O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/123
tarix14.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#177539
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

an’anaviy va noan’anaviy. 
Turistik xizmatlarning sotishning an‘anaviy shakllariga bu faoliyat ularning 
hayotiyligini ta‘minlaydigan va asosiy hisoblanadigan ko‗p sonli turfirmalar 
kiradi.Statistika ko‗rsatishicha, bu xorijda turizm sohasidagi nisbatan keng tarqalgan 
tadbirkorlik strukturalaridan biri hisoblanadi. AQShda 30 mingdan ortiq bunday firmalar 
hisoblangan. Turistik firmalarning bunday ko‗p sonli miqdorida ularning funksional, 
tarkibiy, tijoriy harakteristikalarida katta farqlarni kuzatish mumkin. 
Turistik xizmatlarni sotishning noan‘anaviy shakllari turizm bilan bog‗liq 
bo‗lmagan tarmoqlarda yuzaga keladi va aktiv faoliyat ko‗rsatmoqda. Xalqaro 
turizmning tez sur‘atlarda rivojlanishi yirik noturistik kompaniyalaniing o‗z kapitallarini 
turizm industriyasiga qo‗yishga undamoqda. Bugungi kunda yirik aviakompaniyalar, 


109 
banklar, sug‗urta jamg‗armalari, savdo uylari va universal magazinlar bizneslarining 
sezilarli qismini tashkil etadigan turistik sayohatlar sotish bo‗yicha o‗z filiallarini 
ochishlari odatiy hol bo‗lib qolgan. 
Bu kabi kompaniyalarning an‘anaviy turistik firmalar bilan raqobat ko‗rashidagi 
asosiy ustunlik tomoni ularda o‗zlarining ko‗p sonli sotish punktlari yoki filiallari, bron 
qilish va rezervatsiya tizimlarining mavjud bo‗lishidir. Aviakompaniyalar, qoida 
bo‗yicha, chiptalar sotish bo‗yicha ko‗p sonli kassalarda, tashqi tizimlar bilan ulangan o‗z 
bron qilish tizimlariga ega bo‗ladilar. Banklar hatto o‗z mijozlariga xizmat ko‗rsatadigan 
ko‗p sonli bo‗lim va filiallariga ega bo‗ladilar. Sug‗urta jamg‗armalarida esa sug‗urta 
agentlarining "armiyasi" faoliyat yuritadilar Savdo uylar ishbilarmonlar va 
biznesmenlarga ularning ishlari bilan bog‗liq turistik xizmatlarni taklif qiladilar. 
Universal magazinlarda tashrif buyuruvchilar o‗zlari istagan turistik yo‗nalishlarni 
kataloglar bo‗yicha tanlashlari va sotib olishlari mumkin bo‗lgan maxsus seksiyalar 
(bo‗limlar) tashkil etiladi. 
Sotishning noan‘anaviy shakllaridan biri korporativ mijozlarga to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
sotish hisoblanadi. Sotishning bunday shaklidan tashkilotlar, idoralar, jamoalar, 
maktablar, kollejlar kabi muassasalarning xodimlaridan tashkil topgan turistik guruhlar 
sayohatini tashkil qilishda foydalaniladi. Korporativ mijozlarning to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
buyurtmasi asosida tashkil qilinadigan intensiv turlar turmahsulot realizatsiyasining 
istiqbolli yo‗nalishi hisoblanadi. Bunday turlarni sotish turoperatorning to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
buyurtmachi - tashkilotning shartnoma-topshirig‗i asosida amalga oshiriladi. Bunday 
sotish bozorlarini shakllantirish uchun tashkilotlar va idoralar, muassasalar to‗g‗risida 
eng to‗g‗ri va to‗liq ma‘lumotlar zarur bo‗ladi. Tezkor marketing ishlarini olib borish 
uchun tegishli ma‘lumotlar bazasiga ega bo‗lish lozim bo‗ladi. 
Bundan tashqari, turmahsulotlarni sotishning noan‘anaviy shakllariga turlarni 
global kompyuter tarmoqlari, bron qilish va buyurtma berish tizimlari, Internet orqali 
sotishni ham kiritsa bo‗ladi. Turlar va turistik xizmatlarni sotishning bu usuli hozirda 
xalqaro hamda mamlakatimiz turizm bozorlarida keng tadbiq qilinmoqda. Mamlakatimiz 
firmalarida «Turvin», "Klyuch" va boshqalar kabi maxsuslashtirilgan kompyuter 
dasturlari joriy qilinmoqda va foydalanilmoqda. Aynan ushbu usul XXI asrda turistik 
firmalarning an‘anaviy ish usullarini sezilarli darajada kamaytirishga qodir hisoblanadi. 
Turizm bozorida yuqorida keltirilgan sotish shakllarining kombinatsiyalashgan 
ko‗rinishlari ham uchrab turadi. Misol tariqasida turoperator-turagent o‗zaro faoliyati 
texnologiyasi bo‗yicha taklifni olish mumkin. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin