O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/123
tarix14.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#177539
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Sotishning ichki kanallari
- bu, shu mamlakatning ichida turli turistik xizmatlar 
sotadigan (shu mamlakat hududida joylashgan mamlakat fiqorasimi yoki xorijliklarmi
ya‘ni, kimga sotilishidan qat‘iy nazar) filiallar, bo‗linmalar va vositachilik tashkilotlari 
tizimlaridir. 
Sotishning tashqi kanallari
- bu o‗z mamlakatida berilgan mamlakatga 
shartnomaga asosan turistik sayohatlar sotish majburiyatini qabul qilgan xorijiy turistik 
firma-vositachilarning ma‘lum sonidir. 
Marketing strategiyasi ham ichki ham tashqi sotish kanallaridan foydalanishni 
ko‗zda tutadi. Biroq ularning ahamiyati ishlab chiqariladigan xizmatlar harakteriga mos 
ravishda turlicha baholanishi mumkin. Agar turistik tashkilot kompleks xizmat 
ko‗rsatishga maxsuslashgan bo‗lsa, uning sotish mexanizmi asosan xorijiy vositachilarga 
yo‗naltirilgan bo‗lishi lozim. Turizm biznesi gigantlari «Amerikan Ekspress» yoki 
«TomasKuk» kabi xorijiy davlatlarda o‗z agentliklari yoki vakolatxonalarini ochishlari 
mumkin. Ammo boshqa mamlakatlarda o‗z sotish kanallarini yaratish juda katta valyuta 
harajatlari bilan bog‗liq va bunday qaror qabul qilishga faqat yirik firmalargina 
qodirdirlar. O‗z xizmatlarini xorijda sotish uchun o‗rta darajadagi firmalar uchun 
mahalliy bozorda yaxshi pozitsiyaga va bunaqa ishlarda katta tajribaga ega bo‗lgan 
turistik tashkilotlardan foydalanish ko‗p jihatdan foydaliroqdir. 
Tashqi savdo mexanizmini shakllantirishda xorijiy turistik firmalar bilan 
shartnoma va bitimlar asosida hamkorlik munosabatlarini o‗rnatishni anglatadi. Shuning 
uchun ularni o‗rganish bu mexanizmning samarali faoliyat yuritishining ahamiyatli sharti 
hisoblanadi. 
Agar turfirma katta hajmlarda alohida turistik xizmatlar ishlab chiqarsa, shunga 
muvofiq rivojlangan ichki sotish mexanizmiga ham ega bo‗lishi kerak. 
Bozorda turoperator vazifasini ulgurji savdo tashkiloti faoliyati bilan tenglashtirsa 
bo‗ladi: u mehmonxona, transport va turizm industriyasining boshqa korxonalari 
xizmatlarini katta hajmlarda sotib oladi va vositachilar orqali yoki bevosita to‗g‗ridan-
to‗g‗ri iste‘molchilarga sotadigan turlar dasturlarini ishlab chiqadi. 
Turoperatorlik firmalarining ko‗p yillik amaliy faoliyatlarida turmahsulotni 
sotishning turli yo‗llaridan foydalaniladi. 
Ular orasida quyidagilarni ajratishimiz mumkin: 

xususiy sotishlar byurosini tashkil etish (savdo nuqtalari); 

vositachi turagentlik tarmoqlarini tashkil etish; 

yirik tashkilot va korxonalar bilan aloqa o‗rnatish; 

maxsuslashtirilgan magazinlardan foydalanish

pochta orqali turlarni sotish. 
Umumiy qilib aytiladigan bo‗lsa, turmahsulotni sotishni tashkil qilishning ikki 
shakli mavjud: xususiy sotishlar byurosini tashkil etish hamda kontragentlik 
tarmoqlaridan foydalanish. 
Ko‗p firmalarda turmahsulot sotish kanallari kombinatsiyalashgan, ya‘ni, ham 
xususiy sotish bo‗linma va tuzilmalari, ham kontragentlik tarmoqlari mavjud. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin