123
muddatli tur sotib olsa, unga qo‗shimcha ravishda yana 1 -3 kun bepul xizmat
ko‗rsata
olishi mumkin;
kompleks xizmat ko‗rsatishga ba‘zi bepul qo‗shimcha xizmatlarni qo‗shish
(masalan, disko-klubga, plajga kirish, mini-golf, tennis kortlaridan foydalanish);
firma
tomonidan matbuot, radio va TVda turizm savollari bo‗yicha viktorinalar
o‗tkazish va g‗olib bepul turistik safar ko‗rinishida mukofot bilan taqdirlanadi.
Shunday yo‗l bilan firma qo‗shimcha potensial mijozlar soni diqqatini o‗ziga
jalb qiladi;
firma tomonidan tashkil qilinadigan tur bo‗yicha sayohat qilayotgan turistlarga
bepul firma suvenirlarini (yo‗l
sumkalari, ruchkalar va hokazolar) keng
miqyosda berib chiqish. Urg‗u turistlar nazarida firma mavqeining oshirilishiga
va ularni o‗z doimiy mijozlari qatoriga birlashtirishga beriladi;
firmaning
doimiy
mijozlarini
mehmonxonalarda
nisbatan
hashamatli
nomerlarda, restoranlarda, shinam joylarda joylashtirish, gullar, mevali vazalar,
nisbatan
qimmat suvenirlar taqdim etish, shuningdek, bayram munosabatlari
bilan
tabriknomalar yuborish, xizmat ko‗rsatishda alohida e‘tibor ko‗rsatish;
yubiley (1-, 10-, 100-, 1000-) haridorlarining tantanali marosimlarini o‗tkazish.
Shu munosabat bilan matbuot, TV va radioda axborotlar berib borish.
Yubilarlarga qimmatbaho sovg‗alar taqdim etish yoki ularga imtiyozlar berish.
Dostları ilə paylaş: