O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 67,95 Kb.
səhifə8/21
tarix24.03.2023
ölçüsü67,95 Kb.
#89615
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Maqsadning umumiyligi jismoniy tarbiya tizimining asosiy qonuniyatlaridan biridir.
Ko‘rsatilgan maqsad va sharoitlarga javoban uni amalga oshirishda shug‘ullanuvchilarning yoshi, sog‘ligi, jismoniy tayyorgarligi, shug‘ullaniladigan kasbihisobiga olinadi va jismoniy tarbiyada konkret vazifalarhal qilinadi:
a) odam organizmining forma funksiyasini garmonik rivojlantirish, jismoniy qobiliyatinihar tomonlama kamolga yetkazish, sog‘ligini mustahkamlash va jamiyat aozosini uzoq umr ko‘rishini ta’minlashga yo‘nalish berish;
b) hayotiy zaruriyharakat malakalarini va ko‘nikma-larini, kundalik turmushda kerak bo‘ladigan jismoniy mada-niyatga molik maxsus bilimlarni shakllantirish;
v) har tomonlama jisman rivojlantirish uchun jismo-niy sifatlarni tarbiyalash;
Inson jismoniy tarbiyasi maqsad va vazifasi uning boshqa tarbiya jarayonlari bilan bog‘liqligi shundagina muvofiq deb tushuniladiki, bu muvofiqlik ob’ektiv xarakterda bo‘ladi va jismoniy tarbiya jarayoniga qonuniy yo‘nalish beradi. Jismoniy tarbiya jarayonida tarbiyaning boshqa sohalari-dagidek maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat, rejalashtirilgan natijagahar doimham to‘g‘ri kela olmasligi isbotlangan. Jismoniy tarbiyada tarbiya natijasini yosh sportchi yoki jismoniy tarbiyachi trenirovkasiga rejalashtirilgan jismoniy mashqlar uning organizmiga qanday ta’sir qilayotganliginihisobga olishni taqazo qiladi, qisqa va tor yo‘nalishdagi sport trenirovkalarining natijasiga e’tibor bersak, shuni ko‘ra-mizki, yuqori natijalarga erishish ma’lum davr ichida bo‘lib, oldingilari unutilsa, trenirovka mashg‘ulotlari keyinchalik o‘zini oqlamaydi. Bu esahar tomonlama garmonik rivojlanishgahalal beradi va sport yutuqlarini yo‘qqa chiqaradi.
Shuning uchun pedagog va trener oldida uzoqni ko‘ra bilish, bashorat qila olish talabi ko‘ndalang bo‘ladi. Bu vazifanihal qilish esa o‘qimishli, o‘z ishini biladigan, sevadigan mutaxassislar tayyorlash tizimida amalga oshirilishi lozim. Shunga ko‘ra maqsad va vazifalarni ijobiyhal qilishga qodir, bolalik chog‘idan jismonan sog‘lom, maonaviyatini uyg‘un qilib tarbiyalashni ular o‘zlarining asosiy burchlari deb bilishlari kerak.
Navqiron, o‘zligimizni endigina eotirof etayotgan mamlakatimiz turli toifadagi davlat va nodavlat sport jamiyatlari, jismoniy tarbiyahavasmandlari uyushmalari orqali yagona jismoniy tarbiya tizimini tuzishga e’tiborni kuchay-tirib, tizimda ma’naviy boylik, jismoniy barkamollik, xalqchilik va uning ilmiylik xususiyatlarini mujassam-lashtirmoqda.
Sharq mutafakkirlari ma’naviy boy, jisman barkamol, komil inson masalasiga azal-azaldan alohida e’tibor berganlar. Komillik fazilatlaridan eng ulug‘i tanning inson jismining, barkamolligidadir deyiladi. Insonning matonati, diyonati, riyozati, qanoati, ilmi, sabri, intizomi, nafsi, vijdoni, haqqoniyligi, nazari, ibrati, iffati, hayosi, idroki, zakovati, iqtisodi, itoati,haqshunosligi, avf eta olishi, vatanni sevishi kabi ijobiyhislatlari (A. Avloniy “Turki guliston yohud axloq” Toshkent “O‘qituvchi” 1992. 13-bet)ga faqat sog‘lom jism, tani-sihatlilik orqali erishiladi deb qaralgan.
Mamlakatimiz jismoniy tarbiya tizimini xalqchilligi deganda, biz milliy o‘yinlar tarzida xalq ommasi orasida keng tarqalgan jismoniy mashqlar, milliy sport turlari, ommaviy sport, olimpiadalar dasturidan o‘rin olgan “katta sport” bilan ko‘p millatli respublikamiz xalqlarini shug‘ullanish imko-niyati borligi tushuniladi.
Ilmiyligi shundaki, jismoniy tarbiya sohasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarining keng tarqalganligi va uni amaliyot bilan bog‘lab olib borilayotganligi, jismoniy tarbiya naza-riyasi va amaliyotining ilmiy fanlarihisoblangan pedagogika, psixbologiya, anatomiya, fiziologiya, biomexanika, sport metro-logiyasi, sport tibbiyoti, davolash jismoniy tarbiyasining va boshqa-larga tayanganligi, ularning ilmiy yutuqlari? xalqimizhayotiy ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan. Jismoniy tarbiya tizi-mi bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan zvenolarga bo‘linib, hozirgi kundaham tarbiya jarayonining turli dasturlarining bajarilishi shu zvenolarda amalga oshirilmoqda:
a) maktabgacha ta’lim (davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari) zvenosi;
b) maktab yoshidagilar jismoniy tarbiyasi (umumiy o‘rta ta’lim I-IX sinflar) zvenosi;
v) o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (akademik litseylar, kasb-hunar kolledjlari) zvenosi;
g) oliy ta’lim zvenosi;
d) armiya zvenosi;
ye) oliy ta’lim va armiyadan so‘ngihavasmandlik asosidagi jismoniy tarbiya zvenosi;
Jismoniy tarbiya tizimi o‘zida quydagi asosiy element-larni birlashtiradi:
a) jismoniy tarbiyaning maqsadi, vazifalari va prin-siplarining maqsadga muvofiqligi;
b) jismoniy tarbiya tizimida qo‘llaniladigan vositalar gimnastika, o‘yinlar, sport, turizm va boshqalar tipidagi jismoniy mashqlar;
v) turli shakldagi pedagogik jarayon mobaynida qo‘llani-ladigan usuliyat (ta’lim jarayoni, usuliyatlari, sport trenirov-kasi va mustaqil mashg‘ulotlarida foydalaniladigan)lar;
g) jismoniy tarbiya maqsadida kishilarni uyushtirish shakllari;
d) jismoniy tarbiya mazmuni va natijalarida ifoda-langan jamiyat va davlat talablari (normalar va dasturlar).
Jismoniy tarbiya tizimining tahlili masalalariga oid nazariy material rus olimlari A.D. Novikov, L.P. Matveev, G.D. Xarabugi va qator boshqa mualliflarning darsliklarida to‘la yoritilgan.
Jismoniy tarbiya jarayonining nazariy, uslubiy amaliyo-tining umumiyligi jismoniy tarbiya tizimining negizini tashkil qiladi. Millatimizning bu sohadagi merosini o‘rganish fanimizning asosiy vazifasidir. Jahongirlarni yuzaga chiqargan yurtimizning elat va xalqlari jismoniy madaniyati tarixiy manbaalarda o‘z o‘rnini olganligiga ishonchimiz komil. Shu o‘rinda P.F. Lesgaft va uning shogirdi V.V. Gorinevskiylar sobiq sho‘rolar jismoniy tarbiya tizimining asoschilari deb tan olinganligi jismoniy tarbiya nazariya-sining rivojlanishida munosibhissa qo‘shgan olimlar sifa-tida jahon jismoniy madaniyati fani namoyandalari qatoridan o‘rin olganliklarini eotirof etish lozim.
P.F. Lesgaft (1837-1909) biolog, anatom, pedagog va katta jamoatchi sifatida inson shaxsning intelektual rivojlanishi uchun uning yashagan ijtimoiy muhiti va tarbiyasi rol o‘ynashini ilmiy jihatdan asoslab berdi. Lesgaft tomonidan ishlangan “Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy bilimlar” tizimihozirgi kundaham o‘z ilmiy ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Chor Rossiyasining jismoniy tarbiyaga munosabati yaxshi emas edi. “Maktablar bizda bolalarga butunlay jismoniy bilimlar bermayapti. Bu ishga rahbarlikni bizning ishga aloqasi yo‘qlarga berib qo‘yilgan, ular jismoniy madaniyatni soxta tushunchalar orqali tasavvur qiladi, yoki bo‘lmasa, qaysidir chet el maktabini bitirib kelgandan eshitganlarigina biladi. Shuning uchun ular bola jismoniy tarbiyasiga eoti-borsizdirlar”, - deb yozgan edi P.F. Lesgaft.
V.V. Gorinevskiy (1857-1937) o‘zining tibbiy-pedagogik faoliyatida Lesgaft fikrlarini rivojlantirib sobiq sho‘rolar tuzumi jismoniy tarbiya tizimini rivojlanishiga kattahissa qo‘shdi. U jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanuvchilar ustida o‘tkazishni tadqiqot nazoratini qilishning ilmiy uslubiy kompleksini yaratdi. P.F. Lesgaft va uning shogirdi V.V. Gorinevskiylarning ilmiy merosinining qimmati shundaki, ularning jismoniy bilimlar va jismoniy tarbiyahaqidagi ilmiy fikrlari amaliy va jamoatchilik tajribasi asosiga tayanganligidadir.


Yüklə 67,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin