O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


Reklama vositalari yoki reklama tashuvchilarni tanlash



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/123
tarix14.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#177539
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

14.2.Reklama vositalari yoki reklama tashuvchilarni tanlash

Bu holda asosiy vazifa nisbatan samarali va tejamli reklama vositasini tanlash 
hisoblanadi. Bunda ma‘lumot manbaasini izchil o‗rganish zarur, ya‘ni iste‘molchilar 
tanlashi mumkin bo‗lgan mamlakat, mintaqa, turistik marka yoki kurort haqidagi 
ma‘lumotlarni qayerdan olish mumkinligini aniqlash kerak.
Reklama vositalari juda ham turli-tuman bo‗lishi mumkin. Turizm reklamasi 
ko‗pincha quyidagi vositalardan foydalanadi: matbuot, televideniye, radio, videoroliklar, 
pochta jo‗natmalari, transport, sotish joylaridagi reklama doskasi, tashqi va suvenir 
reklamalari va hokazo. 


121 
Reklama vositalarini o‗rganish va tanlash auditoriya, tiraj, qamrab olish doirasi, 
takrorlanish darajasi kabi tushunchalar bilan bog‗liq. 
Auditoriya 
- mazkur reklama tashuvchisi reklama axborotini yetkazadigan shaxslar 
guruhi. Auditoriyani baholash kriteriysi, masalan gazeta uchun - ma‘lum vaqt oralig‗ida 
uni ko‗rishi mumkin bo‗lgan odamlar soni hisoblanadi. 
Tiraj
- reklama tashuvchilarning (gazeta, jurnal, spravochniklar va hokazo) 
muntazam chiqariladigan nusxalari miqdori. 
Qamrab olish doirasi
- ma‘lum vaqt oralig‗ida ushbu reklama tashuvchisi bilan 
munosabatda bo‗lgan alohida odamlar yoki oilalar sonidir. Qamrab olish doirasi ma‘lum 
turistik bozorni tashkil qiluvchi barcha odamlar yoki oilalar soniga nisbatan foizlarda 
ifodalanadi. Televideniyeni oladigan bo‗lsak, "qamrab olish doirasi" tushunchasi TV 
bilan 4 hafta mobaynida munosabatda bo‗lgan oilalar sonini bildiradi. 
Takrorlanish darajasi
- ma‘lum vaqt oralig‗ida reklamani joylashtirishning 
ma‘lum grafigi doirasida turli odamlar va oilalarni qamrab olish miqdori. Takrorlanish 
darajasi qanchalik yuqori bo‗lsa, shunchalik o‗zoq vaqt davomida reklama qilinayotgan 
turmahsulot xotirada saqlanib qoladi. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin