O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
O’LIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT FAKULTETI
Turizm yo’nalishi 301-guruh talabasi Inayatov Rasulbekning
Turizmda operatorlik xizmati tashkil etish asoslarifanidan
yozgan
K U R S I S H I
Topshirdi: Inayatov Rasulbek
Qabul qildi: Bekjanov Dilmurad
Urganch 2014
Mavzu:Меhmonxonalarning turizm sohasidagi o’rni va
Mehmonxona xizmatlari raqobatbardoshligi.
RE’JA:
Kirish
1-bob. Меhmonxonalarning turizm sohasidagi o’rni.
1.1. Mehmonxona sohasidagi asosiy tushunchalar va mavjud me’yoriy
hujjatlar.
1.2. Mehmonxona tipidagi joylashtirish vositalari tasnifi.
1.3. Mehmonxonalarning xalqaro tasnifi.
2-bob. Mehmonxona xizmatlari raqobatbardoshligining nazariy-uslubiy
asoslari.
2.1. Mehmonxona biznesida raqobatning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati.
2.2. Mehmonxona xizmatlarining raqobatbardoshlik ko‘rsat-kichlari.
2.3 Turizmda turistlarning xavfsizligini ta’minlashning huquqiy
me’yorlari va mehmonxonalarda turistlar xavf-sizligini ta’minlash.
Х
ulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
KIRISH
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq xizmatlar ko’rsatish
sohasidagi turizm xizmatlari iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo’nalishi sifatida
talqin qilinib, unga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Soha rivoji uchun
zaruriy tashkiliy-huquqiy mexanizmlar vujudga keltirilib, hukumat tomonidan
tegishli me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu yo’nalishdagi ishlar hozir ham
davom etmoqda.
Hozirgi sharoitda turizm sohasida raqobat muhiti mavjud bo’lib, bozor
munosabatlarining murakkabligiga qaramay, O’zbekistonda qator turistik firmalar
va mehmonxonalar tashkil etilmoqda, lekin ularning ko’pchiligi ma’lum vaqtdan
so’ng raqobatga dosh berolmay turizm bozoridan chiqib ketmoqda. Statistik
ma’lumotlarga ko’ra, respublikada 2010 yilda 374 ta mehmonxona faoliyat
ko’rsatgan bo’lsa, 2011 yilga kelib ularning soni 254 tani tashkil qilgan,
shuningdek turistik firmalar soning kamayishi ham bu xolni tasdiqlaydi.
Ma’lumki, turizm sohasida mehmonxona xizmatlari alohida o’rin egallaydi.
Mehmonxonalarda taklif etiladigan xizmatlar assortimenti va sifatini oshirish,
uning raqobatbardoshligini ta’minlash turizm sohasining dolzarb muammolaridan
biridir.
1-BOB. МЕHMONXONALARNING TURIZM SOHASIDAGI O’RNI
1.1. Mehmonxona sohasidagi asosiy tushunchalar va mavjud me’yoriy hujjatlar
Mehmonxona industriyasi iqtisodiy faoliyatning bir turi bo’lib, muayyan haq evaziga
mehmonxona, motel, kemping, pansionat va boshqa joylashtirish vositalarida qisqa muddatli
joylashtirishni tashkillashtirish bilan shug’ullanadi.
Joylashtirish vositasi deganda insonlarning vaqtinchalik yashashi uchun mo’ljallangan ihtiyoriy
ob’yekt tushuniladi.
Mehmonxona bu turist va fuqarolarni vaqtinchalik joylashtirish hamda ularga hizmat ko’rsatish
uchun mo’ljallangan korxonadir. Mehmonxonalarda kamida 10ta xona bo’lishi kerak.
Mehmonxonalar quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
-
belgilangan miqdordan oz bo’lmagan xonalardan iborat, yagona boshqaruvga
ega;
-
turli hildagi mehmonxona hizmatlarini taqdim etadi;
-
ko’satayotgan hizmatlari, ihtiyoridagi jixozlanish va davlat standartlariga
ko’ra kategoriya va sinflarga ajratiladi;
Mehmonxona korxonalari hajmi, joylar va xonalar soniga ko’ra farqlanadi.
Nomer
- bu bir yoki bir necha o’rindan tashkil topgan, ushbu kategoriyadagi mehmonxonaga
qo’yilgan talablarga ko’ra jihozlangan xonadir.
Joy -
bu bir kishi foydalanishi uchun mo’ljallangan yotoqli o’rindir.
Halqaro amaliyotda Jahon Turizm Tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan joylashtirish
vositalarining standart klassifikatsiyasi mavjud.
Unga ko’ra barcha joylashtirish vositalari 2 guruhga bo’linadi:
1.Kollektiv joylashtirish vositalari.
2.Individual joylashtirish vositalari.
Kollektiv joylashtirish vositalari o’z o’rnida mehmonxona tipidagi korxonalar va mahsus
joylashtirish vositalariga ajratiladi.
Mehmonxona tipidagi joylashtirish vositalariga quyidagilar kiradi:
-
mehmonxonalar;
-
motellar;
-
joylashtirish imkoniyatiga ega bo’lgan klublar;
-
pansionatlar;
-
mebellangan xonalar;
-
yotoqxonalar.
Mahsus joylashtirish vositalariga quyidagilar kiradi:
-
sanatoriyalar;
-
profilaktoriyalar;
-
dam olish uylari;
-
turist uylari;
-
tiristik,sport bazalari, dam olish bazalari;
-
ovchi (baliqchi) uylari;
-
kongres-sentlar;
-
kempinglar;
-
botellar;
-
flotellar;
-
rotellar;
Individual joylashtirish vositalariga quyidagilar kiradi:
Ijaraga beriladigan kvartiralar, kvartiradagi xonalar, uylar va kottedjlar.
Mehmonxona xo’jaligi sohasida ikkita asosiy me’yoriy hujjat mavjud.Bular:
1.“Turist-ekskursion hizmat. Mehmonxonalar klassifikatsiyasi”1998 yil, 918-98 raqami bilan
ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasi Standartidir.
2.O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 1997-yil 12-yanvarda 389-raqam bilan
ro’yxatga olingan “O’zbekiston Respublikasida mehmonxona hizmatlarini ko’rsatish
qoidalari”dir.
“Mehmonxonalar klassifikatsiyasi” Davlat standartida turli kategoriyadagi mehmonxonalarga
qo’yilgan talablar ko’satilgan.
Ushbu me’yoriy hujjatga ko’ra ihtiyoriy kategoriyadagi mehmonxona quyidagi talablarga
javob berishi kerak:
1) Ihtiyoriy kategotiyadagi mehmonxona yol harakati ko’rsatgichlariga ega bo’lgan qulay
yo’laklarga, obodonlashtirilgan va yoritilgan hudud, avtotransportni( jumladan avtobusda)
to’xtastish va qayriltirish mumkin bo’lgan qattiq qoplamali maydonga ega bo’lishi, korxona
nomi va kategoriyasini ko’satuvchi yorliq, agarda restoranga alohida kirish eshigi mavjud bo’lsa
uning nomi yozilgan ko’rsatgich mavjud bo’lishi kerak.
Agarda mehmonxona binoning bir bo’lagida joylashgan bo’lsa, alohida kirish yo’lagiga
ega bo’lishi shart.
2)Mehmonxonaning arxitektura-rejalashtirish va qurilish elementlari, ishlatiladigan texnik
jixozlar KMK 2.08.02-96 ga muvofiq bo’lishi kerak.
3)Mehmonxona yaxshi ekologik sharoitda bo’lishi kerak.
4)Mehmonxonada yashash davimida mehmonlarning hayoti va salomatligi havfsizligi,
mulkining dahlsizligi ta’minlanishi kerak.
Binoda favqulotda chiqish yollari, zinapoyalar, mehmonlarning oddiy va favqulotda
vaziyatlarda yo’naltiradigan, ko’zga tashlanadigan ma’lumotlar bo’lishi kerak.
5)Mehmonxona Yong’in xavfsizligi tizimlari, ogohlantirish va yong’inga qarshi kurash vositalari
bilan jihozlangan bo’lishi kerak.
6)Mehmonxonada sanitariya-gigiyena me’yorlari va qoidalariga amal qilinishi, chiqindilarni
bartaraf etish, hashorot va kemiruvchilardan samarali himoyalanish ta’minlanishi kerak.
7)Barcha elektr, gaz, suv ta’minoti va kanalizatsiya jihozlari “Mehmonxona va uning jihozlarini
texnik ekspluatasiya qilish qoidalari”ga asosan o’rnatilishi va ishlatilishi kerak.
8)Mehmonxona quyidagilarni ta’minlovchi muhandislik tizim va jihozlari bilan ta’minlanishi
kerak:
-
issiq va sovuq suv tizimi (tunu-kun)
-
kanalizatsiya;
-
umumiy fiydalanish va yashash xonalarida 18,5 C past bo’lmagan haroratni
ta’minlovchi isitish tizimi’
-
havoning normal aylanishini ta’minlovchi va tashqaridan hidlarning kirib
kelishidan saqlovchi ventilatsiya.
-
radiouzatishlar va televideniye;
-
telefon aloqasi;
-
honalarninng yoritilishi: tabiiy ( kamida bitta oyna), 100 lk yorug’likni
ta’minlovchi oddiy lampalar yoki 200lk yorug’likni ta’minlovchi lyuminestsent
lampalardagi sun’iy yoritish.
9) Yangi binolarni loyihalash yoki eskilarini qayta tiklash chog’ida aravachadan foydalanuvchi
nogirinlarni qabul qilish va ularga hizmat ko’rsatish sharoitlari ko’zlanishi kerak.
“Ozbekiston Respublikasida mehmonxona hizmatlarini ko’rsatish qoidalari”ga ko’ra
mehmonxona, yashash joyidan qat’i nazar fuqarolarning vaqtinchalik yashashi uchun
mo’ljallangan, ijrochi va iste’molchi o’rtasidagi kelishuvga asosan 45 sutkadan oshmaydigan
muddatga joylashtirish uchun mo’ljallangandir.
O’zbekiston Respublikasida tranzit vizali horijiy turistlar 72 soatgacha vaqtinchalik
joylashtirilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasida vaqtincha bo’luvchi horijiy turislarni joylashtirish muddati 3
oygacha cho’zdirilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasida MDH ishtirokchi-davlatlari fuqarolariga joylashtirish muddati 6
oygacha cho’zdirilishi mumkin.
Mehmonxonadagi xonalar fuqarolarga passport asosida, harbiy hizmatchilarga- harbiy
guvohnomani taqdim etgan taqdirdagina berilishi mumkin.Belgilangan rasmiylashtirishdan so’ng
hujjatlar egasiga topshiriladi.
Joylashtirish va hizmatlar uchun to’lov erkin (kelishilgan) narxlar asosida amalga oshiriladi.
Iste’molchi ko’rsatilgan hizmatda kamchiliklarni sezsa quyidagilardan birini tanlashi mumkin:
-
yo’l qo’yilgan kamchilikni qo’shimcha haq olmagan tarzda bartaraf ettirilishi;
-
hizmatga haq to’lash jarayonida to’lovni tegishli miqdorda kamaytirish;
Iste’molchi ko’rsatilgan zararni qoplashni talab etishi mumkin.
Istemolchimehmonxonaning ichki tartib-qoidalariga amal qilishga majbur.
Ketish chog’ida ijrochiga ma’lum qilishi, to’lovni amalga oshirishi va kalitni topshirishi shart.
Ijrochi ro’yxatdan o’tkazish chog’ida yashovchilarni asosiy va qo’shimcha hizmatlar,
ularni to’lash shakli va tartibi haqida ma’lumot berishi kerak.
Ijrochi saqlash kamerasidagi yashovcining shahsiy buyumlarining saqlnishini kafolatlashi kerak.
Qimmatbaxo taqinchoqlar( oltin, platina, kumush, qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar)
saqlashga qabul qilinmaydi.Saqlash kamerasiga topshirilmagan va yo’qotilgan pul, qimmatbaho
qog’ozlar va qimmatbaho buyumlar shuningdek qimmatbaho taqinchoqlar uchun ijrochi
majburiyatni olmaydi.
Iste’molchidan qabul qilib olingan va yo’qotilgan buyumlarni iste’molchi tiklab berishi,
iloj bo’lmagan hollarda buyumning ikki baravar narxini to’lashga majbur.
Mehmonhonada yashash jarayonida istemolchi hayoti va sog’lig’iga yetkazilgan zarar
joriy qonunchilik asosida undiriladi.
MDH mamlakatlari fuqarolari kelgani taqdirda, ijrochi ikki nusxada ro’yxatdan o’tkazish
kartochkasini to’ldiradi, ulardan biri bir sutka ichida Joylashuvga qarab Qoraqalpog’iston
respublikasi IIV, Toshkent shahar IIB, viloyat IIB adres byurolariga topshiriladi.
Fuqarolarning ketish vaqtida ushbu korxonalarning ijrochisi adres ma’lumotlari
byurosiga habar yuboradi.
Ro’yxatdan o’tkazilganlar kartotekasidan qayd etish anketasi olinadi va arxivga
topshiriladi, u yerda anketa bir yil saqlanadi.
1.2. Mehmonxona tipidagi joylashtirish vositalari tasnifi
Jahon Turizm Tashkiloti tavsiyasiga ko’ra, mehmonxonalar joylahish o’rni, hizmatlar
toifasi, hilma-hilligi va narhiga ko’ra alohida guruhlarga ajratiladi.
Joylashish o’rniga ko’ra quyidagi turlardagi mehmonxonalarni ajratish mumkin:
- shahar markazidagi mehmonxonalar;
- yo’l chekkasidagi, past qavatli mehmonxonalar;
- shahar chetidagi va aeroport atrofidagi mehmonxonalar;
- suv yuzasidagi mehmonxonalar – turistlarni dengiz, ko’l, daryo qirg’oqlarida joylashtirish va
dam olishi uchun mo’ljallangan, mehmonxona kabi jihozlangan suzuvchi vositalardir. Zarur
hollarda ushbu mehmonxona ustidagi mijozlari bilan birgalikda boshqa qirg’oqqa olib o’tilishi
mumkin.
Hizmatlar toifasi, hilma-hilligi va narhiga ko’ra mehmonxonalar bir necha turga
ajratiladi:
- minimal miqdordagi hizmatlarni ko’rsatuvchi chegaralangan servisli arzon mehmonxonalar.
Ushbu turdagi mehmonxonalarda ovqatlanish korxonalati bo’lmasligi ham mumkin.
-“lyuks” mehmonxonalar – kishini lol qoldiruvchi dekoratsiyaga ega, qimmatbaxo mebel, yaxshi
jihozlangan umumiy foydalanish joylariga, xodimlar soni honalar soniga qaraganda birmuncha
ortiq.
Jahon Turizm tashkiloti hozirgi kundagi mehmonxona hizmatlari bozori iste’molchilariga ko’ra
mehmonxonalarni quyidagi turlarga ajratadi:
“lyuks” otellar
- badavlat insonlar va tashkilot rahbarlariga mo’ljallangan bo’lib, shahar
markazida joylashadi, juda qimmat narx evaziga shohona hizmatlarni taqdim etadi.
Yuqori toifali otellar
– shahar ichida joylashgan bo’lib, malakali xodimlar tomonidan
ko’satiladigan keng qamrovli hizmatlarni taklif etadi, qimmat mebel uskunalar bilan
jihozlangan. Biznesmenlar, konferensiya qatnashchilari va individual turistlarga mo’ljallangan.
Narxlar o’tamiyonadan yuqoriroq.
O’rta hol otellar
– keng omma uchun mo’ljallangan bo’lib, o’rtameyona narxlar asosida hizmat
ko’rsatadi. Ishlab chiqarish harajatlarini pasaytirish uchun zamonaviy texnologilaryani qo’llaydi.
Apart-otel – odatda 100-400 xonadan iborat bo’ladi mebellangan xonalardagi sharoitni
eslatadi. Narxlar sezon va joylashtirish shartlariga qarab o’zgarishi mumkin. Uzoq muddat
qoluvchi biznesmen va turastlarga mo’ljallangan.
Ekonom sinfdagi otel – uncha katta bo’lmagan taqdirda 10 tadan 150 tagacha xonadan
iborat bo’lishi mumkin.Shahar hududida joylashadi, kam sondagi xodimlarga ega, xonalari
yaxshi jihozlangan, ekin ovqatlanish hizmatlarini taklif etmaydi. Iste’molchilarining aksariyat
qismi biznesmen va individual turistlardir.
Motel – avtotransportda sayohat qiluvchi turistlarga mo’ljallangan.150-400 honadan
iborat bo’lib, avtotrassalar yoqasida joylashadi, oz miqdordagi hodimlar ga ega, past
narxlardahizmat ko’rsatadi, zamonaviy va yaxshi jihozlangan honalardan iborat.Ovqatlanish
hizmatlarini ko’rsatmaydi.
Kurort mehmonxona (Resort hotel) – 100-500 xonadan iborat bo’lishi mumkin, odatda
shahardan uzoqlashgan suv havzalari va hushmanzara maskanlarda joylashadi. Keng qamrovli
hizmatlarni taqdim etadi, ko’p sonli sport inshootlari, bolalar maydonchasiga ega.Turli toifadagi
turistlarga o’rtameyonadan yuqoriroq narxlarda hizmat ko’rsatadi.
Taymsher – 50-250 xonaga ega bo’lib, bir necha binolardan tashkil topgan bo’lishi
mumkin. Kurort otel singari sharoitlar va kvartira tipidagi nomerlardan iborat bo’lishi mumkin.
Alohida kvartiraralar ayrim kishilarga sotilishi mumkin, lekin butun mulk boshqaruvchi
kompaniya tomonidan nazorat qilinadi.
Taymsherning narxi sezonga ga yashash muddatiga bog’liq.Tabiiyki talab katta bo’lgan
sezonlarga nisbatan yoqimsiz sezonlarda narxlar arzonroq bo’ladi.
Nomer egasi muayyan vaqt ichida mulkdan foydalanishi mumkin.Odatda nomerlar uzoq
muddat foydalanish uchun sotib olinadi.
Joylashtirish muddati haftalarda hisoblanadi.
Faqatgina Yevropadagi taymsherlar sotilishi hajmi 1991yilda 3,74 milliard dollarni tashkil etdi.
2002-yilda ushbu ko’rsatgich 30 milliard dollarni tashkil etdi.157 mamlakat fuqarolari
taymsherlarga egalik qilishadi.Taymsherli kurortlar dunyoning 75 mamlakatida mavjud.
Qo’llanish maqsadiga ko’ra mehmonxona turlari
Tranzit mehmonxonalar
ihtiyoriy turdagi shaxslarni qisqa muddatga joylashtirish uchun
mo’ljallangan.Ular odatda Yirik transport bog’lanishlarida, temiryo’l vokzallari, aeroport, dengiz
portlarida, avtovokzallar hududida joylashadi. Hizmat toifasi va hilma-hilligi odatda
chegaralangan. Vokzallarda ovqatlanish korxonalari mavjud bo’lgani uchun ovqatlanish
hizmatlarini ko’pchilik hollarda ko’rsatmaydi.
Biznes otellar (Ish odamlari uchun mehmonxonalar) hizmat safarlarni o’tovchi va ish
bo’yicha yuborilgan shahslar uchun mo’ljallangan.
Ish odamlari uchun mo’ljallangan mehmonxonalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
-
shaharlarning ma’muriy , ijtimoiy va boshqa turdagi markazlari yaqinida
joylashish. lekin ko’kalamzorlashtirilgan dam olish va sport bilan shug’ullanish
hududlariga ega bo’lishi shart emas.
-
xonalar fondida bir kishilik xonalar ko’proq bo’lishi kerak.
-
xonalarda albatta ish o’rni tashkil etilishi kerak. ish o’rni deganda yozuv stoli, ish
kreslosi, stol lampasi, yozuv qurollari va orgtexnika (komputer, multimedia,
telefon, faks va b.) tushuniladi.
-
ish jarayonida fikr buzilmasligi uchun xonalar iloji boricha tashqi muhitdan
saqlangan bo’lishi kerak.
-
yig’ilish, anjuman, seminar va shu kabi tadbirlarni o’tkazish xonalari mavjud
bo’lishi kerak.
-
biznes-sentr.
-
moliyaviy ta’minot hizmati.
Dam olish uchun mo’ljallangan mehmonxonalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
-
shahar markazidan iloji boricha uzoqdagi, ko’kalamzorlashtirilgan dahalarda joylashish.
-
dam olish va va sport bilan shug’ullanish uchun mo’ljallangan, ko’kalamzorlashtirilgan
hududga ega bo’lish.
-
xonalar fondida ikki kishilik nomerlar ko’proq bo’lishi kerak.
-
bolalar maydonchasi, o’ynash va ko’ngil ochish uchun mo’ljallangan xonalar bo’lishi
kerak.
Shuningdek dam olish uchun mo’ljallangan har bir mehmonxona o’ziga hos hususiyatlarga
ega bo’lishi kerak. Jumladan, kurort mehmonxona tibbiy davolanish, sog’lomlashtirish xonalarga
ega bo’lishi va parhez ovqatlanishni ta’minlashi kerak.
Statsionar mehmonxona asosan oilavit dam olish uchun mo’ljallangan. Shuning uchun
bunday mehmonxonalarda bolalar o’yingohi, xodim tarafidan uyushtiriladigan ko’ngilochar va
sport-sog’lomlashtirish mashg’ulotlari bo’lishi kerak. Xonalar fondida yashash xonalarini
birlashtirish tizimi mavjud bo’lishi kerak.
Turistik-ekskursion mehmonxonalar xodimlari safida ekskursovodlar, guruh rahbarlari,
sport murabbiylari bo’lishi kerak.
Sport turizmi uchun mo’ljallangan mehmonxonalar, yani turistik baza, tog’ mehmonxonalarida
esa turistik-sport hizmatlari xonalari (turkabinetlar, sport buyumlari ijarasi, basseyn) mavjud
bo’lishi va marshrut talablarigas ko’ra belgilangan turistik trassalar yaqinida joylashishi kerak.
Mahsus mehmonxonalar
Mahsus mehmonxonalar orasida quyidagilari e’tiborga molikdir:
Kemping
- shahar tashqarisida joylashgan, yozgi uychalar yoki chodirlardan iborat avtoturistlar
uchun mo’ljallangan orormgohdir.xonalar soni kamida 5 ta bo’lishi kerak.
Rotel
– bir, ikki kishilik vagoncha ko’rinishidagi harakatlanuvchi mehmonxonadir. Kunduzlari
turistlar turli shaharlar va ulardagi e’tiborga sazovor joylar bilan tanishadilar, tunda esa vagoncha
ichida tunashadi.
Botel
– suv yuzasida joylashgan, lekin suzmaydigan mehmonxonadir.Ushbu turdagi
mehmonxona sifatida mahsus jihozlangan kema ishlatilishi mumkin.Misol tariqasida Dubaydagi
Burj al-arab mehmonxonasini keltirish mumkin. Ushbu mehmonxona Fors ko’rfazida, suv
yuzasida joylashgan bo’lib, ko’rfaz suvlarida to’lqinlanayotgan moviy rang yelkanni
eslatadi.Ushbu mehmonxona “Jumeirah beach” kompaniyasi tomonidan qurilgan bo’lib
dunyodagi eng baland mehmonxonalardan biri hisoblanadi.
Avstraliyadagi Buyuk baryer riflarida shunga o’xshash yana bir mehmonxona mavjud.
Ushbu mehmonxopnadagi ba’zi xonalar suv ostida joylashgan bo’lib, mijozlar suv osti dunyosi
manzaralaridan bahramand bo’lishlari mumkin
Flotel
– mahsus kema shaklidagi suzib yuruvchi mehmonxonadir.Turistlarga qulay kayuta-
nomerlar, faol dam olish imkoniyatlari, tadbir o’tkazish zallari, aloqa vositalari ko’p sonli
restoran, bar, tungi klub hizmatlari taqdim etiladi.Misol tariqasida achinarli tarzda halok bo’lgan
“Titanik” kemasini keltirishimiz mumkin.
Flotellar 1990-yildan bo’shlab jadal rivojlana boshlagan kruz usulida dam olishlarni uyushtirish
uchun qo’llaniladi.keyingi yillarda dengiz yolovchilari soni tez sur’atlarda o’sib bo’rmoqda:
1980-yilda 1,5 million kishini tashkil etgan bo’lsa, 1996-yilda bu ko’rsatgich 6,5 millionga yetdi.
Flaytel
– bu dengiz ustidan qisqa vaqt ichida kruiz o’tkazish uchun mo’ljallangan mahsus
jihozlangan samoloyotdir.Lekin narxlarning nihoyatda balandligi uchun ushbu turdagi vositalar
ommaviylashmayapti.
Turistik baza
– tog’li va tog’ bag’ri hududlarida joylashgan, faol usulda harakatlanuvchi
turislar uchun mo’ljallangan va moslahtirilgan mehmonxonadir.
Konferens sentr
- turli hildagi anjuman, yig’ilish, kongress va konferensiyalar
uyushtiriladigan mehmonxonadir.
Dostları ilə paylaş: |