O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/123
tarix14.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#177539
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

turfirma harajatlari va foydasi
(IaP), 
turetakchining kutib olishi-kuzatishi – 100 dollar. 
Sakkizinchisi, boshqa davlatda turistni tashrif buyurgan barcha kunlari uchun 
ixtisoslashgan 
kompaniyaga sug„urta
to‗lovi (badali) 
(SK) 
– sutkasiga 2 dollar 
miqdorida. 
Shunday qilib, turmahsulot summasi: 
 
OTur = TSer ($980) + SerTr ($30x7 kun) + Acc ($30x 6 kun) + FR ($20x7 
kun) + SerG ($5x7 kun) + TurS ($50) + IaP ($100) + SK ($2x7) = 1709 dollar. 
Shuni hisobga olish zarurki, bu dastlabki narxlardir, biroq, turfirma doimo 
harajatlarni qisqartirishi va aviakompaniyalardan, avtotransport tashkilotlaridan 
mehmonxonalaridan, diqqatga sazovor korxonalardan chegirmalar olishi mumkin. 
Qo‗shimcha xizmatlar mijozning istak-hohishi bo‗yicha kiritilishi mumkin. 
Masalan, turistlar uchun bo‗sh vaqt ajratiladi (harid uchun, mustaqil sayohat uchun va 
h.k.). Bunda Xumsan tog‗larida otda sayr qilish (Bo‗stonliq rayoni), qimizdan tatib 
ko‗rish, Buxoroda hammomga yoki shaxsiy turar joylarga tashrif buyurish, Samarqandda 
– to‗yda yoki tantanali marosimlarda ishtirok etish. Firma bunday madaniy xizmatlarni 
taqdim etuvchi tashkilot va muassasalar bilan olidindan shartnomaga ega bo‗lishi kerak. 
Tabiiyki bunday qo‗shimcha xizmatlar) turmahsulot narxini qimatlashtiradi . 
Turmahsulot o‘z tarkibiga marshrutni batafsil ifodalashni kiritadi. U quyidagicha 
bayon qilinishi mumkin: 
Birinchi kun.
Parijdan Toshkentga uchib kelish (6.05 s.).Mehmonxonaga transfert 
(8.00). Joylashish va dam olish (to 9.30 gacha). Shahar bo‗ylab sayohat (10.00-13.30). 
Restoranda tushlik (13.30-14.30). Ekskursiya yetakchisi hamkorligida madrasalar va 
madaniy markazlarga tashrif (13.30-17.30). Teatrlashtirilgan namoyishda ishtirok etish 
(18.00-19.30). Kechki ovqat (20.00 da). Uyqu yotish/bo‗sh vaqt. 
Ikkinchi kun. 
Nonushta (7.30-8.00). Tarixiy joylarga sayohat (8.00-13.30). Tushlik 
(13.30-14.30). Bo‗sh vaqt (14.30-20.00). Kechki ovqat (20.00-21.00). Uyquga 
yotish/bo‗sh vaqt. 
Uchinchi kun. 
Nonushta (7.30-8.00). Samarqandga jo‗nash (8.00-13.00). Joylashish 
va dam olish (13.00-14.00). Tushlik (14.00-15.00). Shahar bo‗ylab sayr qilish, 
Registondagi teatrlashtirilgan shouda ishtirok etish (15.00-20.00). Kechki ovqat (20.00). 
Uyquga yotish/bo‗sh vaqt. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin