92
XII.Mavzu.Turoperatorlik xizmatlarini tashkil etishda axborot texnologiyalari
Reja:
12.1.Turizmda axborot texnologiyalari turlari va ularning mohiyati.
12.2.Kompyuter tizimida o‗rinlarni bronlashtirish.
12.3.Turizmda Internet texnologiyalar.
11.2.Turizmda axborot texnologiyalari turlari va axborotlar mohiyati.
Axborot taraqqiyotining uzoq o‗tmish yo‗li avvaliga nozik materiya darajasida,
keyinchalik esa jonli tabiat sharoitida sifat jihatidan yangi ko‗rinishdagi ijtimoiy
axborotga
olib keldi, belgi sistemasida aks etdi.
Axborot sohasida sub‘ekt ko‗p rollarda namoyon bo‗ladi: iste‘molchi, tashuvchi,
saqlovchi va axborot tarqatuvchi, shuningdek uni ishlab chiqaruvchi (generator) sifatida
ko‗rinadi. Shuning uchun axborot sohasi bir tomondan, individning ongiga bog‗liq
bo‗lmagan holda shakllanadi, ikkinchi tomondan esa, uning ta‘sirida o‗zgaradi.
Bugungi kunda to‗planib borayotgan barcha axborot oqimlarini qayta ishlash
uchun mo‗ljallangan maxsus dastur – apparatlar majmuasini yaratish «axborot
portlashini» talab qilishini isbotlashga hojat bo‗lmasa kerak. Bu majmua o‗z ichiga
yig‗ish, saqlash, qayta ishlash va katta ko‗lamli ma‘lumotlar berishni qamrab oladi.
Ma‘lumotlar va hujjatlarni boshqarish uchun zarur avtomatlashtirish ishlarini bajaradi.
Biroq ijtimoiy faoliyatning turli sohalarida joriy etilayotgan
amaliy axborotlar maslahat
tizimi har xil vazifani hal etayapti: biri ishlab chiqarishda, boshqasi tibbiyotda, uninchisi
ijtimoiy, madaniy servisda, turizm va h.k.larda.
Axborotlar tushunchasida eng muhim narsa – tegishli manba va iste‘molchiga
ma‘lumot yetkazish, maqsadga yo‗naltirilgan tizimida aloqa o‗rnatish hisoblanadi.
Axborotlar – qat‘iy taqsimlangan, shov-shuvdan xoli, o‗z egasigacha yetkazilgan
ma‘lumotlardir. Bu ma‘lumotni olganlar uni tahlil qilishi, o‗z maqsadlariga muvofiq
tegishli qarorlar qabul qilishda foydalanishlari mumkin.
Axborot nazariyasiga kelsak, u aloqa kanallari bo‗yicha
axborot uzatish
qonuniyatlarini o‗rganadi. Lekin yana o‗sha turli tabiatdagi tizimlarda o‗rganadi. Axborot
nazariyasida axborotlarning o‗lchov birligi va usuli belgilangan, uning miqdoriy tahliliga
asos berilgan. Informatikada bularning biri ijtimoiy boshqaruv va ilmiy asoslangan ong
texnologik tizimlarda qurilishi uchun foydalaniladi. Axborotlarning nazariyasi tarkibiy
jihatdan axborot jarayonlariga bo‗linadi: qabul qilish, uzatish, kodlash, kodni ochish,
xotirlash, saqlash, chiqarib olish, yetkazib berish, axborotlarni akslantirish va h.k.
Informatika boshqaruvining texnologik yumushlari sifatida bu elementlarni yuzaga
chiqaradi.
Misol uchun, kodlashtirishning prinsiplaridan biri – axborotlarni shovqindan
tozalash va ortiqcha ma‘lumotlardan xoli qilish. Bu tamoilni boshqaruvda qo‗llab, uning
yangi ratsional rezervlarini yuzaga chiqarish mumkin.
Masalan, mehmonxonada turganda, qaysi kunda, qaysi geografik manzilda mijoz
o‗zining dunyoga kelganligidan baxtiyor bo‗lganini yozish shartmi? familiyasi va ismi,
bobosining nomi yozilgandan keyin jinsini ko‗rsatish nimaga kerak? Bularga o‗xshash
minglab misollar keltirish mumkin, ularning har biri arzimas narsadek tuyuladi. Ammo
bu yerda ko‗p sonli qonuni amal qiladi. Arzimasgina bo‗lib tuyulgan bitta ma‘lumotnoma
yoki hujjatdagi ortiqcha grafa jamiyatdan katta miqdorda vaqtni olishi,
boshqaruv
bo‗g‗inida to‗xtab qolishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
93
Axborot texnologiyalarini tashkil etgan usullar va shakllanish vositalari mohiyati
shundaki, u har qanday ob‘ektlarni boshqarish tizimida, jumladan, mehmonnovozlik
industriyasi korxonalarida axborotlar oqimini saqlaydi.
Turizm industriyasiga keyingi ikki-uch o‗n yilliklarda ilmiy-texnika taraqqiyoti
ulkan ta‘sir o‗tkazdi. Bugungi kunda hatto «mayda» turagentlar yoki turoperatorlarning
asosiy va yordamchi funksiyalarni avtomatlashtirish uchun hisoblash texniklaridan
foydalanish imkoniyatiga ega ekanliklarini aytish kifoya.
Turistik soha zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish uchun ideal ravishda
moslashgan. Uning uchun qisqa muddatda transport
vositalari va nomer fondi
imkoniyatlari haqida ma‘lumot beruvchi tizim talab qilinadi. Bu tez rezervlar yaratish,
tuzatishlar kiritish, turistik xizmatlar chog‗ida yordamchi vazifalarni hal etishini
ta‘minlaydi. Bunday avtomatlashtirish vositalari vaqtni, ortiqcha harajatlarni tejaydi.
Masalan, chipta, biletlar olish, hisob va yo‗l ko‗rsatkichlar tayyorlash, axborot
ma‘lumotnomasi va hisob-kitobni ta‘minlash shular jumlasidandir.
Hozirgi vaqtda kompyuter tizimidagi u yoki bu ma‘lumotlarni
olish turagentlar
uchun hamisha ochiq. Ular bundan alohida ish rejimida foydalanishlari, yoki axborotlarni
ishlashning telekommunikatsiya vositalari tarmoqlarini qo‗llab kontagentlar bilan
hamkorlik qilishlari mumkin.
Turoperatorlik tizimi turfirma faoliyatida turmahsulotlarni shakllantirish,
iste‘molchilarga sotishni avtomatlashtirish uchun mo‗ljalangan. Hozirgi vaqtda bir necha
tipda amaldagi dastur-texnik tizim ma‘lum, ularni texnologik – topoligik asosda shartli
ravishda uch klassga bo‗lish mumkin:
1. Bir-biriga ulangan hisoblash tarmoqlarida yaratilgan tizimlar, ular turistik firma
bo‗linmalari faoliyatini ta‘minlaydi. Bir binoda joylashgan, axborot kanallaridan
foydalangan holda ularning avtomatlashtirishsiz tashqi o‗zaro harakatini ta‘minlaydi.
Qurilmaning tarmoqli varianti bir paytning o‗zida turli avtomatlashtirilgan ishchi joyidan
bir nechta foydalanuvchilarni markaziy bazaga murojaat qilish (yoki bazalarga, jumladan,
turmahsulotlarni yozish bilan) iga mo‗ljallangan.
Ma‘lumotlar bazasi markaziy yetarli darajada quvvatni tarmoq mashinasi–serverda
joylashgan. Foydalanuvchilarning avtomatlashtirilgan ish o‗rinlaridan uni bilan bemalol
ulana olishi tarmoq standart ta‘minoti to‗plamiga kirgan tarmoq uskunalari va tarmoq
matematikasi yordamida ta‘minlanadi. Qobiq sifatida universal
SUBD dan foydalaniladi;
2) 1-punktda yozilgan, programma komplekslarini o‗z ichiga olgan tizimlar,
ammo unda qo‗shimcha ravishda turoperatorning paket rejimida kommutirlashgan yoki
alohida ajratilgan kanallari yoki turagentlar tomonidan turistik mahsulotni realizatsiya
qilish uchun modem aloqasi amalga oshirilgan, alohida hollarda xizmatlarni yetkazib
beruvchi boshqa rayonlar (regionlar) bilan ulanish mumkin;
3) amaldagi foydalanishda bo‗lgan yoki yangi
tashkil qilingan global
telekommunikatsiya tarmoqlaridagi turoperatorlik tizimlari. Bu holda u yoki bu firma
turmahsuloti haqidagi asosiy fayllar (ma‘lumotlar bazasi) global tarmoq (tugun) axborot
markazlarida joylashtiriladi va tarmoqdan barcha foydalanuvchilar uchun onlayn rejimida
ularni olisga uzatish imkonini beradi.
Turfirmalarda kompyuter tizimlari bajaradigan ishlariga qarab, uch klassga
bo‗linadi:
1.Mijozlar buyurtmalari bajarilishini amalga oshiradigan asosiy texnologik
tizimlar. Bu tizimda operator rezervlashtirilgan bosh kompyuter tizimiga kirish
evaziga harakat qiladi;
2.Yordamchi tizimlar – turfirma funksiyalarining avtomatlashgan xizmati:
94
3.Hujjatlar – hisoblar, vaucherlar, biletlar va yo‗l ko‗rsatkichlar, shuningdek bosh
kompyuter va transport tizimlari bilan o‗zaro hisob-kitoblarni shakllantiradi;
Dostları ilə paylaş: