134
salomlashish, ish o’rinlarida hech qanday detal tartibsiz holda
yotmaganligi va e’tiborsiz qoldirilmaganligiga ishonch hosil qilish, yig’uv
konveyerida nimalar bo’layotganini bilishdir», deydi firma direktorlaridan
biri. Bunday tartib yapon kompaniyasi rahbari uchun odatiy bir holdir.
3. Oshkoralik va korporatsiyaning qadriyatlari. Boshqaruvning
barcha darajalari va ishchilar firmaning siyosati hamda faoliyati
to’g’risidagi umumiy axborot bazasidan foydalanishadi, buning natijasida
umumiy javobgarlikda qatnashish
vaziyati rivojlanadi, bu esa o’zaro
yordamni yaxshilaydi va unumdorlikni oshiradi.
Uchrashuvlarning muhimligi xizmatchilarni ular haqida doimo
g’amxo’rlik qilinayotganligidan xabardor qilishdir. Uchrashuvlar firmaga
sadoqat tuyg’usini uyg’otmasligi ham mumkin. SHunday bo’lsa ham bular
ishchilar qo’nimsizligini cheklaydi va ularning ruhini mustahkamlaydi.
yapon tizimining o’ziga xos xususiyati —
mashhur «umrbod
yollanish»dir. Bunda xodim o’quv yurtini tamomlagandan keyin
tashkilotga ishga kirgach, uni butun mehnat
hayoti mobaynida tark
etmaydi. Inson resurslarini boshqarishning butun tizimi mazkur tamoyilga
bo’ysundirilgan. Masalan, mehnatga haq to’lash tizimi shunday tuziladiki,
xodim oladigan daromadning anchagina qismi kompaniyadagi ish stajiga
bog’liqdir va har yili muayyan miqdorda ortib boradi.
yapon korxonasi — bu faqat xodimlar birgalikda mehnat qilish
uchun birlashadigan texnik-iqtisodiy tizim bo’lib
qolmasdan, shu bilan
birga, o’zaro majburiyatlar bilan yagona «ishlab chiqarish oilasi»ga
bog’langan hamfikrlarning ijtimoiy hamjamiyatidir. «Firma oilasi» —
yapon menejmentining juda keng tarqalgan shiorlaridan biri bo’lib, u
amalda quyidagicha ro’yobga chiqariladi. Ish bilan bandlar, ya’ni
«bolalar» o’z sadoqatlarini doimiy ravishda
namoyish qilishlari va
«o’zlarini butunlay jonajon oilaga bag’ishlashlari» kerak, astoydil mehnat
qilishlari va o’z firmalari farovonligini birinchi o’ringa qo’yishlari lozim.
Buning uchun «otalar» — ma’murlarning g’amxo’rliklari tufayli ular ish
bilan, yaxshi turmush sharoiti va doimiy ortib boruvchi daromad bilan
ta’min etiladilar (9.1-chizmaga qarang).
Bazis stavkasining tarkibi quyidagicha aniqlanadi:
—20 %li ma’lumot
darajasi bilan
—20 %li staj bilan
—javobgarlikning 20 %li hajmi bilan
—mustaqil qarorlarning 10 %li
zarurligi bilan
—10 %li psixik nagruzkalar bilan
—5 %li mehnat sharoitlar bilan
135
—5 %li mehnat
xavfsizligi bilan
YUqorida sanab o’tilgan nazariyaning rivojlanishi
davlatning
Dostları ilə paylaş: