124
bunday safarlar guruhlar direktorlari orasida emas, balki bevosita
turlarni
sotadigan menejerlar orasida (turagentliklar xodimlaridan) shakllantiriladi;
odatda, bunday turlarga o‗zlarini ko‗rsata olgan hamkorlar taklif qilinadilar;
bunday safarlar nomavsum mahali (mavsum boshlanishi oldidan)
tashkil
qilinadi;
tur dasturiga qabul qilishning moddiy bazasi hamda boshqa barcha asosiy va
qo‗shimcha xizmatlar bilan tanishuv kiritiladi;
bunday safarlarda standart guruh odatda 15-20 kishini tashkil qiladi;
safarning standart davomiyligi - 1 hafta;
safar qatnashchilari faqat aviachiptalargagina pul to‗laydilar (bunday turlarni
barcha xizmatlar bepul ko‗rsatiladigan rag‗batlantiruvchi turlar bilan
chalkashtirish kerak emas);
tanishtiruv safarida qatnashgan aniq firmalardagi sotish natijalarini kuzatib
borish amalga oshiriladi.
Rag‗batlantirish choralari umumiy marketing strategiyasi va nisbatan samarali
vositalarni tanlash asosida rejalashtiriladi. Reklama faoliyati kabi sotishni rag‗batlantirish
tadbirlari ham taqvimiy muddatlarda amalga oshiriladi.
Bu muddatlar ham milliy, ham
xalqaro turizmda keyingi yilda yirik turistik voqealar muddatlari bilan mos keladigan
turistik safarlarning faol sotilish davri bo‗lishi mumkin. Rag‗batlantirish tadbirlari
ma‘lum harajatlar bilan bog‗liq bo‗lganligi tufayli ularni amalga oshirish uchun tegishli
smetalarni tuzishni talab qiladi. Ajratiladigan mablag‗ miqdori, ko‗pincha, firmaning
umumiy oboroti yoki daromadlaridan foizlar hisobida aniqlanadi.
Bunda avvalgi yillar
harajatlarini aniqlash kriteriysi bo‗lishi mumkin.
Sotish tadbirlarini yo‗lga qo‗yish bilan bir qatorda uning samaradorligini ham
hisoblab borish lozim. Buning uchun turistlardan so‗rovlar usuli, sotilgan turistik
xizmatlar hajmining o‗tgan yilgi ko‗rsatkichlari bilan solishtirma tahlili kabilardan
foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: