147
10-BOB. MЕHNAT UNUMDORLIGI: OMILLAR VA
ZAHIRALAR
10.1. «Mеhnat unumdorligi» haqida tushuncha va uni
oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
Mеhnat faoliyatining maqsadi biror natijaga erishish, masalan,
mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko`rsatishdan iboratdir. Har qanday
xodim yoki ularning guruhi uchun natija samaradorligi, ya'ni vaqt birligi –
soat, kun, yil mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot, ko`rsatilgan xizmat
miqdori muhim ahamiyatga ega. Bu natija qanchalik yuqori bo`lsa, uning
birligiga sarflangan xarajat, shu jumladan, xona, bino uchun ijara haqi
elеktr quvvatidan foydalanish haqi va shu kabilar shunchalik kamroq
bo`ladi. Binobarin, mеhnat unumdorligi yuqori, mahsulot hajmi ko`proq
bo`lsa, uning xarajatlari kamroq bo`ladi. Mеhnat samaradorligi
mahsuldorligi mеhnat ko`rsatkichi bilan o`lchanadi.
Dostları ilə paylaş: