O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


Turoperator – turagentlik - turist



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/123
tarix14.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#177539
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Turoperator – turagentlik - turist.
Yuqorida qad qayd qilinganidek, turagentlik 
turoperator va turist o‗rtasidagi vositachi bo‗lib hisoblanadi. Bundan tashqari turagentlik 
alohida xizmatlarni turistlarga sotish bilan shug‗ullanadi (transport xizmatlari, chiqish 
hujjatlarini 
rasmiylashtirish, 
diskont 
kartochkalarini 
rasmiylashtirish, 
turistik 
adabiyotlarni sotish, fototasmalarni ishlov berish va h.k.). Ko‗pgina turoperatorlar 
bozorga o‗z xizmatlarini agentliklar orqali taqdim etadilar. Ulardan har biri o‗zining 
shaxsiy taqsimot kanalini shakllantirishga intiladilar. 


111 
Nima uchun turoperator sotish bo‗yicha o‗z ishini bir qismini vositachilarga 
berishga tayyor? Bu shuni anglatadiki, u qandaydir darajada tovar qanday sotilishi 
ustidan nazoratni yo‗qotadi. Yuqorida qayd qilingan turistik xizmatlarni o‗ziga xosligi 
(sezilmaslik, ishlab chiqarish va iste‘mol jararyonlarni mos kelishi va h.k.) juda muhim 
hisoblanadi. Shunga qaramasdan ko‗pgina turoperatorlar vositachilardan foydalanish 
ularga ma‘lum foyda keltiradi deb hisoblaydilar.
Ko‗pgina turoperatorlarga bevosita marketingni amalga oshirish uchun moliyaviy 
resurslar yetishmaydi. Misol uchun Ispaniyani ―Soltour Este‖ turoperatori o‗z turlarini 
bir necha yuz moskva va mintaqaviy turagentliklar yordamida sotadi. Hatto shunday 
yirik turfirmaga ham hech bo‗lmaganda bu agentliklarni bir qismini sotib olish uchun 
mablag‗ topish juda qiyindir. 
To‗g‗ri marketing yordamida ommaviy taqsimot tizimini iqtisodiyligiga erishish 
uchun ko‗pgina turxizmatlarni ishlab chiqaruvchilarga boshqa firmalar xizmatini
sotishda vositachi bo‗lishi zarur. Masalan, shaxsiy marshrutlari soni 1-2 ta dan 
oshmaydigan ko‗pgina turoperator firmalar ―Narus Viaggi‖ (Italiya), ―Pactour‖, 
―Frektravel‖ (Turkiya), Italiya va Turkiyaga turlarni sotish bo‗yicha barcha davlat o‗z 
vakilligini ochish tajribasizligi sabablidir. Ularni boshqa turoperatorlarni turxizmatlari 
bilan birga sotishga to‗g‗ri kelardi, oxir oqibatda turagentliklar tarmog‗ini egasiga 
aylanib qolishi mumkin. Ularga distribyuterlarni keng tarmog‗i orqali ishlash yanada 
osonroqdir. 
Lekin hatto turoperator taqsimotni shaxsiy kanallarini tashkil etish imkoniyatiga
ega bo‗lgan taqdirda ham, ko‗pgna hollarda agar o‗zining asosiy biznesiga kapital 
qo‗yilmalarni oshirsa u ko‗proq foyda olib ishlaydi. 
Vositachilardan foydalanish asosan turxizmatlarni keng ochiq yo‗lini ta‘minlashda 
va ularni maqsadli bozorgacha yetkazishdek kattagina samaradorligi bilan izohlanadi. 
Turagentliklarda turoperatorlarga nisbatan ko‗proq tajribga, aloqaga, faoliyat 
imkoniyatlarga egadir. 
Ammo, turfirma sotishni qanday tizimidan foydalanishdan qat‘iy nazar u taqsimotga 
sarflanadigan harajatlarni pasaytirishga intiladi. Yangi texnologiya va yangi quvvatli 
kompyuterlar yordamida ba‘zi turfirmalar taqsimot tizimiga sarf-harajatlarni 
optimallashtirishga erishdilar 
Kompyuterlardan tashqari, taqsimot ayrim hollarda samarali tartibga solishga, 
ishlab chiqarish yoki marketingga tortiladi. Taqsimotni samaradorlik darajasini nazorat 
qilish va o‗lchash juda mushkul. ayniqsa bunga ba‘zi marketing qarorlari ta‘sir 
ko‗rsatadi: mijozlarga xizmat ko‗rsatish siyosatida ba‘zi uncha katta bo‗lmagan 
o‗zgarishlar taqsimotdagi sarf-harajatlarni anchagina oshiradi; ularni rag‗batlantirish 
natijasi hisoblangan sotishni maksimallashtirish taqsimot sohasidagi xizmatchilarni 
qo‗shimcha shtatiga sarflanadigan moddiy harajatlarga olib kelishi mumkin; sotish pul 
aylanmasini oshirish qarori yana taqsimotdagi harajatlarni oshiruvchi xizmat ko‗rsatish 
bo‗yicha harajatlar va aylanma fondlar darajasini iqtisodiy jihatdan foyda olmaslikka 
olib kelishi mumkin. 
Bunday xolatda shunday savol tug‗iladi: taqsimot ustidan va unga sarflanadigan 
harajatlarni kamaytirish ustidan samarali nazoartni amalga oshirish uchun turfirmalarni 
a‘lo darajadagi boshqaruv apparatorlari nima qilmoqdalar?

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin