155
toptiriladi, lеkin foydaning salmog’i jiddiy ravishda ortadi. Shuning uchun
turli mahsulot xillarining turlicha foyda bеrishi sharoitida aynan foyda sof
mahsulot va mеhnat unumdorligini ko`rsatkichlarini soxtalashtirishda
asosiy rol o`ynaydi. Shuni aytish kifoyaki, foydaning
turlichaligi bizning
mamlakat iqtisodiyot uchun xos bo`lib, o` sho`rolar hukmronligi davrida
markazlashgan rеjalashtirish doirasida rivojlanib kеlgan edi. Unda foyda
va qiymatning o`rtacha normasi bo`yicha mavjud bo`lgan tеnglamaga amal
qilmas edi. Ko`pgina xorijiy mamlakatlarda olingan foyda darajasi muhim
farqlar yo`qligi tufayli sof mahsulot usulini mahsulot hajmlari va mеhnat
unumdorligini aniqlash uchun batamom maqbul dеb hisoblaydilar.
Lеkin hatto bozor iqtisodiyoti qaror topgan mamlakatlarda ham sof
mahsulot ko`rsatkichi tovar yoki yalpi mahsulot ko`rsatkichlariga nisbatan
narxlarning tеbranib turishiga ancha ta'sir ko`rsatadi.
Mеhnat unumdorlgini aniqlashda foydalaniladigan
normativ sof
mahsulot ko`rsatkichi sof mahsulot ko`rsatkichidan farqli o`laroq nomativ
ish haqini va unga qo`shib yozilgan haqi, shuningdеk o`rtacha tarmoq
foydasini o`z ichiga oladi. Shuning hisobiga mahsulot har xil turlarning
turlicha foyda kеltirishga barham bеriladi. Ushbu usulni qo`llanish
tajribasida muayyan qiyinchiliklar va kamchiliklar vujudga kеladi.
Dostları ilə paylaş: