O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


Sayohatning xavfsizligi deganda turistlarning shaxsiy xavfsizligini, ularga



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/123
tarix14.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#177539
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Sayohatning xavfsizligi deganda turistlarning shaxsiy xavfsizligini, ularga 
tegishli mol-mulkning butligini ta’minlash hamda sayohat qilish paytida atrof muhitga 
zarar yetkazmaslik tushuniladi. 
Turistning xavfsizligini ta‘minlash – turistik xizmat 
ko‗rsatishning muhim tarkibiy qismidir. 
Turistning xavfsizligi davlat siyosatiga, firmalar – turagentlar va turoperatorlar 
tomonidan ko‗rilayotgan chora-tadbirlarga, shuningdek turistning xatti-harakatlariga 
bevosita bog‗liq. Jumladan, O‗zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq, turist shaxsiy 
xavfsizlik, o‗z huquqlarining himoya qilinishi, shuningdek o‗z mol-mulkining asralishi
shoshilinch tibbiy yordam olish, sayohatga taalluqli to‗liq va ishonchli axborot olish 
huquqiga ega. Tabiiyki, sayohat paytida turist o‗zi bo‗lib turgan mamlakatning qonun 
hujjatlariga rioya etib, uning urf-odatlari, an‘analari va diniy rasm-rusumlarini hurmat 
qilibgina qolmasdan, shaxsiy xavfsizlik qoidalariga ham amal qilishi shart. Statistika 
ma‘lumotlariga qaraganda, islom davlatlarida turist bilan aholi o‗rtasida sodir bo‗luvchi 
barcha mojarolarning 31 foizi mamlakatning milliy urf-odatlaridan turistning bexabarligi 
hamda xulq-atvor qoidalari turist tomonidan buzilishi natijasida kelib chiqadi.
Turistlar bo‗lib turgan mamlakatda ularning xavfsizligiga tahdid to‗g‗risida axborot 
milliy turistik ma‘muriyat, turagentlar va turoperatorlar tomonidan berilishi lozim. 
Bundan tashqari, xalqaro amaliyot shuni ko‗rsatadiki, bir qancha hukumatlar jahonning 
muayyan mamlakatlari yoki mintaqalariga tashrif buyurish yuzasidan, shu jumladan o‗z 
davlatlariga tashrif buyuruvchi chet elliklar uchun ham tegishli tavsiyalar chiqaradi.
Turistik faoliyatning xavfsizligiga qo‗yiladigan talablar universal bo‗lib, dunyoning 
barcha mamlakatlarida amal qiladi. Bu talablar bajarilmagan taqdirda, turistik firma 
turistik mahsulotni xalqaro va ichki bozorlarda taklif etish va muayyan haridorlarga 
sotishdan bosh tortishi mumkin. Turistik xizmatlar ko‗rsatish paytida odatdagi 
sharoitlarda ham, favqulodda vaziyatlar (tabiiy ofatlar va sh.k.) sharoitida ham 
turistlarning hayoti va sog‗lig‗i uchun xavf-xatarlarning oqilona darajasi ta‘minlanishi 
lozim. Lekin bunda shuni yodda tutish kerakki, turistik-ekskuriya xizmatlari ko‗rsatish 
chog‗ida insonning hayoti va sog‗lig‗iga xavf-xatarlar: 
- xavf-xatar manbalari mavjud bo‗lgan;
- mazkur manba inson uchun xavfli darajada namoyon bo‗lgan; 
- inson xavf-xatar manbaiga ta‘sirchan bo‗lgan hollarda yuzaga keladi.
Turizmdagi 
zararli omillar
(xavf-xatar omillari)ni quyidagicha tasniflash mumkin: 

jarohatlanish xavfi; 

atrof muhitning nojo‗ya ta‘siri; 

yong‗in xavfi; 

nojo‗ya biologik ta‘sirlar; 

psixofiziologik yuklanishlar; 

nurlanish xavfi; 

kimyoviy ta‘sirlar;

kuchli changlanish va gazlanish


89 

boshqa omillar; 

o‗ziga xos xavf-xatar omillari.

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin