9.2. Personalni ijtimoiy-psixologik jihatdan
boshqarishning nazariy muammolari
Industrial psixologiya kontseptsiyasining yaratilishi ham mehnatni
tashkil etishning teylorcha andozasini ishlab chiqish davriga to’g’ri keladi.
Bu yo’nalish asoschisi Gugo Myunstererg (1863—1916)dir. Uning
«Biznes psixologiyasi», «Psixologiya va industrial samaradorlik» kitoblari
birinchi marta xodimlarni boshqarishning psixologik jihatlariga daxldor
bo’ldi, ishga qabul qilishda, kadrlarni tayyorlashda va ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish sohasidagi tashkiliy tadbirlarda testlashtirish
ahamiyatini bayon qilib berdi. Amerika Qo’shma SHtatlarida psixologiya
korporatsiyasining tashkil etilishi (1918 yil) personal bilan ishlash
amaliyotida boshqa psixologiya usullardan keng foydalanishga asos
yaratdi.
Gugo Myunsterberg asosiy tamoyillarni ifodalab bergan bo’lib,
ularga muvofiq rahbarlik lavozimlariga xodimlarni tanlab olish kerak
bo’ladi, dedi. U o’z fikriga ko’ra biznesga uch eng dolzarb masalani
qo’ygan bo’lib, ular quyidagichadir: intellektual sifatdagi ishlarni bajarish
128
uchun eng mos keladigan kishilarni qanday qilib izlab topish kerak
(kadrlarni ilmiy tanlash); qanday psixologik sharoitda har bir xodimdan
eng yaxshi natijalar kutish mumkin; bu masalalar ular tomonidan qanday
ishlab chiqilgan, turli ishlarga bo’lgan qobiliyatlarni aniqlash uchun testlar
qanday tuzib chiqilgan. Myunstenberg «psixotexnika» asoschisi bo’lib, bu
50-yillarda «amaliy psixologiya» deb atalgan edi.
XX asrning o’ttizinchi yillari boshlaridan e’tiboran personalni
boshqarishning zamonaviy bosqichi boshlandi, u insonning ishlab
chiqarishdagi xulq-atvorini o’rganishni, davlat tomonidan personal bilan
ishlash sohasini boshqarishni nazarda tutar edi. Insoniy munosabatlar
nazariyasining eng yorqin namoyandalariga E.Meyo, F. Rotlisberger, K.
Anjeris, R. Likart, R. Bleyk va boshqalar kiradi. Inson resurslari
nazariyasining mualliflari — A.Maslou, F.Xertsberg, D.Makgregor va
boshqalar edi.
Bunday boshlanishga E. Meyo va F. Rotlisberger Chikago
yaqinidagi Xautornda Bestern elektrik kompaniya korxonasida asos
soldilar. Bu tadqiqotning ko’rsatishicha, ijtimoiy muhit mehnat
samaradorligiga jismoniy muhitga qaraganda oz emas, balki ko’proq ta’sir
ko’rsatadi. U insoniy munosabatlar nazariyasiga asos soldi.
Eksperimentning asosiy nazariy natijasi shu fakt bo’ldiki, xizmatchi
menejerning e’tibori va g’amxo’rligiga aks-sado berdi. Meyoning
aniqlashicha, aniq tartibga solingan ish operatsiyalari va yaxshi ish haqi
hamisha ham mehnat unumdorligining ortishiga olib kelavermagan.
Ba’zan xodimlar rahbariyatning istagi va moddiy rag’batlaridan ko’ra
guruhdagi hamkasblarining tazyiqiga ancha kuchli aks-sado bergan.
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, pirovard natijada, ishchining unumdorligi
ko’proq darajada uning shaxsiy munosabatlari va manfaatdorligiga bog’liq
bo’ladi, ular shaxsiy e’tiqodlarga asoslanadi.
Xautorn eksperimentining intervyu olish bilan bog’liq bo’lgan
texnologiyasida samaradorlikni tahlil qilishga eksperimental yondashuv
vujudga keldiki, u insonni his-tuyg’ular, fikrlar, xulq-atvor ta’sirini e’tirof
qilar edi. Insoniy munosabatlar harakati diqqatni ishlovchilar orasidagi
alohida farqlarga va norasmiy guruhlar xodimlarining ishchanligiga va
xulq-atvoriga, shuningdek, menejerlarning kommunikatsiyalar tizimini
takomillashtirishga bo’lgan ehtiyojiga, xodimlarning ehtiyojlari va his-
tuyg’ulariga yanada ta’sirchan bo’lish talabiga, mehnat natijalarini nazorat
qilish tizimini belgilashga ta’sir ko’rsatishga qaratgan edi. Bu tizim esa
xodimlar qiziqishlarini (sifat to’garaklari) hisobga olishga va hokazolarga
mo’ljallangan edi.
129
Xautorndagi eksperimentlar muhim xulosalar chiqarish, ko’p yillik
mustaqil tadqiqotlar yakunlarini chiqarish va natijalarini tekshirish
imkonini berdi, bu tadqiqotlar inson resurslarini boshqarish usullarini
takomillashtirish muammolari yuzasidan ishlab chiqarishda o’tkazildi. Bu,
masalan, Chester P. Bernardning nazariy va amaliy ishlanmalariga
taalluqlidir. U ilmiy izlanishlar olib borish bilan bir qatorda 20 yildan ortiq
(1927—1948 yillar) davr mobaynida «Nyu-Jersi Bell Telefon»
kompaniyasining prezidenti lavozimini egallab turdi, bu esa unga o’z
g’oyalarini amalda sinab ko’rish imkonini berdi.
U tizimli yondashuv nuqtai nazaridan ishlab chiqarishda muayyan
sharoitlarda samarali bo’lgan kichik guruhlarning ommalashuvi isti
qbollariga, uning ijtimoiy tuzilishini mustahkamlash vositalariga va ish
jarayonida personalning o’zaro yordam ko’rsatish imkoniyatlaridan
foydalanish asosida mehnat unumdorligini oshirish, ya’ni jipslik
imkoniyatlarini oshirish istiqbollariga bahs berdi. Uning rahbarlik
to’g’risidagi tasavvurlari boshqaruvning bir qator etakchi zamonaviy
usullarida rivojlantirildi va tasdiqlandi, hozir esa ular klassik usullar
hisoblanadi. Bernard, chamasi, ishlab chiqarishning ijtimoiy tuzilishidagi
rasmiy va norasmiy tashkilotlarni birinchi bo’lib ajratib ko’rsatdi, ishlab
chiqarishning
ijtimoiy
tuzilishi
deganda,
ongli
ravishda
muvofiqlashtirilmaydigan, umumiy maqsadga ega bo’lmagan ijtimoiy
o’zaro munosabatlarni tushundi. SHu bilan birga, u alohida ta’kidlab
o’tganidek, jamoada norasmiy tashkilotlar, o’zaro munosabatlar,
aloqalarning mavjudligi rasmiy tuzilmalarning normal ishlashi uchun,
boshqaruv va ishlab chiqarish personalining samarali hamkorligi va o’zaro
yordam ko’rsatishi uchun zarur shart hisoblanadi. Bundan tashqari,
Xautorn
eksperimentlarining
natijalari
Meri
Parker
Folletning
tadqiqotlarini amaliy ravishda tasdiqladi, u o’z asarlarida (1918— 1920
yillar) qulay ijtimoiy iqlimning ishlab chiqarishga, undagi ish
samaradorligini oshirishga ta’sir ko’rsatishi masalasini qo’ydi. Follet
o’zining «yangi davlat» asarida insoniy munosabatlar sohasini
o’rganishning muhim ahamiyatini ta’kidladi. «Follet mehnat va
kapitalning uyg’unligi g’oyasini ilgari surdi, bu uyg’unlikka barcha
manfaatdor tomonlarning manfaatlarini to’g’ri asoslaganda va hisobga
olganda erishish mumkin edi».
Xautorn eksperimentlari inson resurslarini boshqarishni yanada
rivojlantirishning boshlang’ich nuqtasi bo’lib xizmat qiladi, qattiq tartibga
solish va ko’proq moddiy rag’batlantirishga asoslangan klassik
yondashuvdan boshqacha asosiy tavsiflarga ega bo’lgan «insoniy
130
munosabatlar» doktrinasiga o’tishni bildirar edi. Bu eksperimentlar
personalning mehnatdan qoniqish hosil qilish darajasi bilan uning ish
samaradorligini oshirish o’rtasida barqaror sabab bog’lanishi borligini
ko’rsatdi. SHu munosabat bilan yakka tartibda rag’batlantirishni guruh
tarzida rag’batlantirish bilan almashtirish taklif etildi, ma’muriy va
iqtisodiy ta’sir ko’rsatish usullarini esa ijtimoiy-psixologik ta’sir ko’rsatish
bilan almashtirish tavsiya etildi, u mehnatdan qoniqish hosil qilishni
oshirish, rahbarlikning demokratik usulini ommalashtirish imkonini beradi.
Mazkur maktab nazariyotchilari xodimlarning mehnat unumdorligini
oshirishdagi faolligini, korxonalarda ijtimoiy vaziyatni yaxshilashdagi,
oddiy personal bilan ma’muriyat o’rtasidagi kelishmovchiliklarni
yumshatishdan iborat psixologik usullarni asoslab berdilar. Xodimga
«ishlab chiqarish liniyasining bir qismi» sifatida qarash barham topdi.
Uning, avvalo, shaxs ekanligi e’tiborga olina boshladi. Bu narsa shunga
olib keldiki, moddiy rag’batlantirish bilan bir qatorda ma’naviy
rag’batlantirish usullari ham etarli darajada keng foydalanila boshlandi.
Ko’p kuch-g’ayrat va mablag’lar xodimlar mehnati va turmushining
optimal shart-sharoitlarini yaratishga qaratildi (ergonomika rivojlantirildi;
amaliy fanlar: industrial psixologiya va sotsiologiya keng ommalashdi),
«ishtirok
etish
menejmenti»
rivoj
topdi,
jamoada
norasmiy
munosabatlarning roli ortdi, rasmiy va norasmiy tashkilotlarning o’zaro
munosabatlarini o’rganish vositalari va usullari rivojlantirila boshlandi.
Boshqacha so’zlar bilan aytganda, menejment yangi yo’nalishga —
ijtimoiy-psixologik yo’nalishga ega bo’ldi.
Umuman, 20-30-yillarda AQShda ishlab chiqarishdagi shaxssiz
byurokratik munosabatlardan ishchilar va tadbirkorlar bilan hamkorlik
qilish kontseptsiyalariga o’tildi. «Insoniy munosabatlar» maktabining
qarashlari menejmentning yangicha intilishini, ya’ni har bir sanoat
tashkilotini faqat iqtisodiy qonunlarga emas, shu bilan birga, ijtimoiy
qonunlarga ham bo’ysunadigan muayyan «ijtimoiy tizim» sifatida,
odamlarni esa faqat ishlab chiqarish omili emas, shu bilan birga, ijtimoiy
tizim a’zolari sifatida qarashdan iborat intilishini ro’yobga chiqarishni aks
ettirar edi. SHu munosabat bilan, rahbarning funktsiyalari iqtisodiy
funktsiyalarga (foydani eng ko’p darajaga etkazishga) va ijtimoiy
funktsiyalarga (samarali ishlovchi jamoalar va guruhlar tashkil etish,
ularni barqarorlashtirishga) bo’lindi.
Personalni boshqarish maqsadlariga kelganda xulq-atvor va ijtimoiy
fanlar: psixologiya, sotsiologiya, mehnatni tashkil etish va uning
iqtisodiyoti fanlari tizimi tobora o’zaro bog’liq ravishda rivojlana boshladi.
131
Personal muammolarini hal qilishga yondashuvni bu fanlar iqtisodiy
maqsadlarga atrof-muhitning ahvolini va shaxsiy omilkorlikning
rivojlanishiga, guruhlarni tashkiliy maqsadlarga erishishga jalb qilishda
foydalanishga qaratilgan yondashuv sifatida tasvirlanadi. Tashkiliy xulq-
atvor nuqtai nazaridan yondashuv paydo bo’ladi, u insonning tashkilotdagi
roli va xulq-atvorini ichki aloqalar nuqtai nazaridan tahlil qiladi, ular
shaxslar, guruhlar va ularning tashkilotdagi muhitini, shuningdek,
ishlovchilar xulq-atvoriga ta’sirini tahlil qiladi. Mehnat kooperatsiyasini
rag’batlantirishi mumkin bo’lgan tashkiliy muhitni yaratishga intilish
Dostları ilə paylaş: |