226
14-BOB. MEHNATGA HAQ TO’LASH TIZIMLARINI TASHKIL
ETISH
14.1. Mehnatga haq to’lash tizimlari tushunchasi va ularning tasnifi
Mehnatga haq to’lash shakllari va tizimlari deganda,
xodimning
mehnat xarajatlari va natijalarini unga tegadigan ish haqi miqdori bilan
qiyoslashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari tushuniladi. Mehnatga haq
to’lash shakllari muayyan vaqt mobaynida xodimning olgan ish haqi uning
mehnatidan olingan natijalarga bog’liqligini
aniqlash usullari sifatida,
mehnatga haq to’lash tizimi esa ana shu bog’liqlikni amalga oshirish
texnologiyasi sifatida belgilanadi.
Mulk
shakllarining
xilma-xilligiga
hamda
ish
beruvchilar
(tadbirkorlar) tomonidan xodimlarni yollash
munosabatlariga asoslangan
iqtisodiy formatsiyalarda ish haqini tashkil etish xodimlar bilan ish
beruvchilar o’rtasidagi munosabatlarning ikki asosiy darajasi bo’lishini
taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: