatiluvchi hududda jamoat tartibining holati bilan bog‗liq bo‗lgan 
favqulodda vaziyatlar) yuzaga kelishi mumkinligi; 

foydalanilayotgan moddiy-texnik baza ob‘ektlari (turistik mehmonxonalar, 
bazalar, kempinglar, arqon yo‗llari va ko‗targichlar, turistik trassalar, har xil 
transport vositalari va h.k.)ning texnik holati; 

joyning murakkab relefi (daryo ostonalari, tog‗ yonbag‗irlari, trassalarning 
qoyali, muzli uchastkalari va h.k.); 

xizmat ko‗rsatuvchi xodimlar (instruktorlar, ekskursiyachilar va h.k.)ning kasbiy 
tayyorgarligi darajasi; 

ma‘lum turga va murakkablik toifasiga mansub marshrut bo‗ylab 
harakatlanishga turistlarni tayyorlash (yo‗l-yo‗riq ko‗rsatish, jihozlash va h.k.); 

axborot bilan ta‘minlash (gidrometeorologik prognozlar, turistik marshrutlar 
trassalarini tamg‗alash) bilan bog‗liq. 
Turistik korxona turistlarning xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha normativ hujjatlar 
to‗plamiga ega bo‗lishi va o‗z faoliyatida ularga amal qilishi lozim. Bu unga turistlarga 
xizmat ko‗rsatish bilan bog‗liq ko‗pgina jiddiy muammolarni hal qilish imkonini beradi.
Turistik mehmonxonalar, bazalar va kempinglarda yashash xavfsizligi


turistlarga xizmat ko‗rsatish ob‘ektlarini loyihalash va qurish chog‗ida qurilish 
normalari va qoidalarining talablariga; 

binolar, inshootlar va qurilmalardan texnik foydalanish xavfsizligining normativ 
hujjatlar bilan belgilangan talablariga rioya etish; 

amaldagi normativlarga muvofiq texnik jihozlash; 

turistlarning 
shaxsiy 
xavfsizligini 
va 
ularning 
mol-mulki 
asralishini 
kafolatlovchi chora-tadbirlarni amalga oshirish yo‗li bilan ta‘minlanadi.
Bundan tashqari, turistlarning hayoti va sog‗lig‗ini ta‘minlash maqsadida, oziq-
ovqat mahsulotlarini saqlash, transportda tashish va tayyorlash bo‗yicha normativ 
hujjatlarda belgilangan talablarga rioya etilishi lozim. Ayrim ma‘lumotlarga qaraganda, 
dunyo bo‗yicha barcha turistlarning o‗rta hisobda 3% ga yaqini oziq-ovqatdan 
zaharlanish oqibatida sayohatni davom ettirishdan voz kechishga majbur bo‗ladi.
Ekskursiya, safarlar va sayohatlar vaqtida turistlarni transportda tashish muayyan 
transport turlarida (avtomobil, temir yo‗l, havo, suv va boshqa transport vositalarida) 
yo‗lovchilarga xizmat ko‗rsatish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Dunyo 
miqyosida transportda qayd etiladigan baxtsiz hodisalarning o‗ttiz mingtadan ortig‗i chet 
ellik turistlar ob‘ektdan ob‘ektga ketayotgan paytda sodir bo‗ladi. Bunday hodisalar 
jumlasiga aviahalokatlar, temir yo‗l transportining ag‗darilishi, avtohalokatlar (ular 
ayniqsa ko‗p uchraydi) kiradi.
Turistlarga xizmat ko‗rsatishda qo‗llaniladigan turistik anjomlar amaldagi normativ 
hujjatlarning talablariga javob berishi kerak. Eskirgan anjomlardan foydalanish 
turistlarning shikastlanishiga, ba‘zan hatto o‗limiga ham sabab bo‗ladi.
Har bir turistik korxonada favqulodda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, yong‗inlar va h.k.) 
vaqtida xodimlarning harakatlari rejasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‗lishi shart. 
Mazkur rejalarda qutqarish ishlarida qatnashuvchi mahalliy boshqaruv organlari bilan 


90 
o‗zaro aloqa tartibi nazarda tutiladi. Turistik korxona rahbari favqulodda vaziyatlar 
chog‗ida harakat qilishga xodimlarning tayyorligi uchun javobgar bo‗ladi. Shu bois 
turistik firma Favqulodda vaziyatlar bo‗yicha vazirlik bo‗limlari, qutqarish va tibbiyot 
xizmatlari, huquqiy targ‗ibot organlari bilan muntazam aloqa qilib turishi kerak.
Bundan tashqari, turistik korxonalar har bir muayyan xizmatning xavf-xatarli 
jihatlari va ularning oldini olish choralari bilan turistlarni tanishtirishlari shart. 
Turistlarning hayoti va sog‗lig‗ini saqlash uchun zarur axborot ularga oldindan, dam 
olish boshlangunga qadar hamda xizmat ko‗rsatish jarayonida berilishi lozim. Turistik 
trassadagi tabiiy qiyinchiliklarni, turistning zarur jismoniy tayyorgarligi darajasini, 
shaxsiy anjomlarning xususiyatlarini tavsiflovchi ma‘lumotlar reklama-axborot 
materiallarida hamda turistik yo‗llanmaga ilova qilingan axborot varag‗ining matnida 
ifodalangan bo‗lishi kerak.
Turistik xizmatlarga qo‗yilgan talablarning bajarilishi ustidan nazorat davlat 
boshqaruv organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amaldagi normativ 
hujjatlarga muvofiq, ko‗pincha turli usullardan foydalanish, xususan: 

vizual nazorat usulidan foydalanish (ob‘ektni – uning intereri, uskunalari, 
anjomlari va shu kabilarni ko‗zdan kechirish) orqali; 

analitik nazorat usulidan foydalanish (hujjatlarni – brakeraj daftarlari, 
xodimlarning sanitariya daftarchalari va boshqa hujjatlarni tahlildan o‗tkazish) 
orqali; 

tibbiy nazorat usulidan foydalanish (xodimlarni tibbik ko‗rikdan o‗tkazish, 
sanitariya-epidemiologiya analizlari o‗tkazish) orqali; 

instrumental nazorat usulidan foydalanish (suvning, havoning sifatini aniqlash, 
uskunalarning texnik holati va ish rejimini tekshirish) orqali; 

sotsiologik nazorat usulidan foydalanish (turistlar va xizmat ko‗rsatuvchi 
xodimlar o‗rtasida so‗rov o‗tkazish) orqali amalga oshiriladi.
Nazorat mavsum boshida, turistik korxona va trassaning foydalanishga tayyorligini 
tekshirish chog‗ida, shuningdek joriy tekshiruvlar jarayonida amalga oshiriladi. Turistlar 
xavfsizligini ta‘minlashning joriy tekshiruvlari binolar, inshootlar, transport vositalari, 
uskunalar, asbob-anjomlarni texnik ko‗rikdan (sinovdan) o‗tkazish, ovqat tayyorlash, 
oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va transportda tashish shart-sharoitlari va muddatlarini 
tekshirish, safarga chiqishga turistlarning tayyorligini tekshirish rejalari va grafiklariga 
muvofiq o‗tkaziladi.

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin