turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari
10.3. Turistik safarlarni tashkil etishda turistik firmalarning o„rni va roli. Barcha sayohatlar xoh ichki, xoh xalqaro turizmda bo‗lsin, uyushtirilgan va
uyushtirilmagan sifatida baholanadi. Turistik firmalar vositachiligi yoki yordamida
xorijga yoki o‗z mamlakatiga individual va guruh bo‗lib sayohat qilish
uyushtirilgan turizm hisoblanadi.
Individual yoki guruh bo‗lib o‗z mamlakati yoki xorijga ishtirokchilarning o‗zlari
tomonidan tashkil etilgan sayohat esa uyushtirilmagan turizm hisoblanadi. Odatda
turizmning bu kategoriyasiga nisbatan «havaskor turizm» (oddiy tilda «Yovvoyilar»)
degan atama qo‗llaniladi.
Uyushtirilgan va uyushtirilmagan turizm maxsus statistikasi milliy va xalqaro
masshtabda yurgizilmaydi, ammo ekspertlar bahosi bo‗yicha jahon turizmi umumiy
hajmiga uyushtirilgan turizmning 35 % ga yaqin, uyushtirilmagan turizmning 65 % ga
yaqin ulushlari to‗g‗ri keladi.
Uyushtirilgan sayohat ulushi hozircha uyushtirilmagan safarlardan ancha orqada
qolayotgan bo‗lsada, mutloq raqamlarda uyushtirilgan turizm ko‗psonli oqimlarni tashkil
qiladi va yildan yilga ortib borayapti.
Turistik firma – yig‗ma tushuncha. Uning zamirida tadbirkorlik tarkibi, turistik
xizmatlar oldi-sotdisi sohasida tijoriy asoslarda vositachilik operatsiyalari bilan
shug‗ullanuvchilar tushuniladi. Turistik firmaning o‗zi turistik xizmatlar ishlab
chiqarmaydi. U buning uchun zarur ishlab chiqarish vositalariga ega emas. Shuning
uchun u sof vositachilik vazifasini bajaradi va ist‘molchi topshirig‗I bilan ishlab
chiqaruvchilardan har xil turistik xizmatlarni sotib oladi (mehmonxona, transport
ovqatlanish korxonalari va sayr tomoshalar va boshq.). Turistik firma ist‘molchi va
turistik xizmatlar ishlab chiqaruvchi o‗rtasida vositachi o‗rnini egallaydi, bu quyidagi
rasmda ko‗rsatilgan.
Turistik xizmatlar
iste‘molchilari
(sayyohlar )
Turistik firma
Turistik xizmatlar
ishlab chiqaruvchilar