106
boshqa shaharlik turistlar uchun xorij chiqish punktida mehmonxona
bron qilishda yordam ko‗rsatish;
mijozlardan shikoyatlar qabul qilish.
Kontragentlik tarmog„i.
Turoperatorlarning xorijga turistik yo‗llanmalarni
sotishda vositachilardan (subagentlardan) foydalanish mijozlarni jalb qilishning eng
tarqalgan va samarali usullari hisoblanadi. Turoperator va turagent hamkorligi ikkala
tomonga ham sezilarli foyda keltiradi. Quyidagilar turoperatorga keng va tarmoqli
turagentlik tizimiga ega bo‗lishni ta‘minlaydi:
turistik safarlar sotish hajmini ko‗paytirish;
yangi bozorlarga, shu jumladan, chiqish turizmining
mahalliy bozorlariga
chiqish;
personal ta‘minaminlash uchun, binolarni ijaraga olish va ularni jihozlash uchun
qilinadigan harajatlarni kamaytirish.
Faol harakat qilayotgan turagent - turoperator agentligining tarmoq mohiyatidir.
Turagentning asosiy sifatlari ishonchlilik va haqqoniylik, sotishning turli samarali
shakllaridan foydalana olish, kirishimlilik, personallarning kommunikabelliligi va
xodimlarning yoqimliligi hisoblanadi. Turoperatorlar o‗z turagentliklari bilan doimo ish
olib borishlari kerak -turistik safarlar sharoitlarini o‗rganish, moliyaviy ishlarni olib
borish, bitimlar tuzishning huquqiy asoslarini o‗rganish, sug‗urta qilish bo‗yicha o‗quv
seminarlarini olib borishlari lozim. Ko‗pgina turoperatorlar mavsum boshida yoki oxirida
o‗z agentlari uchun reklama qilinayotgan turlar yo‗nalishlari bo‗yicha RAM-turlar deb
ataladigan tanishtiruv safarlarini o‗z hisobidan tashkil qiladilar.
Turoperatorning
turagent bilan hamkorligi, albatta, agentlik bitimi shakliga ega
bo‗lgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Unda quyidagi asosiy shartlar kelishib
olinadi:
agent o‗z zimmasiga oladigan sotish hajmi. Ko‗p hollarda agent mijozlardan
talabnomalar tushganda va bo‗sh joylar mavjud bo‗lganda turoperator katalogi
bo‗yicha turlarni joriy bron qilish va sotish huquqini oladi. Ba‘zida kelishilgan
shartlar asosida agent zimmasiga oladigan sotish joylarining qat‘iy kvotasi
belgilanishi mumkin;
turning turoperator reklama qilayotgan narxidan yuqori bo‗lmasligi lozim
bo‗lgan narx;
turoperator va turagent orasidagi hisob-kitoblar tartibi va muddatlari;
turagentning komission mukofoti miqdori. Komissionlarni olish tartibi. U har bir
sotilgan tur uchun kelishilgan foiz yoki belgilangan summa ko‗rinishida
belgilanishi mumkin. Odatda, turagent faolligini rag‗batlantirish
maqsadida
rejadagidan oshiqcha sotilgan turlar uchun bonus yoki komission ajratmalar
foizlarining oshishi ko‗rinishiga ega bo‗lgan mukofot to‗lovlarini joriy qilishi
mumkin. Ko‗pincha, turoperatorlar o‗z turagentlarini o‗z turlaridan biriga bepul
turistik yo‗llanma bilan ham rag‗batlantiradilar;
mijozlar talabnomalarini rasmiylashtirish shakli, tartibi va sotib olingan turlar
bo‗yicha to‗lovlarni amalga oshirish;
sotiladigan turlar reklamasida turagent va turoperator qatnashishining xossalari;
oldindan to‗lov amalga oshirilgan turning mijoz tomonidan rad etilishida bekor
qilish, yo‗nalishni o‗zgartirish tartibi, o‗z vaqtida qilinmagan annulyatsiya uchun
sanksiyalar harakteri;
107
agentlik bitimida turoperator va turagentning bir-biri oldida va mijoz oldidagi
javobgarliklari masalalari muhim ahamiyatga ega. Masalan,
turoperator
yo‗nalish, dasturlar, xizmat ko‗rsatish shartlariga rioya qilinishi uchun, Initsiativ
turoperator esa tashuvlar va xorijiy vizalarni rasmiylashtirish uchun javob
beradilar. Turagent turistik safarlar sharoitlari to‗g‗risida mijozlarga to‗liq va
to‗g‗ri ma‘lumot yetkazilishi, ular uchun joylarning to‗g‗ri va o‗z vaqtida bron
qilinishi, tur bo‗yicha to‗lovlarning to‗liq amalga oshirilishi, shuningdek, tur
annulyatsiyasi yoki uni o‗zgartirish shartlariga rioya qilinishi uchun
javobgarlikni o‗z zimmasiga oladi.
Ko‗p hollarda joriy bron qilish shartlari asosida turagent turoperator tomonidan
rejalashtirilgan turlarning sotilishi uchun hech qanday tijoriy majburiyatlarni o‗z
zimmasiga olmaydi. Bu holda barcha xavf turoperator zimmasida bo‗ladi. Agar majburiy
sotishlar kvotasi joriy etilmagan bo‗lsa, turagent faolligi faqat uning o‗zining
moddiy
manfaatdorligi bilan taqiqlanadi (qancha ko‗p tur sotsa, shuncha ko‗p foyda oladi).
Turagentlar uchun qo‗shimcha rag‗batlantirish bo‗lib, ko‗p hollarda komissionlarning
o‗sib borish shartlari xizmat qiladi. Masalan, turagent birinchi sotilgan 10 ta yo‗llanma
uchun 5% miqdorida komissionga ega bo‗lsa, keyingi sotilgan 20 ta yo‗llanma uchun
komission miqdori 7% ga oshadi. Agar 30 ta yo‗llanma sotilgan bo‗lsa, keyingi har bir
sotilgan tur uchun komissiya miqdori tur qiymatining 10% ni tashkil etadi.
Agentlik bitimini imzolashdan oldin uning qatnashchilari o‗z hamkorlarining
ishonchliligiga ishonch hosil qilishlari uchun, ularni o‗rganishlari kerak. Amaliyot shuni
ko‗rsatadiki, turagent, o‗z subagentlaridan yoki bevosita mijozlarning o‗zidan pulni
yig‗ib olib, g‗oyib bo‗lishi mumkin bo‗lgan "soxta" turoperatorga uchrab qolishi
mumkin.
Yoki aksincha, turagent turoperatorning yuqori imidjidan foydalanib, o‗z
mijozlaridan pulni yig‗ib oladilar va g‗oyib bo‗ladilar va shu bilan birga ularni
turoperator bilan o‗zlari muhokama qilib olishlariga majbur qiladilar.
Shunday hollarni oldini olish maqsadida agentlik bitimining har bir qatnashchisi
zarur chora-tadbirlar qabul qilishi lozim. Hamkor turistik korxonaning mazkur faoliyat
bilan shug‗ullanish uchun litsenziyasining mavjudligini tekshirish zarur. Shuningdek,
tijorat xavfi sug‗urtasi masalasini ham kun tartibiga qo‗yish mumkin. Shartnomaning
aniq shartlarini va sug‗urtasining ushbu ko‗rinishi bo‗yicha sug‗urta qoplamasi summasi
individual holda kelishiladi, chunki bu firma ishlaydigan mamlakat, sotishlar hajmi kabi
omillarga bog‗liq bo‗lishi mumkin. Har qanday holda ham professional mas‘uliyatlarni
sug‗urta qilish nafaqat firmaning o‗ziga foydali, balki turfirma ishonchliligining yana bir
dalili bo‗lib xizmat qiladi.
Xalqaro va mamlakatimiz qonunchiligi jiddiy ravishda turoperator va turagentning
iste‘molchilar oldidagi majburiyatlari uchun kafolat beradilar va tartibga solib turadilar.
Turoperator va turagentlarni sertifikatsiyalashning yangi shartlari nomlari keltirilgan
tashkilotlarning turistlar oldidagi majburiyatlari va javobgarliklarining
aniq ajratilishini
nazarda tutadi.
Turmahsulotning vositachi tashkilotlar orqali sotish tizimi sotish kanallari deb
ataladi.
Ba‘zi bunday firmalar nisbatan kichik turoperatorlar tomonidan yaratilgan va
sotish uchun taklif etilgan inklyuziv va pekidj turlarni sotishga maxsuslashgan bo‗ladilar.
Odatda ulgurji-turoperatorlar kichik dilerlardan tashkil topgan o‗z tarmoqlarini
shakllantiradilar. Turlarni sotish bo‗yicha kichik mahalliy agentliklar qancha ko‗p bo‗lsa,
potensial turistga tur haqida ma‘lumot yetkazish va turmahsulotning samarali sotilishini
108
tashkil qilish imkoniyatlari shunchalik ko‗p bo‗ladi. Xalqaro statistika ma‘lumotlariga
ko‗ra, turmahsulotlarning 80% dan ortig‗ini aynan kichik agentliklar sotadilar
Harakteri bo‗yicha turistik firmalar
Dostları ilə paylaş: