turfirma harajatlari va foydasi (IaP), turetakchining kutib olishi-kuzatishi – 100 dollar.
Sakkizinchisi, boshqa davlatda turistni tashrif buyurgan barcha kunlari uchun
ixtisoslashgan
kompaniyaga sug„urta to‗lovi (badali)
(SK) – sutkasiga 2 dollar
miqdorida.
Shunday qilib, turmahsulot summasi:
OTur = TSer ($980) + SerTr ($30x7 kun) + Acc ($30x 6 kun) + FR ($20x7 kun) + SerG ($5x7 kun) + TurS ($50) + IaP ($100) + SK ($2x7) = 1709 dollar. Shuni hisobga olish zarurki, bu dastlabki narxlardir, biroq, turfirma doimo
harajatlarni qisqartirishi va aviakompaniyalardan, avtotransport tashkilotlaridan
mehmonxonalaridan, diqqatga sazovor korxonalardan chegirmalar olishi mumkin.
Qo‗shimcha xizmatlar mijozning istak-hohishi bo‗yicha kiritilishi mumkin.
Masalan, turistlar uchun bo‗sh vaqt ajratiladi (harid uchun, mustaqil sayohat uchun va
h.k.). Bunda Xumsan tog‗larida otda sayr qilish (Bo‗stonliq rayoni), qimizdan tatib
ko‗rish, Buxoroda hammomga yoki shaxsiy turar joylarga tashrif buyurish, Samarqandda
– to‗yda yoki tantanali marosimlarda ishtirok etish. Firma bunday madaniy xizmatlarni
taqdim etuvchi tashkilot va muassasalar bilan olidindan shartnomaga ega bo‗lishi kerak.
Tabiiyki bunday qo‗shimcha xizmatlar) turmahsulot narxini qimatlashtiradi .
Turmahsulot o‘z tarkibiga marshrutni batafsil ifodalashni kiritadi. U quyidagicha bayon qilinishi mumkin: Birinchi kun. Parijdan Toshkentga uchib kelish (6.05 s.).Mehmonxonaga transfert
(8.00). Joylashish va dam olish (to 9.30 gacha). Shahar bo‗ylab sayohat (10.00-13.30).
Restoranda tushlik (13.30-14.30). Ekskursiya yetakchisi hamkorligida madrasalar va
madaniy markazlarga tashrif (13.30-17.30). Teatrlashtirilgan namoyishda ishtirok etish
(18.00-19.30). Kechki ovqat (20.00 da). Uyqu yotish/bo‗sh vaqt.
Ikkinchi kun. Nonushta (7.30-8.00). Tarixiy joylarga sayohat (8.00-13.30). Tushlik
(13.30-14.30). Bo‗sh vaqt (14.30-20.00). Kechki ovqat (20.00-21.00). Uyquga
yotish/bo‗sh vaqt.
Uchinchi kun. Nonushta (7.30-8.00). Samarqandga jo‗nash (8.00-13.00). Joylashish
va dam olish (13.00-14.00). Tushlik (14.00-15.00). Shahar bo‗ylab sayr qilish,
Registondagi teatrlashtirilgan shouda ishtirok etish (15.00-20.00). Kechki ovqat (20.00).
Uyquga yotish/bo‗sh vaqt.