O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/123
tarix14.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#177539
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

 
Tayanch so‘z va iboralar

axborot, axborot texnologiyasi, informatika, 
ma‘lumotlar bazasi, kompyuter tizimlari, bronlashtirish, «Amadeus» tizimi, «Galilieo» 
tizimi, Internet, turizmda internet. 
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar: 
1.Axborot texnologiyalari turlari va ularning mohiyatini tushuntiring. 
2.Turizmda axborot texnologiyalari ahamiyati. 
3.Kompyuter tizimida o‗rinlarni bronlashtirish qanday amalga oshiriladi. 
4.Internet texnologiyalari haqida tushuncha bering. 
5.Turizmda Internet texnologiyalarining o‗rni. 
XIII.Mavzu.Turistik mahsulotlarni sotishning asosiy shakllari 
 
Reja: 
13.1.Turistik xizmatlarni sotish kanallarini shakllantirish. 
13.2. Turistik mahsulotni taqsimlash samaradorligi. 
13.3.Turmahsulotni hisoblash jarayoni. 
13.4. Sotish bo‗yicha hamkorlarni tanlash. 
13.1.Turistik xizmatlarni sotish kanallarini shakllantirish. 
 
Firmaning muvafaqiyatli faoliyat ko‗rsatishi, nafaqatgina ishlab chiqarilgan 
mahsulotga bog‗liq bo‗ladi. Sifatli tovar ishlab chiqarishning o‗zigina kifoya qilmaydi, u 
o‗z iste‘molchisini ham topishi zarur. Mahsulotni potensial iste‘molchi bilan uchrashuvi 
uni joriy qilishning muhim sharti bo‗lib hisoblanadi. Shuning uchun ko‗pgina ishlab 
chiqaruvchilar sotishning shaxsiy kanallarini shakllantirib o‗z tovarlarini vositachilar 
orqali bozorga chiqaradi. 
Sotish kanali (yoki distribyutsiya kanali) – bu firma yoki alohida shaxslarning 
(vositachilarning) yig‗indisi bo‗lib, konkret tovar yoki xizmatlarning mulkchilik huquqini 
ishlab chiqaruvchidan iste‘molchigacha uzatishda boshqa shaxsga yoki o‗z zimmasiga 
olishga yordam beradi, shu tarzda ishlab chiqaruvchiga tijorat faoliyatining normal 
jarayonini ta‘minlaydi. 
Boshqacha so‗z bilan aytganda, sotish kanali – bu tovar ishlab chiqaruvchidan 
iste‘molchiga tomon harakatlanadigan yo‗l bo‗lib hisoblanadi. Shu tufayli tovar va 
xizmatlar uni harid qilishni istovchilardan ajratib turuvchi vaqt birligida, joy va 
mulkchilik huquqini uzoq uzilishlarni bartaraf etadi. 
Turistik xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan to so‗ngi istemolchigacha bo‗lgan 
harakatlanish jarayoni bevosita emas, ko‗p hollarda uning bevosita kontaktini ko‗zda
to‗tmaydi. Zamonaviy turistik bozor vositachilik bo‗g‗inining kattagina miqdori bilan 
tavsiflanadi, ularsiz turistik tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilari oddiygina normal 
faoliyat ko‗rsata olmaydi. Vositachilar ishlab chiqaruvchilar va iste‘molchilar o‗rtasidagi
oraliq holatni egallaydi, hamda tovar harakati jarayoni, bozor xo‗jaligini 
almashtirilmaydigan muhim elementi bo‗lib hisoblanadi. 


103 
Turistik bozorda ishlab chiqaruvchi va iste‘molchi o‗rtasidagi hududiy noumumiylik
mavjud. Shu sababli potensial iste‘molchilar bilan aloqalar faqatgina o‗ziga xos
vositachilik tashkilotlari turoperatorlar va turagent orqaligina mumkin bo‗ladi. Turistik 
bozorda ishlab chiqaruvchilar bo‗lib, ishlab chiqarish, servis, madaniy tashkilotlar 
shulardan mehmonxonalar, restoranlar, muzeylar, ko‗rgazma, transport kompaniyalari, 
sport muassaslari va h.k. hisoblanadi. 
Turizmda vositachilar bir necha ishlab chiqaruvchilar xizmatini joriy qiladi. Turistik 
xizmatlarni siljitish jarayonida turoperatorning turistik mahsuloti deb nomlanadi va 
sotish kanallari orqali iste‘molchiga yetkaziladi. Turistik bozorda turistik mahsulot va 
xizmatlarni joriy qilish bevosita iste‘molchiga bitta yoxud bir nechta vositachilarni o‗z 
ichiga oluvchi sotish kanallari orqali amalga oshiriladi. Mazkur holatga yaqqol misol 
bo‗lib joylashtirish bo‗yicha o‗z xizmatlarini ko‗p sonli turfirmalar orqali amalga 
oshiruvchi, hamda ularga bevosita murojaat qilgan turistlarga turagentlik vositachilarini 
chetlab o‗tgan xizmat ko‗rsatuvchi mehmonxonalarni olishimiz mumkin. Shunga 
qaramasdan ko‗pgina ishlab chiqaruvchilar o‗zlari yetkazib berib, vositachilar roli va 
funksiyasini o‗zlari bajaradilar. Turizmda savdo vositachilardan foydalanish va sotish 
kanallarini shakllantirish istisno tariqasida emas, balki qoida bo‗lib hisoblanadi. 
O‗zining tadbirkorligi spesifikasi bo‗yicha malakali turoperator turmahsulotni 
yaratadi, o‗z turlarining umumiy bosh katalogini chop etadi, turlarning ulgurji savdosini 
olib boradi va sotilgan turlarda turistlarga xizmat ko‗rsatishni ta‘minlaydi. Qoida 
bo‗yicha turlarni bevosita iste‘molchilarning o‗ziga sotish turoperatorning asosiy vazifasi 
hisoblanmaydi. Biroq, har bir korxona o‗z mahsulotlarining pirovard sotilishidan 
manfaatdordir. Shu sababli, turoperatorlik firmasi faoliyatining ahamiyatli yo‗nalishi 
turmahsulotlarining sotilishini ta‘minlashdir. Bu vazifa esa turmahsulotni ishlab 
chiqaruvchidan potensial iste‘molchiga qadar yetkazib beradigan sotish tarmoqlari 
zimmasiga yuklatiladi. 
Sotish tarmoqlarini shakllantirish, sotish bo‗yicha istiqbolli hamkorlarni izlash, 
ularning ish sifatlarini o‗rganish, bitimlar tuzish va hamkorlikni takomillashtirish 
bo‗yicha vazifalarni o‗z ichiga oladi. 
Sotishlarning har qanday shakli va ko‗rinishida hamma vaqt har biri ingliz 
alfavitining «R» harfi bilan boshlanadigan yetti marketing tadbirlari ketma-ketligiga 
rioya qilish zarur. Bular quyidagilardir: "mahsulot" (product), "rejalashtirish" (planning), 
"joy" (plase), "odamlar" (people), "narxlar" (prices), "siljitish" (promotion), «jarayon» 
(process). Ya‘ni, bu firma faoliyatining strategik rejalashtirilishi asosida ishlab chiqilgan, 
kerakli joyda taklif qilingan, ma‘lum iste‘molchilar segmentiga adresli yo‗naltirilgan, 
ma‘qul standardagi, to‗g‗ri taqdim qilingan va sifatli xizmat ko‗rsatish bilan sotilgan 
mahsulotdir. 
product 
-----------► 
Tur mahsulot (tur)
planning 
-----------► 
Talab asosida rejalashtirilgan
plase
-----------► 
Kerakli joyda taklif etilgan
people
-----------►
Ma’lum iste’molchilar segmendga taklif 
etilgan 
prices 
-----------►
Ma’qul narxlarda 
promotion
-----------► 
To‘g‘ri taqdim qilingan va realizatsiya
qilingan 
process
-----------►
Sifatli bajarilgan xizmat ko‘rsatish bilan
Turistik tashkilotlar amaliy ortida sotish kanallaiini shakllantirishning ikki 
yo‗nalish ajratiladi: 
tashqi (xorijiy
) va 
ichki 
kanallar. 


104 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin