O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


Turistik mahsulotni sotishning asosiy shakllari tavsifnomasi



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/123
tarix14.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#177539
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Turistik mahsulotni sotishning asosiy shakllari tavsifnomasi.
Xususiy sotishlar 
byurosi
- bu, turoperatorlik firmasining o‗ziga tegishli bo‗lgan, turlarni sotib oluvchilar 
bilan bevosita ish olib boradigan savdo nuqtalaridir. Bularda haridorlarga sotuvda mavjud 
turlar haqida ma‘lumot beriladi, bron qilish uchun talabnomalar qabul qilinadi, sotish 
shartnomalari tuziladi, to‗lovlar qabul qilinadi, xorijiy vizalarni rasmiylashtirish uchun 
pasportlar qabul qilinadi, turistik hujjatlar rasmiylashtiriladi va beriladi, shikoyatlar 
ko‗rib chiqiladi va hokazo. 


105 
Turoperator o‗z moliyaviy imkoniyatlari va bozordagi operatsiyalari hajmidan 
kelib chiqib, turli joylarda joylashgan bir necha savdo nuqtalariga ega bo‗lishi mumkin. 
Yirik turoperatorlar filiallari nafaqat o‗z mamlakati, balki xorijiy davlatlarda ham 
mavjud. 
Savdo nuqtalari, odatda, shaharning gavjum joylarida, mijozlar uchun qulay, 
odatda, birinchi qavatda joylashgan bo‗ladi. Ko‗cha tomondan firma nomi tushirilgan 
chiroqli, tez ko‗zga tashlanadigan viveska o‗rnatiladi. Yo‗lovchilar diqqatini o‗ziga jalb 
qiladigan, firmaning turli reklama materiallari bilan bezatilgan ko‗cha vitrinasi reklama 
rolini o‗ynaydi. 
Savdo nuqtasining asosiy joyi mijozlar bilan ish olib boriladigan savdo zali 
hisoblanadi. U tashrif buyuruvchilarni kutib olish uchun stollar, qulay stul va kreslolar 
bilan jihozlangan bo‗ladi. Savdo zali ham mijozlarga, ham firma xodimlari uchun qulay 
bo‗lishi lozim. Savdo binolari (maxsus dizayn asosida) yaxshi jihozlangan bo‗lishi kerak. 
Uni turistik plakatlar va boshqa reklama anjomlari bilan bezatish tavsiya etiladi. Shu 
maqsadlarda hamkorlar tomonidan ishlab chiqilgan reklama anjomlardan ham 
foydalanish maqsadga muvofiq bo‗ladi. 
Shuni esda tutish kerakki, mijozlar ko‗pincha firmaning ishonchliligi va 
salmoqliligiga uning sotish byurolari ko‗rinishiga qarab baho beradilar. Shuning uchun, 
ularning tashqi ko‗rinishi va jihozlanishi firma turmahsulotining iste‘mol bozoridagi 
mavqei va reklamasida asosiy hal qiluvchi o‗rinni egallaydi. 
Mijozlarni qabul qiluvchi binodan tashqari turoperatorlarning sotish byurolari, 
hujjatlar bilan tezkor ishlash uchun buxgalteriya, reklama va axborot materiallarini 
saqlash uchun xizmat joylari ham zarur. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin