90
o‗zaro aloqa tartibi nazarda tutiladi. Turistik korxona rahbari favqulodda vaziyatlar
chog‗ida harakat qilishga xodimlarning tayyorligi uchun javobgar bo‗ladi. Shu bois
turistik firma Favqulodda vaziyatlar bo‗yicha vazirlik bo‗limlari, qutqarish va tibbiyot
xizmatlari, huquqiy targ‗ibot organlari bilan muntazam aloqa qilib turishi kerak.
Bundan tashqari, turistik korxonalar har bir muayyan xizmatning xavf-xatarli
jihatlari va ularning oldini olish choralari bilan turistlarni tanishtirishlari shart.
Turistlarning hayoti va sog‗lig‗ini saqlash uchun zarur axborot ularga oldindan, dam
olish boshlangunga qadar hamda xizmat ko‗rsatish jarayonida berilishi lozim. Turistik
trassadagi tabiiy qiyinchiliklarni, turistning zarur jismoniy tayyorgarligi darajasini,
shaxsiy anjomlarning xususiyatlarini tavsiflovchi ma‘lumotlar reklama-axborot
materiallarida hamda turistik yo‗llanmaga ilova qilingan axborot varag‗ining matnida
ifodalangan bo‗lishi kerak.
Turistik xizmatlarga qo‗yilgan talablarning bajarilishi ustidan nazorat davlat
boshqaruv organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amaldagi normativ
hujjatlarga muvofiq, ko‗pincha turli usullardan foydalanish, xususan:
vizual nazorat usulidan foydalanish (ob‘ektni – uning intereri, uskunalari,
anjomlari va shu kabilarni ko‗zdan kechirish) orqali;
analitik nazorat usulidan foydalanish (hujjatlarni – brakeraj daftarlari,
xodimlarning sanitariya daftarchalari va boshqa hujjatlarni tahlildan o‗tkazish)
orqali;
tibbiy nazorat usulidan foydalanish (xodimlarni tibbik ko‗rikdan o‗tkazish,
sanitariya-epidemiologiya analizlari o‗tkazish) orqali;
instrumental nazorat usulidan foydalanish (suvning, havoning sifatini aniqlash,
uskunalarning texnik holati va ish rejimini tekshirish) orqali;
sotsiologik nazorat usulidan foydalanish (turistlar va xizmat ko‗rsatuvchi
xodimlar o‗rtasida so‗rov o‗tkazish) orqali amalga oshiriladi.
Nazorat mavsum boshida, turistik korxona va trassaning foydalanishga tayyorligini
tekshirish chog‗ida, shuningdek joriy tekshiruvlar jarayonida amalga oshiriladi. Turistlar
xavfsizligini ta‘minlashning joriy tekshiruvlari binolar, inshootlar, transport vositalari,
uskunalar, asbob-anjomlarni texnik ko‗rikdan (sinovdan) o‗tkazish, ovqat tayyorlash,
oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va transportda tashish shart-sharoitlari va muddatlarini
tekshirish, safarga chiqishga turistlarning tayyorligini tekshirish rejalari va grafiklariga
muvofiq o‗tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: