85
turistlarning xavfsizligini ta‘minlash va ularni himoya qilish sohasida o‗z siyosatini
amalga oshirishga ko‗maklashish uchun JTT davlatlarga o‗z siyosiy va ma‘muriy
tizimlari doirasida,
bir tomondan, barcha miqyoslardagi vakolatli departamentlar bilan
hamda, ikkinchi tomondan, mehmonxona
egalarining tashkilotlari, turistik agentliklar,
aviakompaniyalar va turizmda xavfsizlik bilan bog‗liq masalalarni hal qilishdan
manfaatdor bo‗lgan barcha tashkilotlar va organlar
bilan samarali hamkorlikni
rivojlantirishni tavsiya etadi.
Xalqaro tajriba shuni ko‗rsatadiki, yuqorida zikr etilgan tashkilotlar va organlar
o‗rtasida yaxshi aloqa yo‗lga qo‗yilgan bo‗lmasa, turistlar sayohat paytida ma‘lum
muammolarga, shu jumladan jinoiy unsurlar tomonidan turistlar hayoti yoki mol-mulkiga
tajovuz qilish, ayrim tashkilotlar (umumiy ovqatlanish tarmoqlari, joylashtirish vositalari
va h.k.) tomonidan malakasiz xizmatlar ko‗rsatilishi bilan bog‗liq muammolarga to‗qnash
keladilar. O‗zR «Turizm to‗g‗risida»gi qonunining 18-moddasiga muvofiq, «turistik
faoliyat sub‘ektlari turistlarning xavfsizligini ta‘minlash, ular jarohatlanganda,
kasallanganda va boshqa hollarda tibbiy va o‗zga xil yordam ko‗rsatish
yuzasidan aniq
chora-tadbirlar ishlab chiqadilar». Xullas, turistik firmalar marshrutlarning xavfsizligini
qonun tartibida tekshirishlari shart.
Dostları ilə paylaş: