O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


personalni boshqarish ishlariga tobora ko’proq jalb etilishi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/185
tarix30.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#91508
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   185
17-y-Mеhnat-iqtisodiyoti.Darslik-Abdurahmonov-Q.X.-va-bosh.-T-2011 (1)

personalni boshqarish ishlariga tobora ko’proq jalb etilishi asosida 
o’tdi. Mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlarining yaratilishi yollash, mehnat 
jarayonini tashkil etish, mehnatga haq to’lash, ijtimoiy to’lovlar, kasbiy 
tayyorgarlik va boshqa masalalarni etarli darajada tartibga solib turadi va 
hozirga qadar ham kun tartibidan tushmagan. Ana shu jarayonlarni tartibga 
soluvchi davlat va xususiy tashkilotlarning oliy o’quv yurtlari va malaka 
oshirish institutlari tizimidan tortib vazirliklar yoki mehnat va ijtimoiy 
munosabatlar departamentlariga qadar butun bir turkumi tashkil etilgan.
Kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari sanoat ishlab chiqarishini 
tashkil etish shakllarining rivojlanishi XX asr boshlarida Rossiya olimlari, 
muhandislari va ma’murlarini (ular orasida A.K. Gastev, P.M. Kerjentov, 
N.A. Vitke, A.M. Dobrovolskiy, I.A. Semenov, N.F. Charnovskiy, N.N. 
Dobrunin, N.A. Amosov, I.M. Burdyanskiy, E.K. Drezen, A.A. 
Ermanskiy, P.M. Kerjentsev, V.V. Chayanov va boshqalar bor edi) 
mehnat, ishlab chiqarish va boshqarishni oqilona tashkil etish usullarini 
qidirib topishga undadi, bu usullar bugungi kunda faqat tarixiy qiziqish 
uyg’otib qolmasdan, shu bilan birga, o’zining metodologik ahamiyatini 
saqlab kelmoqda.
Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish bo’yicha 2-Butunittifoq 
konferentsiyasining (1924 yil 10—16 mart) rezolyutsiyasida to’rt 
asosiy yo’nalish belgilab berilgan edi
9

— 
ishlab 
chiqarish 
jarayonlarini 
mexanizatsiyalash 
va 
elektrlashtirishga asoslangan yangi texnika va texnologiyani yo’lga 
qo’yish; 
— ishlab chiqarish texnikasining mazkur holatida mehnatni 
qo’llanish shart-sharoitlarining o’zgarishi, shu jumladan, xodimlarni joy-
joyiga qo’yish va ixtisoslashtirish, mahsulotni standartlash va h.k.; 
— xodimlar malakasini oshirish va mehnat jarayonlarini intensivlash 
yo’li bilan jonli mehnat samaradorligini ko’paytirish;
— tuzilishi, madaniyati va ish uslubi buyicha namunali ma’muriy va 
xo’jalik organlarini tashkil etish, hisobga olish, nazorat qilish, ish 
yuritishni oqilona asoslarda tashkil etish. 
20-yillarda mehnat muammolarini hal etishga Markaziy mehnat 
instituti (MMI)ning faoliyati katta ta’sir ko’rsatdi, bu institut mehnatni 
9
Ðåçîëþöèè 2-é Âñåñîþçíîé êîíôåðåíöèè ïî ÍÎÒ (10—16 ìàðòà 1924 ã.). Ì.: èçä-âî ÌÊÐÊÍ, 1924, 3-á. 


136 
ilmiy asosda tashkil etish muammolarini ishlab chiqish bilan 
shug’ullanadigan asosiy muassasaga aylangan edi
10

Teylor, Gimbert, Emerson va boshqalar yaratgan kitoblarning tarjima 
qilinishi sho’ro kitobxonlarini mehnatni tashkil etish sohasidagi xorijiy 
nazariya va amaliyot bilan tanishtirishga yordam berdi. MMIning asosiy 
nazariy ishlanmalariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
— Kasb ta’lim uslubiyotini yaratish va ommaviy kasblar ishchilarini 
keng miqyosli tayyorlashni amalga oshirish; A.K. Gastev taklif etgan 
«mehnat yo’l-yo’riqlari» usulini o’rgatish tizimi o’quv jarayonini ta’lim 
oluvchilarda mehnat usullarini oqilona bajarishni oldindan belgilab 
beradigan muayyan «biologik yo’ly o’riqlar»ni ishlab chiqish sifatida qarar 
edi. Ularning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, degan edi A.K. 
Gastev, o’quvchi avval boshdanoq to’g’ri yo’l-yo’riq olib, sekin-asta talab 
qilinadigan asbob bilan muomala qilish qobiliyatiga ega bo’lib boradi
11

— Eng samarali mehnat usullari, yo’llari va rejimlarini har 
tomonlama o’rganish va loyihalashtirish. 
— Insonning aniq mehnat yo’nalishini tarbiyalash, shu jumladan, 
reaktsiya tezligi, sezgirlik, harakatlarning pishiq-puxtaligi, saranjom-
sarishtalik va boshqa sifatlarni psixofiziologik, intellektual sifatlar va 
xarakter xususiyatlari, mashqlar yo’li bilan hosil qilingan barqaror ishlab 
chiqarish ko’nikmalari va odatlarini tarbiyalash. 
30-yillarning o’rtalarida mehnat muammolarini ilmiy ishlab 
chiqishga bo’lgan qiziqish keskin pasayib ketdi. Buning eng asosiy 
sabablaridan birinchisi, eng yuqori mehnat samaradorligini qo’lga kiritish 
vazifalarini ilg’or ishchilarning belgilangan normalarni faqat staxanovcha 
tarzda buzish yo’li bilan hal etish tamoyili hukmronlik qilishi, u olimlar 
zimmasiga asosan staxanovchilar erishgan yutuqlarni ilmiy asoslab berish 
vazifasini yuklagan edi; ikkinchisi, xorijdagi mehnatni tashkil etish 
sohasida erishilgan tajriba va ilmiy ishlanmalar to’g’risidagi axborotlarni 
olish sharoiti yomonlashgan edi, xorijda bu sohada yuqorida aytib o’tilgan 
bir qator yangi echimlar topilgan edi.
Mehnat muammolarini ishlab chiqishda 60-yillarning o’rtalariga 
qadar tanaffus bo’lganligi ko’zga tashlandi. Bu ish 60-yillarning oxirlariga 
kelib yana keng miqyosda avj oldirildi, ayniqsa, 1967 yilda Moskva 
shahrida mehnatni ilmiy asosda tashkil etishga bag’ishlab o’tkazilgan 
10
+îçîí âà Òàãàíðîã èíñòèòóòëàðè àñîñàí èøëàá ÷è=àðèøíè èëìèé àñîñäà òàøêèë ýòèøíè èøëàá ÷èqäè щàìäà ìàìëàêàòäàãè 
ýíã éèðèê èíñòèòóòëàðäàí áèðè áыëäè. 
11
ÖÈÒ è åãî ìåòîäы ÍÎÒ. Ì.: 1970, 62—63-á. 


137 
Butunittifoq kengashi bu sohaning rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi va 
bu jarayon 80—90 yillargacha ham davom ettirildi.
Mustaqil Hamdo’stlik Mamlakatlarining yuzaga kelishi va bu 
mamlakatlarda bozor iqtisodiyoti tamoyillarining amalga oshirilishi 
mehnat muammolarini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonini yangi 
bosqichga ko’tardi. O’zbekistonda ham bu borada bir qator nazariy va 
amaliy muammolar ishlab chiqildi va mamlakat faoliyatida keng 
foydalanilmoqda. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin