6-chizma.Turoperator va turagentlikning turistik bozordagi o„rni
Ammo biroq ulgurji turoperator va chakana turagentlik funksiyalarini hamma vaqt
ham aniq chegaralab bo‗lmaydi, negaki unisi ham, bunisi ham ulgurji, ham chakana
operatsiyalarni bajarishi mumkin. Turoperatorlar ko‗pincha o‗z turlarini chakana sotish
uchun xususiy agentliklar tashkil qiladilar.
Turagentlik katta talab mavjud chog‗ida o‗z navbatida uncha katta bo‗lmagan
ulgurji operatsiyalarni zimmasiga olishi mumkin.
Tayanch so‘z va iboralar
:
tur, xalqaro tur, qabul qilish bo‗yicha turoperator,
yo‗nalish bo‗yicha turoperator, agent bitimi, turlar narxi, turistik agentliklar ish
texnologiyasi, turistik firma.
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:
1. Xalqaro turlarni tashkil etishning xususiyatlari nimadan iborat.
2. Turistik agentliklar ish texnologiyasi va funksiyalari nimalardan iborat.
3. Turistik safarlarni tashkil etishda turistik firmalarning o‗rni va roli qanday.
4. Turoperator va turagentlikning turistik bozordagi o‗rni qanday amalga oshadi.
82
XI.Mavzu.Turoperatorlik xizmatlarida turistlar xavfsizligini ta‟minlash
Reja:
11.1.Turistlar xavfsizligini va ularni himoya qilishni qonun yo‗li bilan ta‘minlash.
11.2.Turizmda xavfsizlikning xalqaro-huquqiy jihatlari.
11.3.Xavfsizlik sohasidagi ayrim turistik tushunchalarni standartlashtirish.
11.4.O‗zbekiston Respublikasining turizm xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlari.
11.1.Turistlar xavfsizligini va ularni himoya qilishni qonun yo„li bilan
ta‟minlash.
O‗z-o‗zidan ayonki, turizm samarali faoliyat ko‗rsatishi va rivojlanishi uchun
milliy va xalqaro sayohatchilar va dam oluvchilarning hamda ularga tegishli mol-
mulkning xavfsizligini, shuningdek turistik faoliyat ob‘ektlarining xavfsizligini
ta‘minlash va ularni himoya qilish zarur. Xo‗sh, bunga qanday erishish mumkin? Jahon
turistik tashkiloti ekspertlari buning quyidagi yo‗llarini taklif etadilar:
sayohatchilar va dam oluvchilarning xavfsizligini ta‘minlash qoidalarini ishlab
chiqish va amalga joriy etish;
jamoatchilikka axborot berish;
shu jumladan favqulodda vaziyatlarda turistlarning xavfsizligi bilan bog‗liq
muammolarni hal qilishning institutsiyaviy negizini vujudga keltirish;
ikki tomonlama, mintaqaviy, submintaqaviy, mintaqalararo miqyosda va jahon
miqyosida xalqaro hamkorlik.
Ayni vaqtda, turistlarning xavfsizligini ta‘minlash, shuningdek turistik ahamiyatga
molik joylarda xizmat ko‗rsatish sifatining yuqori darajada bo‗lishiga erishishni boshqa
ijtimoiy yoki milliy manfaatlardan, xususan, qabul qiluvchi mamlakat hamda butun atrof
muhit manfaatlaridan ajratish mumkin emas. O‗z-o‗zidan ayonki, turizm hamda
turistlarni himoya qilish sohasida xavfsizlik qoidalarini ishlab chiqish va amalga joriy
etishda tashrif buyuruvchilar bilan qabul qiluvchilar manfaatlarining mushtarakligini
ta‘minlash zarur. Gap shundaki, turizm mamlakatga fohishabozlik, qulfurushlik,
kontrabanda, madaniy konfrontatsiya singari salbiy hodisalarni ham olib kirishi mumkin.
qolaversa, o‗zi tashrif buyurgan mamlakatda jinoiy unsurlarga to‗qnash kelgan, tibbiy
yordam olish, davlat organlarining himoyasiga umid qilish imkoniyatiga ega bo‗lmagan
turist og‗ir ahvolda qolishi mumkin.
Ekspertlar qayd etishicha, turistlarning xavfsizligini ta‘minlash va turizm sohasida
himoya turistik ahamiyatga molik mamlakatda yoki joyda ko‗plab qoida va qarorlar bilan
bog‗liq bo‗lib, ular nafaqat turistik faoliyat ma‘muriyati tomonidan, balki turli iqtisodiy
va ijtimoiy tarmoqlarda, xususan:
sog‗liqni saqlash;
jamoat tartibi (politsiya, bojxona, chegara xizmati);
moliya (soliq xizmati, banklar);
savdo va maishiy xizmat;
transport;
energetika, kommunikatsiyalar;
atrof muhitni muhofaza qilish;
aholini ish bilan ta‘minlash va hududni rivojlantirish sohalarida faoliyat
ko‗rsatuvchi boshqa bir qancha ma‘muriy organlar tomonidan ham bajarilishi
lozim.
83
Mazkur jarayonda xususiy sektorning ishtirok etishi ham muhim ahamiyatga ega.
Zotan, dunyo bo‗yicha tashkil etiladigan barcha safarlar va tashriflarning kamida 7
10
qismi xususiy sektorga to‗g‗ri keladi. Tabiiyki, alohida ehtiyot choralari bu miqyosda
ham ko‗rilishi lozim. Turistik firmalar o‗zlari tashkil etuvchi turlarda sayohatchilarning
xavfsizligini ta‘minlash talablarini bajarishdan bo‗yin tovlamasliklari kerak. O‗zbekiston
Respublikasining «Turizm to‗g‗risida»gi qonuni 10-moddasiga binoan, «turistik
xizmatlar majburiy sertifikatlashtirilishi lozim. Turistik faoliyat sub‘ektining turistik
xizmatlarni majburiy sertifikatlashtirishdan bosh tortishi, turistik xizmatlarni
sertifikatlashtirishning natijasi salbiy bo‗lishi, shuningdek sertifikatning amal qilishini
bekor qilish turistik faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning amal
qilishini to‗xtatib qo‗yishga yoki litsenziyadan mahrum qilishga sabab bo‗ladi». Ya‘ni
har qanday turning barcha xavfsizlik parametrlari tekshirib ko‗rilishi kerak, aks holda u
turistik bozorda amalga oshirilish mumkin emas. Ba‘zi bir ma‘lumotlarga qaraganda,
turistlar to‗qnash keladigan har xil muammolar ko‗pincha ular sayohatning muayyan
shart-sharoitlari, xususan, mamlakat, yashash, ovqatlanish xususiyatlari, chet elliklarga
mahalliy aholining munosabati haqida oldindan ogohlantirilmaganligi bilan bog‗liq.
Vaholanki, turist sayohatga taalluqli to‗liq va ishonchli axborot olish, shaxsiy xavfsizlik,
o‗z huquqlarining himoya qilinishi, shuningdek o‗z mol-mulkining asralishi huquqiga
ega (14-modda). Boz ustiga, qonunning 17-moddasiga muvofiq, turistik firma
«turistlarga turni tashkil qilish, ularning huquqlari va majburiyatlari to‗g‗risida to‗liq
axborot berishi shart».
Shunga qaramay, mavjud qonunlar va qarorlarga amal qilmaslik, shuningdek
ularning nomukammalligi turistik faoliyat sohasida jiddiy muammolarni yuzaga
keltirmoqdaki, ularni hal qilish uchun turizm masalalari bilan shug‗ullanuvchi shaxslar
turizmda xavfsizlik masalasiga global miqyosda va surunkali asosda katta mas‘uliyat
bilan, faol yondashishlari talab etiladi. Ayrim tadqiqotlarga qaraganda, turistlarning
xavfsizligi bilan bog‗liq muammolar har 10 holatdan 4 tasida xavfsizlik uchun mas‘ul
organlar o‗z vazifalarini bajarmasligi oqibatida kelib chiqadi. Yuqorida zikr etilgan
qonunning 15-moddasiga binoan, turist bojxona va chegara nazorati qoidalariga, borilgan
mamlakatning qonun hujjatlari talablariga rioya etishi shart. Agar u mazkur qoidalarni
buzgudek bo‗lsa, o‗z shaxsiy xavfsizligini xavf ostida qoldiradi. Boshqa tomondan,
qonunning 18-moddasiga muvofiq, «O‗zbekiston Respublikasi hududida turistlarning
xavfsizligi davlat tomonidan kafolatlanadi. Turizm sohasidagi vakolatli davlat organi
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda turistlarning himoya qilinishini hamda
xavfsizligini ta‘minlash dasturini ishlab chiqadi va uning bajarilishini tashkil etadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari turizm sohasida barcha turistik yo‗nalishlar
bo‗yicha turistlarning himoya qilinishini va xavfsizligini ta‘minlash mintaqaviy
dasturlarini ishlab chiqadilar va ularning bajarilishini tashkil etadilar». Bu mazkur
muammoga davlat alohida ahamiyat berishini ko‗rsatadi.
Turistlarni terroristik aktlardan va umuman jinoiy qilmishlardan himoya qilishga,
shuningdek turistlarning iste‘molchi sifatidagi huquqlarini himoya qilish, ularning
sog‗lig‗ini saqlash va atrof muhitni muhofaza qilishga alohida e‘tibor berish lozim.
O‗z-o‗zidan ayonki, turistlarning hamda turistik ob‘ektlarning xavfsizligini
ta‘minlash va ularni himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari hamisha jinoyatchilik va
zo‗rlik ishlatishni bartaraf etishga, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilish va
saqlashga (ayniqsa, turistik faoliyat hududida) yo‗naltirilgan boshqa barcha qonun
hujjatlariga bog‗lab ishlab chiqilishi va qo‗llanilishi lozim. Masalan, O‗zbekistonda
turizm bilan bog‗liq faoliyat nafaqat turizm to‗g‗risidagi qonun bilan, balki alohida
84
qo‗riqlanadigan tabiiy hududlar, o‗rmon, korxonalar, tashqi iqtisodiy faoliyat, reklama,
ommaviy axborot vositalari, iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish to‗g‗risidagi
qonunlar, muayyan xizmatlarga belgilangan davlat standartlari, shuningdek Jinoyat,
Soliq, Bojxona kodekslari bilan ham tartibga solinadi. Ayrim baholashlarga qaraganda,
O‗zbekistonda turizm faoliyati sohasida ellikka yaqin yuridik hujjatlar, shu jumladan
qonunlar va hukumat qarorlari amal qiladi.
Bundan tashqari, Jahon turistik tashkiloti o‗z hujjatlarida boshqa mamlakatlarga
turistlarning xavfsizligini ta‘minlash va ularni himoya qilish sohasidagi milliy
siyosatning tarkibiy qismi sifatida, ayniqsa, turistik faoliyat hududida, masalan,
epidemiyalar, terroristik aktlarni amalga oshirish xavfi, shuningdek sayohatchilar va
ularning mol-mulkiga qarshi jiddiy va ko‗p sonli jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan
tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari bilan shug‗ullanuvchi maxsus organ
tuzishni tavsiya etadi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish idoralararo
kengashi O‗zbekistondagi mana shunday tashkilot hisoblanadi. Mazkur Kengash
tarkibiga «O‗zbekturizm» Milliy kompaniyasi (milliy turistik ma‘muriyat huquqida),
Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat Bojxona qo‗mitasi,
Davlat Soliq qo‗mitasi, Sog‗liqni saqlash vazirligi va boshqa idoralarning vakillari kiradi.
Bundan tashqari, turistlar to‗qnash kelishi mumkin bo‗lgan asosiy xavf-xatarlar
(kasallik, o‗g‗rilik, repatriatsiya)dan ularni sug‗urtalashni ta‘minlash, xususan, bu
sohadagi kelishuvlarni, ayniqsa, sug‗urta kompaniyalari, barcha turistik korxonalar va
boshqa manfaatdor tomonlar (aholi, hokimiyat organlari) o‗rtasidagi kelishuvlarni
rag‗batlantirish uchun zarur barcha chora-tadbirlarni ko‗rish lozim.
Dostları ilə paylaş: |