O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/123
tarix14.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#177539
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Web –sayt xususiyatlari
. Internet foydalanuvchidan yuksak darajada ma‘suliyat 
talab etuvchi vosita hisoblanadi. Agar Web –saytda aniq struktura yetishmasa, xavf 
paydo bo‗ldi, tashrif buyuruvchi esankirab qoladi va uni tark etadi. Shuning uchun Web –
sayt biz aytib o‗tganimizdek, foydalanishda qulay va tushunarli bo‗lishi kerak. Buning 
uchun u ma‘lum xususiyatlarga ega bo‗lishi lozim. Barcha muvaffaqiyatli saytlar u yoki 
bu darajada ana shunday xususiyatlarga ega:

har bir sahifada uy sahifasiga tayanilish o‗tkaziladi. Bu ichki aloqa va ko‗p 
sahifaga ega katta saytlar uchun ayniqsa muhim. Har bir sahifasiga tayanish 
foydalanuvchiga boshlang‗ich nuqtaga qaytish imkonini beradi, agar u istasa 
saytning boshqa bo‗limidan axborot olishi mumkin

saytning asosiy bo‗limlari ruyxati har bir sahifada mavjud. Bu uy sahifasiga 
tayanilgandan keyin navbatdagi qadam, u foydalanuvchiga ko‗p vaqtni 
tejashga yordam beradi. Foydalanuvchi bo‗limlar ruyxatidan foydalanib, har 
safar boshlang‗ich nuqtaga qaytib yurmasdan, darhol kerakli bo‗limga tushadi. 
Bunday xizmatni kiritilishi saytdan foydalanishni juda yengillashtiradi; 

qidiruv vositasining mavjudligi va vaqtni tejaydi, foydalanuvchiga kerakli 
so‗zlarni topish imkonini beradi va unda Web –saytda kerakli axborot borligiga 
ishonch hosil qildiradi. Bu foydalanuvchi spesifik axborot izlaganida yana ham 
maqsadga muvofiq; 

bir necha tillardan foydalanish. Web –saytga ular uchun ingliz tili ona tili 
bo‗lmagan tobora ko‗proq odmlar murojaat qilmoqda. Shuning uchun, sayt 
sahifalarida uch-to‗rt tilda o‗qish imkoniyatiga ega bo‗lishi juda muhim. 
Ko‗p sonli Web –saytlarni o‗rganish natijasida saytlar mazmunning quyidagi 
mezonlarini taklif etish mumkin: 

uy sahifalari ko‗proq axborotlar bilan to‗ldirilgan va tashqi ko‗rinishidan 
diqqatni tortadigan bo‗lishi kerak. U sayt mazmunida ko‗rsatilishi va turistik 
markazlarning ijobiy tomonlarini shakllantirishi zarur; 

sayt sahifalari tartibli saqlanishi lozim, axborotlar esa muntazam yangilanadi; 

sayt sahifalari strukturasi oddiy va tushunarli bo‗lishiga e‘tibor berish kerak
axborotlar esa qiziqarli va olish uchun qulay bo‗lsin; 

foydalanuvchi saytda o‗zi uchun kerakli axborotni topishga ishonch hosil 
qilishi va uni oson topishi uchun shart-sharoit yaratilgan bo‗lishi zarur; agar 
sayt barcha zarur axborotlarga ega bo‗lmasa, u boshqa tegishli saytlarga 
tayanishi kerak; 

saytlar imkoniyat darajasida interfaol bo‗lmog‗i lozim. 


102 

saytlar navigatsiya va axborotlar qidirish (masalan, indekslar samarali tizimi
har bir sayt sahifadan uy sahifasiga bevosita chiqish, qidiruv tizimi, elektron 
pochta, fotogoleriya) tizimiga kirish imkoniyatiga ega bo‗lishi lozim. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin