O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/123
tarix14.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#177539
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Tayanch so‘z va iboralar

sotish kanali, sotishning ichki kanallari, sotishning 
tashqi kanallari, xususiy sotishlar byurosi, an‘anaviy turmahsulotni sotish, noan‘anaviy 
turmahsulotni sotish, ulgurji turistik firmalar, chakana turistik firmalar. 
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar: 
 
1.Turmahsulotni sotishning asosiy kanallarini sanab bering. 
2.Sotish kanali nima degani? Turoperator turmahsulotini sotishning bozor kanallari 
ko‗rinishlarini sanab bering. 
3.Turistik mahsulotni sotishning an‘anaviy va noan‘anaviy shakllarini tushuntirib bering. 
4.Sotish bo‗yicha hamkorlarni tanlashda qaysi asosiy jihatlarini hisobga olish zarur? 
5.Potensial hamkorning faoliyat qobiliyati nima degani va uni baholash usullari qanday? 
XIV.Mavzu.Turistik mahsulotlarni reklama qilish 
 
Reja: 
14.1.Turizmda reklamaning ahamiyati. 
14.2.Reklama vositalari yoki reklama tashuvchilarni tanlash. 
14.3.Reklama e‘lonlari uchun to‗lovlar va harajatlarni nazorat qilish. 
 
14.1. Turizmda reklamaning ahamiyati.
Turoperatorlik yo‗nalishidagi deyarli barcha firmalar, albatta, reklama orqali o‗z 
mahsulotlari haqida iste‘molchilarga xabar berish bilan shug‗ullanishadi. Bu turistik 
mahsulot harakatining zarur elementlaridan biridir. 
Reklama - bu turmahsulot va iste‘molchi orasidagi bilvosita aloqa shaklidir. 
Reklamada ommaviy aloqa vositalaridan, ayniqsa, katalog, broshura, afisha kabi nashr 
materiallaridan foydalaniladi. Reklama maqsadi - diqqatni jalb etish, qiziqish uyg‗otish, 
iste‘molchilarga ma‘lumot yetkazish va uni ma‘lum tartibda harakat qilishga majbur 
qilish (masalan, turagent bilan bog‗lanish, qo‗shimcha ma‘lumotlar so‗rab olish va 
hokazo). Turmahsulot ishlab chiqish - bu hali hammasi yetarli degani emas, u o‗z 
mijozini topishligi asosiysidir. Bunda rang-barang bo‗lgan reklama katta rol o‗ynaydi. 
Turizm industriyasida reklamaning ajralib turadigan tomoni uning mahsuloti 
xususiyati bilan aniqlanadi va quyidagicha mazmun kasb etadi: 
• turistik reklama, uning yordamida olg‗a surilayotgan axborotlar to‗g‗riligi va 
aniqligi uchun katta mas‘uliyatga ega; 


119 
• an‘anaviy mahsulotlardan farqli ravishda doimiy sifat, ta‘m, foydalilikka ega 
bo‗lmagan xizmatlar reklamasi, ma‘lumot yetkazish va targ‗ibot kabi vazifalarning 
rivojlanishiga muhtojdir; 
turistik xizmatlar xususiyatlari turistlar qiziqadigan ob‘ektlarni nisbatan to‗laroq 
aks ettiradigan ko‗rsatma vositalaridan foydalanish zaruriyatini ko‗zda tutadi, shuning 
uchun bu yerda, ko‗pincha, fotomateriallar, suratlar, chiroyli izoh mahsulotlaridan 
foydalaniladi; 
• reklama turizmning doimiy yo‗ldoshi hisoblanadi va odamlarga nafaqat 
sayohatgacha, balki sayohat davrida va undan keyin ham xizmat qiladi. Bu unga alohida 
mas‘uliyat yuklaydi va boshqa mahsulot va xizmatlarga xos bo‗lmagan xususiyatlarni 
beradi. 
Turizmda reklamaning tipik maqsadlari quyidagilardir: 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin