91
-
turistlarning sayohatlar, safarlar, musobaqalar,
boshqa turistik tadbirlarga
tayyorgarligi ustidan nazoratni amalga oshirishlari;
- falokatga uchragan turistlarga tezkor yordam ko‗rsatishlari;
- avtomobil, tog‗, chang‗i,
velosiped, suv, mototsikl, piyoda safar, g‗or
turizmi va
turizmning boshqa maxsus turlarini tashkil etish va o‗tkazishda xavfsizlikning alohida
talablarini ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari shart».
Xuddi shu moddada belgilab qo‗yilganki, turistik sayohatlarni turistlar
harakatlanishining faol shakllaridan foydalangan holda tashkil
etishga ixtisoslashgan
turistik faoliyat sub‘ektlari turistlarning xavfsizligini ta‘minlash, ekstremal vaziyatlarda
ularga yordam ko‗rsatish va ularni himoya qilish maqsadida xizmat ko‗rsatishni ko‗zlab
qidiruv-qutqaruv xizmatlari bilan shartnomalar tuzadilar.
Bundan tashqari, turistlar xavfsizligini saqlashning
shartnoma bajarilmagan yoki
lozim darajada bajarilmagan taqdirda moddiy zararning to‗lanishi, shuningdek ma‘naviy
ziyonning o‗rni qoplanishi huquqi (14-modda) singari shakli ham mavjud.
Hozirda O‗zbekistonda turistik marshrutlar endigina sertifikatlashtirilmoqda. Shu
bois turistlar taklif etilayotgan marshrut xavfsizlik nuqtai nazaridan qay ahvolda
ekanligidan xabardor bo‗lishlari lozim. Xorijiy turfirmalar taklif etayotgan va
O‗zbekistonda amalga oshirilayotgan turistik mahsulotlarni
tekshirish ham muhim
ahamiyatga ega. O‗zbekiston turistik firmalarining vakillari marshrutlarning xavfsizligini
nafaqat narigi taraf qonun hujjatlari, balki o‗z milliy qonun hujjatlari normalari nuqtai
nazaridan ham tekshirishlari lozim.
Chunonchi, Gobi cho‗li bo‗ylab sayohat chog‗ida
ichish uchun taklif etiluvchi suv Mo‗g‗uliston sanitariya talablariga javob bergani holda,
O‗zbekiston standartlariga javob bermasligi, buning oqibatida o‗zbek turistlarining
sog‗lig‗i xavf ostida qolishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: